|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 50/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) Tp=Q*L/R
bu yerda L – paket uzunligi bit, R – chiqish aloqa liniyaning tezligi
bit/s, Q – xostlar o‘rtasida aloqa liniyalarning soni.
2.2.4-rasm. Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoqning strukturasi.
Paketlar tarmoqqa manba bergan tezligi bo‘yicha aloqa liniya oldindan zahiralanmagan paytida kiradi. Paketli tarmoq kommutatsiyali tarmoqdan asosiy farqi u xar doim paketlarni oxirgi tugundan qabul qilishga tayyor.
Paketli kommutatsiya real vaqt ilovalarni telefoniya, videochaqiruv, konferens aloqa sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab bermaydi, lekin aloqa liniya o‘tkazuvchanligini samarali bo‘linishni ta’minlab beradi.
Marshrutizatorda paketlarni qayta ishlash
Paket tarkibiga sarlavha, ma’lumot joyi va oxiri kiradi. Sarlavha paket boshida joylashga joyi hisoblanadi, unda uzatish adresi va jo‘natuvchi uchun ishlatiladigan boshqa yordamchi ma’lumot joylashgan (ma’lumotlar joy uzunligi, nazorat summasi va hoqazo). Paket oxiri bu
paket oxirida joylashgan joy hisoblanadi, unda ma’lumot tarmoqda uzatish paytida o‘zgargan yoki o‘zarmaganligini tekshiradigan nazorat summasi joylashgan.
Xar bitta paket kommutator yordamida tarmoq trafikni tashkil qilgan boshqa paketlarga bog‘liq bo‘lmagan holda qayta ishlanadi. Texnologiyaga qarab paketlar fiksatsiyalangan yoki o‘zgaruvchan uzunligiga ega bo‘lishi mumkin, sarlavhada joylashgan axborot tuzilishi ham o‘zgarishi mumkin, masalan:
- ATM texnologiyaning paketlari (yacheykalari) fiksatsiyalangan uzunligiga ega Ethernetda min. va maks. paket (kadrlar) razmerlari o‘rnatilgan.
2.2.5-rasm. Marshrutizator arxitekturasi.
2.2.5-rasmda marshrutizator struktura tuzilmasi keltirilgan. Xar bitta paket bit bit bo‘yicha ketma ket kirish buferga joylashadi (2.2.6. rasm.). Marshrutizator o‘zini xotirada butun paket bo‘lmasa, paket o‘tishi haqida qarorni qabul qilolmaydi. Marshrutizator nazorat summani tekshiradi, agar paket ma’lumotlari buzilmagan bo‘lsa, paketni qayta ishlashini boshlaydi va uzatish adresi bo‘yicha keyingi marshrutizatorni aniqlaydi.
Buferlar qo‘yidagi funksiyalarni bajarish uchun kerak bo‘ladi:
Marshrutizator interfeyslarga ulangan aloqa liniyada ma’lumotlarning tezliklarni moslashtirish uchun. Agar bitta aloqa liniyadan paketlar kirish tezligi chiqish aloqa liniyaning o‘tkazish qobiliyatidan yuqori bo‘lsa, paketlar yo‘qolmasligi uchun interfeysda navbat tashkil qilinadi,
Paketlar kirish tezligini va kommutatsiya tezligi bilan moslashtirish uchun. Agar kommutatsiya bloki paketlarni qayta ishlashga uygurmasa, kommutator interfeyslarda kirish navbatlar xosil bo‘ladi (2.2.7-rasm.).
|
| |