|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 203/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Xavfsiz elektron pochta
Internet tizimidagi elektron pochta juda koʻp ishlatilayotgan axborot almashish kanallaridan biri hisoblanadi. Elektron pochta yordamida axborot almashuvi tarmoqdagi axborot almashuvining 40%ini tashkil etadi. Bunda axborot almashuvi bor-yoʻgʻi ikkita protokol: SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) va POP-3 (Post Office Protocol)larni ishlatish yordamida amalga oshiriladi. POP-3 multimedia texnologiyalarining rivojini aks ettiradi, SMTP esa Arpanet proyekti darajasida tashkil etilgan edi. Shuning uchun ham bu protokollarning hammaga ochiqligi sababli, elektron pochta resurslariga ruhsatsiz kirishga imkoniyatlar yaratilib berilmoqda:
SMTP server — dasturlarining nokorrekt oʻrnatilishi tufayli bu serverlardan ruhsatsiz foydalanilmoqda va bu texnologiya «spam» texnologiyasi nomi bilan maʻlum; elektron pochta xabarlariga ruhsatsiz egalik qilish uchun oddiygina va samarali usullardan foydalanilmoqda, yaʻni quyi qatlamlarda vinchestyerdagi maʻlumotlarni oʻqish, pochta resurslariga kirish parolini oʻqib olish va xokazolar. [15]
Elektron pochtadan foydalanish jarayonning asosiy maqsadi muhim xujjatlar bilan ishlashni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hisoblanadi. Bu yyerda quyidagi yunalishlar boʻyicha takliflarni eʻtiborga olish zarur:
E-mail tizimidan tashkilot faoliyati maqsadlarida foydalanish;
shaxsiy maqsadda foydalanish;
maxfiy axborotlarni saqlash va ularga kirish:
elektron xatlarni saqlash va ularni boshqarish.
Xizmat koʻrsatishda buzilish xavfi(DoS) quyidagilardan iborat: Koʻp sonli axborot takliflari orqali tarmoqni toʻldirish yoʻli bilan
Internet vositalaridan odatiy foydalanishga xalaqit qiladi; Buferning toʻlib ketishiga olib keluvchi keraksiz xabarlar bilan (makulatura pochta/spamlar) tarmoqni toʻsish yoki tirband qilish yoʻli bilan butun tarmoqda barqarorlikni buzishi mumkin; Tarmoq ishi sifatini pasaytiradi.
DDoS xizmat qilishni rad etganida hujumning taqsimlanishi turli joylardan bir vaqtda taklif etilgan muvofiqlashtirilgan oqim yoʻnalgan nishonga qarshi amalga oshirilgan hujum; DDoS bir vaqtda bir necha tizimlarni nishonga olishi, ularni zombiga aylantirishi mumkin.
Hujum vositalariga quyidagilar kiradi: Mistifikatsiya (firibgarlik); Qora yoʻl; Parolni buzish; Qoʻpol kuch; Pochta bombardirovkasi; Spufing-firibgarlik; Spam; «Razvedkachilar»; Xakerlar (Oʻrtadagi odam).
|
| |