Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar




Download 7,52 Mb.
bet62/216
Sana19.07.2024
Hajmi7,52 Mb.
#267965
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   216
Bog'liq
5ffd2d83d9d2c (1)

Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar


Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar – turli kompyuter tarmoqlarini boshqarishga, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyishga xizmat qiluvchi vositalar boʻlib, imkoniyatlariga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi:[13]

  • ketma-ket portlar orqali maxsus kabel yordamida ulangan kompyuterlar oʻrtasida maʻlumot almashishga xizmat qiluvchi vositalar. Bularga Brooklin Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx dasturlari misol boʻla oladi;

  • maʻlumot almashishda telefon kanalidan (agar modem boʻlsa) foydalanishga imkon beruvchi vositalar. Bular Telemate, Procomm, DataLine dasturlari;

  • kichik lokal tarmoqlarini tashkil qilish hamda ularni boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bular Lantastic, Personal Netware kabi dasturlar;

  • katta lokal tarmoqlariga fayl-servis xizmatini koʻrsatish va shu tarmoqlarni boshqarish imkonini beruvchi vositalar. Bularga Nowell OS, Unix OS, OS/2, Windows NT, Linux, Windows Server kabi dasturlar misol boʻla oladi;

  • telefon, radio, kosmik yoʻldosh aloqa kanallari, optik-tolali kanallar orqali bogʻlangan xalqaro miqyosdagi kompyuter toʻrlarini boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Internet, Euronet, Fidonet, Relcom kabi tizimlarni boshqaruvchi hamda ular bilan

ishlovchi turli brauzerlar, elektron pochta vositalari, Web-peyjerlar, faks-dasturlar misol boʻla oladi.
Modem orqali maʻlumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. Koʻpgina operatsion sistemalar tarkibida bunday dasturlar mavjud va yaratilmoqda. Masalan, Macintosh System da - SmartCom; Windows SmartCom, CrossTolk, WinCom, Comm Works, Telix, Procom Plus, Hyper Terminal; OSF2 Warp da - Hyper Access dan foydalanish mumkin. Kommunikatsion dasturlar kompyuterlar orasida aloqa oʻrnatishdan tashqari yana bir qator quyidagi ishlarni bajaradi:

  • Xatolarni toʻgʻirlash. Maʻlumot uzatilayotganda turli uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Uzilishlar maʻlumot uzatishga taʻsir koʻrsatuvchi tashki xodisadir. Uzilishni elektr tarmogʻidagi qisqa tutashuvlar, kontaktlarning uzatilishi, yaqinda joylashgan kuchli magnit maydon manbalari, masalan, konditsioner yoki televizor keltirib chiqarishi mumkin. Ovoz uzatishda ular unchalik unga taʻsir qilmasa xam uzatish tezligi pasayishi mumkin. Modem oʻzining dasturi bilan birga ishlab uzatishdagi xatolarni tuzatadi va uzilishlarni bartaraf qila oladi.


  • Download 7,52 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   216




Download 7,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar

Download 7,52 Mb.