40
halqasimon bir bog’lamli ro'yxat oddiy bir bog’lamli ro'yxatda eng so'ngi
element ko'rsatkichiga ro'yxat boshi elementi ko'rsatkichi qiymatini o'zlashtirish
orqali xosil qilinadi (chizma).
1.3.3-chizma. Halqasimon bir bog’lamli ro'yxat
Ko'pgina masalalarni hal qilishda bir tomonga yo'naltirilgan ro'yxatlardan
foydalanish ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiharadi. Sababi,
bir tomonga
yo'naltirilgan ro'yxatda har doim ro'yxatda bosh bo'g’imdan ro'yxatning so'ngi
bo'g’imi tomoniga xarakatlanish mumkin xolos. Lekin ko'pgina
masalalar hal
qilinayotganda ma'lum bir elementni qayta ishlash
uchun undan oldin kelgan
elementga murojaat qilish zarurati paydo bo'ladi.
Ushbu holatda berilgan
elementdan oldin kelgan elementga murojaat qilish bir bog’lamli ro'yxatda noqulay
va ancha sekin amalga oshiriladi xamda uni
amalga oshirish algoritmi
murakkablashadi.
Ushbu noqulayliklarni yo'qotish maqsadida ro'yxatning har bir bo'g’imiga
yana bitta maydon qo'shiladi. Ushbu maydon qiymati o'zidan oldin kelgan
bo'g’imga murojaatdan iborat bo'ladi. Ushbu ko'rinishdagi
elementlardan tashkil
topgan dinamik tuzilmaga ikkitomonlama yo'naltirilgan yoki ikki bog’lamli ro'yxat
deyiladi.
Ikki bog’lamli ro'yxatning har bir elementi ikkita ko'rsatkichga ega. Bittasi
oldingi elementga ko'rsatadi (teskari), ikkinchisi navbatdagi elementni ko'rsatadi
(to'g’ri) (chizma).