• 2.2.2 Dasturning sinflari metodlari. .............................................................. 51
  • Ro’yxatlar ..................................................................................................... 38




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/22
    Sana29.10.2022
    Hajmi1.28 Mb.
    #28506
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Yarim Statik malumotlar

    1.3 Ro’yxatlar ..................................................................................................... 38 
    II . DELPHI DASTURLASH TILI. DASTUR SPETSIFIKATSIYASI. ......... 42 
    2.1 Delphi dasturlash tili imkoniyatlari. Dasturga qo’yiladigan funksional va 
    nofunksional talablar. ........................................................................................ 42 
    2.2 Dasturni loyihalash. ..................................................................................... 47 
    2.2.1 Dasturning foydalanuvchi grafik interfeysi. .......................................... 47 
    2.2.2 Dasturning sinflari metodlari. .............................................................. 51 
    XOTIMA ............................................................................................................. 55 
    ADABIYOTLAR. ............................................................................................... 57 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



     
     
     
    Kirish 
    Buyuk va mustaqil vatanimiz kelajagi yosh avlod qo`lidadir.Birinchi 
    Prezidentimiz aytganlaridek, ular shu yurtning mustahkam poydevori bo`lishlari 
    shart.Shuning uchun yosh avlodga shunday ta`lim tarbiya berish kerakki, ular shu 
    vatanni sevuvchi, uning uchun jonini fido qiluvchi, jahon standartlariga to`laqonli 
    ravishda mos keluvchi kadr bo`lib yetishishsin.Yosh avlodga chuqur bilim berish 
    orqali ularning dunyoqarashini shakllantirish mumkin. 
    Bugungi 
    kunda 
    ham 
    ta`lim-tarbiya 
    sohasiga 
    katta 
    e`tibor 
    qaratilmoqda.Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, 
    moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari 
    tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni 
    maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga 
    zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har 
    tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-
    sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
    “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
    tadbirlari to'g’risida” qaror qabul qilindi. 
    Ushbu dastur (keyingi o'rinlarda Dastur deb yuritiladi) ning asosiy maqsadli 
    vazifalari va yo'nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
    Ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama 
    intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; 
    Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida 
    bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga 
    jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va 
    texnologiyalarini joriy etish; 
    Maktabgacha ta'lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga 
    tayyorlash bo'yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish; 



    Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda 
    maktabgacha ta'lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini 
    oshirishning o'quv reja va dasturlarini takomillashtirish; 
    2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini 
    mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta'lim muassasalarini 
    yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, 
    o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash.
    Bundan tashqari, yurboshimiz akademik litseylarda o'quv jarayoni sifati va 
    samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umum ta'lim maktablarining 
    eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim maktablari bitiruvchilarining 
    tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo'lgan ehtiyojini qondirish 
    uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “O'rta maxsus, kasb-hunar 
    ta'limi 
    muassasalari 
    faoliyatini 
    yanada 
    takomillashtirish 
    chora-tadbirlari 
    to'g’risida” (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y , 11-son, 
    156-modda) qaror qabul qildi.Ushbu dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
    O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o'rta 
    maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, 
    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'rta maxsus, 
    kasb-hunar ta'limi markazining Respublikada faoliyat ko'rsatayotgan akademik 
    litseylar sonini optimallashtirishni, akademik litseylarda o'quv jarayoni sifatini 
    tubdan yaxshilash chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, jumladan: 
    moddiy-texnik va o'quv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali ba’zi 
    akademik litseylarni tugatish, tugatilayotgan akademik litseylarning 1-
    bosqichlariga o'quvchilarni qabul qilishni o'quv yilidan boshlab to'xtatish; 
    faoliyati ko'rsatkichlari eng past bo'lgan ba’zi akademik litseylarni 
    bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish; 
    kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2-va 3-
    bosqichlari o'quvchilari kontingentini kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan 
    akademik litseylarning binolarida amaldagi o'quv dasturlari va o'qitish shartlari 
    bo'yicha belgilangan tartibda o'qitishni tugallash; 



    o'quv jarayoni samaradorligini yanada oshirish va akademik litseylar 
    bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishi ko'rsatkichlarini 
    oshirish chora-tadbirlari dasturi haqidagi taklifi qabul qilish.
    Oldin bayon qilinganlar bilan birgalikda quyidagilar akademik litseylarning 
    muhim vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib belgilandi: 
    umum ta'lim maktablarining eng iste'dodli o'quvchilarini tanlash, ularning 
    intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o'qishni oliy ta'lim 
    muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash; 
    o'quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo'lishi va faollashishiga 
    ko'maklashuvchi, individual iste'dodlarni va har bir o'quvchining qobiliyatlari 
    hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida 
    mustaqil faoliyat ko'nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta'lim muhitini 
    yaratish;
    ilg’or mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan 
    holda ta'lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning 
    mazmunini doimiy ravishda yangilab borish
    Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limning noyob 
    tizimi yaratildi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog 
    kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish samaradorligini oshirishga, 
    mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga 
    yo'naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
    2013-yilning 1-yanvaridan boshlab doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish 
    va fan doktori ilmiy darajasini berish bo'yicha oliy o'quv yurtidan keyingi 
    ta'limning bir bosqichli tizimi joriy qilinishi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog 
    kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini umum qabul qilingan 
    xalqaro talablar va standartlarga yaqinlashtirishda muhim qadam bo'ldi.O'tgan davr 
    ichida barcha zarur normativ-huquqiy baza shakllantirildi, o'rnatilgan talablarga 
    muvofiq oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutlarining faoliyati, doktorlik 
    dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish tashkil etildi. 



    Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan 
    sur'atlar oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi sharoitida 
    orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi 
    ilg’or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo 
    etmoqda.Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal 
    rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy 
    ta'lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan 
    respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida 
    ahamiyat kasb etmoqda.
    Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan 
    o'tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o'quv yurtidan 
    keyingi ta'lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida 
    yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini 
    kengaytirish maqsadida 
    Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim 
    tizimini yanada takomillashtirish to'g’risida(O'zbekiston Respublikasi qonun 
    hujjatlari to'plami, 2017-y, 8-son, 106-modda) gi qaror qabul qilindi.Ushbu 
    dasturnini qisqacha mazmuni quyidagicha: 
    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Fanlar 
    akademiyasi, 
    Vazirlar 
    Mahkamasi 
    huzuridagi 
    Fan va 
    texnologiyalarni 
    rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy 
    attestatsiya komissiyasi, shuningdek tasarrufida oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot 
    muassasalari mavjud bo'lgan boshqa vazirlik va idoralarning qator xorijiy 
    mamlakatlarning xalqaro amaliyotiga muvofiq 2017-yilning 1-iyulidan boshlab 
    oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog’onali: 
    dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo'yicha falsafa doktori 
    (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura; 
    dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo'yicha fan doktori 
    (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura 
    tizimini joriy qilish to'g’risidagi takliflariga rozilik beriladi; 



    tegishli fan tarmog’i bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi magistr 
    darajasiga yoki oliy ma'lumotga (mutahassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lgan, 
    yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) va o'rnatilgan talablar 
    bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertaciyani himoya 
    qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi; 
    fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi fan nomzodi yoki falsafa 
    doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy 
    darajalarga ega bo'lgan va o'rnatilgan talablar bo'yicha fan doktori (Doctor of 
    Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga 
    ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi; 
    tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma'lumotga 
    (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan 
    (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o'rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi
    doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy 
    davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan 
    shaxslar o'rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi; 
    o'rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida chizmaiylashtirilgan, falsafa 
    doktori (PhD) yoki fan nomzodi, yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga 
    tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan shaxslarga ham fan doktori 
    (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya 
    qilishga ruxsat beriladi
    Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi amaldagi ilmiy kengashlar mazkur 
    Farmon qabul qilingan kundan boshlab oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir 
    bosqichli tizimi bo'yicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilishni to'xtatishi 
    belgilab qo'yiladi. 
    Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, 
    unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan: 
    Hozirgi vaqtda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida tahsil olayotgan 
    yoki o'rnatilgan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida chizmaiylashtirilgan shaxslar 
    oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim yangi tizimining tegishli institutlarida tahsil 



    olishni davom ettiradilar va, tayyorligiga qarab, fan doktori (Doctor of Science) 
    ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qiladilar; 
    oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi sharoitida katta 
    ilmiy xodim-izlanuvchilar yoki mustaqil izlanuvchilik institutini dissertatsiya 
    himoyasisiz bitirgan, shuningdek, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutlariga 
    kirmagan holda o'rnatilgan talablarga muvofiq dissertatsiyasini tayyorlagan va Oliy 
    attestatsiya komissiyasida dissertasiya mavzusini ro'yxatdan o'tkazgan shaxslar fan 
    doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya 
    qilishlari mumkin.
    Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi sharoitida katta 
    ilmiy xodim-izlanuvchilar yoki mustaqil izlanuvchilik institutini dissertatsiya 
    himoyasisiz bitirgan, shuningdek oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutlariga 
    kirmagan holda o'rnatilgan talablarga muvofiq dissertatsiyasini tayyorlagan va Oliy 
    attestatsiya komissiyasida dissertatiya mavzusini ro'yxatdan o'tkazgan shaxslar 
    falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilishlari 
    mumkin 2017-yil 1-iyulidan:tayanch doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga 
    stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan 
    miqdorda stipendiya to'lanadi;doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan 
    nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo'lmagan) katta ilmiy xodim 
    lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya 
    to'lanadi.
    Tabiyki, bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va 
    jamiyatning mas`uliyati alohida ahamiyat kasb etadi.Davlat va jamiyat kadrlar 
    tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirishning kafili bo`lishi 
    zarur.Ular yuqori malakali,raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo`yicha 
    ta`lim muassasalarinig faoliyatini uygunlashtirish lozim. 

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ro’yxatlar ..................................................................................................... 38

    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish