• Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi quyidagicha
  • Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Qo’llash sohasi




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/22
    Sana29.10.2022
    Hajmi1.28 Mb.
    #28506
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Yarim Statik malumotlar

    Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Qo’llash sohasi. 
    Xulosa va takliflar. Ma’lumotlar tuzilmalari va algaritmlarini o’rganishda 
    talabalar o’z ustlarida mustaqil ishlashlari va bilim saviyalarini oshirish uchun 
    kompyuter texnologiyalaridan foydalanish g’oyasi taklif etilgan. Ushbu usullardan 
    amaliy va laboratoriya darslarida foydalanish mumkin. 


    10 
    Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi quyidagicha: Ushbu bitiruv 
    malakaviy ishi 66 betdan iborat bo’lib, kirish, 2 ta bob, xotima, foydalanilgan 
    adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
    I. Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlari. 
    1.1 Ma’lumotlar tuzilmalari va axborotlarni xotirada tasvirlash. 
    Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlari dasturlar tuzish uchun ashyo bo’lib 
    hizmat qiladi. Bundan tashqari kompyuterlarni o’zi ma’lumotlar tuzilmalari va 
    algoritmlardan iborat. Ma’lumotlar tuzilmalarini tayyor kiritmalari ikkilik sanoq 
    va qiymatlar saqlanuvchi xotira registrlari va lug’atlari ko’rinishida aks ettiriladi. 
    Apparatura konstruktsiyasiga kiritib qo’yilgan algoritmlar - bu elektron mantiqiy 
    zanjirlardagi qat’iy qoidalarni o’z ichiga olgan bo’lib, unga ko’ra xotira ichiga 
    joylashgan ma’lumotlar buyruq xolatida qabul qilinib bajarilishga tayyor turadi. 
    SHu sababli har qanday kompyuter ishi asosida alohida olingan bitlar, yoki ikkilik 
    raqamlari bilan ish olib borishga mo’ljallangan ma’lumotlarni ayrim ko’rininshlari 
    yotadi. Kompyuter ushbu ma’lumotlar bilan faqat markaziy protsessor buyruqlari 
    tizimi bilan aniqlanadigan o’zgarmas algoritmlar nabori (termasi) bilan ish olib 
    boradi. 
    Kompyuter yordamida echiladigan masalalar kam xollarda “bitlar” tilida 
    ifodalanadilar. Qoidaga ko’ra ma’lumotlar son, liter, matn, belgi va yanada 
    murakkab tuzilmaga ega bo’lgan ketma-ketliklar, ro’yxatlar va daraxtlar 
    ko’rinishidagi shakllardan iborat bo’ladi. 
    Abstrakt ma’lumotlar tuzilmalarini va dasturlar algoritmlarini yanada aniq 
    ta’riflash uchun har qanday taklif ma’nosi aniq va bir qiymatli aniqlangan 
    dasturlash tillari deb nomlanuvchi formal belgilar qo’llaniladi. Deyarli barcha 
    dasturlash tillarida mavjud vositalar orasida unga berilgan nomdan yoki boshqacha 
    aytganda identifikatordan foydalanilgan xolda ma’lumotlar elementiga murojaat 
    etish imkoniyati mavjud. Ba’zi nomlangan qiymatlar konstantalar hisoblanib, ular 
    aniqlangan joylarida - dasturiy qismida doimiy qiymatlarini saqlab qoladilar, 
    boshqalari o’zgaruvchilar hisoblanib, dasturiy operator yordamida ixtiyoriy yangi 
    qiymat berilishi mumkin. Ammo dastur bajarilgunga qadar, ularning qiymatlari 


    11 
    aniqlanmagan bo’ladi. 
    Konstanta yoki o’zgaruvchining nomi dasturchiga yordam bergan xolda 
    kompilyator uchun xech qanday ma’no bermaydi. Dastur matnini ikkilik kodiga 
    translyatsiya qiluvchi kompilyator esa har bir identifikatorni xotirani ma’lum bir 
    adresi bilan bog’laydi. Lekin ushbuni kompilyator amalga oshirishi uchun har bir 
    nomlangan qiymatni turi haqida xabar berish kerak. Qandaydir masalani “qo’lda” 
    hisoblovchi inson ma’lumotlar turini va har bir turga qo’llaniladigan amallarni 
    intuitiv tarzda ajrata olish qobiliyatiga ega. Masalan so’zdan kvadrat ildiz 
    chiqarish yoki sonni bosh harflar bilan yozish mumkin emas. Chunki so’zlar, 
    sonlar va boshqa ifodalar turlicha ko’rinishga ega bo’lib, bu ularni ajratib olishni 
    sabablaridan biridir. Ammo kompilyator uchun barcha ma’lumotlar turlari oxir 
    oqibat bitlar ketma-ketligidan qabul qilinadi, shu sababli turlar orasidagi 
    farqlanishlarni yaqqolligini amalga oshirish kerak. 
    Dasturlash tillarida qabul qilingan ma’lumotlar turlari o’z ichiga natural va 
    butun sonalrni, haqiqiy sonlarni (taqribiy o’nli kasr ko’rinishida), literlar, satrlar va 
    hokazolar.ni oladi. 
    Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstantaning yoki o’zgaruvchining turi 
    kompilyator yordamida ularga beriladigan qiymatlarni yozishda: o’nli kasr 
    nuqtasining mavjudligida, masalan haqiqiy son ekanligini belgisihizmatini 
    bajaradi. Boshqa tillarda dasturchi har bir o’zgaruvchi turini avvaldan belgilab 
    kiritishni talab qiladi va bu avvaldan muhim afzallikni beradi. Dasturni bajarilishi 
    davomida o’zgaruvchining qiymati ko’p marotiba o’zgargani xolda, uning turi 
    hech qachon o’zgarmaydi. Bu degani kompilyator ishi davomida, ushbu 
    o’zgaruvchi ustida bajarilayotgan amallarni kuzatayotgan davrida, tur e’lon 
    qilingan shartlari bajarilishi nazorat etiladi. Bunday nazorat dastur matnini to’liq 
    taxlil qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu xolda ushbu dastur bo’yicha 
    aniqlanishi mumkin bo’lgan barcha amallarni qamrab oladi. 
    Dasturning qo’llanilishiga ko’ra kompilyatsiya davrida amalga oshiriladigan 
    turlar himoyasi nazorati ko’proq yoki kamroq qattiyat bilan amalga oshirilishi 
    mumkin. Masalan, Pascal tili avvalda ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlarini 


    12 
    illyustratsiya qilish vositasi hisoblanib kelingan bo’lsa, dastlabki qo’llanilishi 
    asoslariga ko’ra turlarni nihoyatda qattiy himoyalashni o’zida saqlab qolgan. 
    Pascal kompilyatorini ko’p xollarda ma’lumotlarning bir ifodasida turli turlarni 
    joylashtirishni yoki ma’lumotlar turiga unga xos bo’lmagan amllarni fatal xato 
    sifatida qo’llash deb baholanadi. Aksincha, avvaldan tizimli dasturlashga 
    mo’ljallangan S tili turlarni kuchsiz himoyalovchi til hisoblanadi. S-tili 
    kompilyatori bunday xollarda faqat ogohlantirishlarni beradi. Turlarni qattiq 
    himoyasini yo’qligi S -tilida dastur yozuvchi tizim dasturchisi o’zining amallarini 
    to’g’riligiga o’zi javobgar bo’ladi. 
    Ma’lumotlar tuzilmalari aynan “fazoviy” tushunchalarga ta’luqli bo’lib, uni 
    kompyuter xotirasidagi axborotni tashkil etuvchi sxema deb ta’riflash mumkin . 
    Algoritm esa dastur tuzilmasida mos ravishda protsedura elementi hisoblanadi va 
    hisob-kitob retsepti bo’lib hizmat qiladi. 
    Dastlabki algoritmlar sonlarni ko’paytirish, umumiy bo’luvchini topish, 
    trigonometrik funktsiyalarni echish kabi masalalarni uchun o’ylab topilgan. 
    Bugungi kunda hisob -kitoblardan tashqari algoritmlar ham teng ma’noda muhim 
    hisoblanadi. Bu algoritmlar masalan, matnda berilgan so’zni izlash, hodisalarni 
    rejalashtirish, berilgan tartibda ma’lumotlarni saralash va hokazo masalalarni 
    echish uchun tuzilgan. Sanoqsiz algoritmlar tarkibida son bo’lmagan ma’lumotlar 
    bilan ham ish olib boriladi. Bundan tashqari Ushbu algoritmlarda ularni qurish va 
    tushinish uchun hech qanday chuqur matematik ifodalar qo’llanilmaydi. 
    Matematik usullar sanoqsiz algoritmlar ichidan eng yaxshilarini tanlab olishda qo’l 
    keladi. 
    Algoritmlarda qo’llaniluvchi ma’lumotlar tuzilmalari o’ta murakkab bo’lishi 
    mumkin. Natijada ma’lumotlarni to’g’ri ifodalashni tanlash ko’pincha omadli 
    dasturlash kaliti bo’lib xizmat qiladi va foydalanilayotgan algoritm detallariga 
    nisbatan dastur unumdorligiga ko’proq ta’sir o’tkazishi mumkin. Bugungi kunda 
    ma’lumotlar tuzilmalarini tanloab olishni umumiy nazariyasi mavjud emas. 
    Bajarilishi mumkin bo’lgan imkoniyatlardan biri - barcha bazaviy “g’ishtchalar”ni 
    va ulardan yig’ilgan tuzilmalarni aniqlab olishdir. Katta tizimlarni qurishda ushbu 


    13 
    bilimlarni qo’llash imkoniyati - bu birinchi galda muxandisning ustaligi va 
    maxorati bilan aniqlanadi. 
    Hisoblash mashinalarida xotira qurilmalarining uch asosiy turini ajratish 
    mumkin: o’ta tezkor, tezkor va tashqi xotira odatda o’ta tezkor xotira registrlardan 
    quriladi. Registrlar axborotni vaqtincha saqlash va o’zgartirish uchun qo’llaniladi. 
    O’ta muhim registrlarning ba’zilari kompyuterni markaziy protsessorida 
    joylashgan bo’ladi. Arifmetik amallar argumenti (ya’ni operandlar) jaylashgan 
    registrlar (akkumulyatorlar deb ham ataladi) markaziy protsessor tarkibiga kiradi. 
    Axborot akkumulyatorlari tarkibiga kiritilgan qo’shish, ayrish, ko’paytirish va 
    bo’lish amallari juda murakkab mantiqiy sxemalar yordamida amalga oshiriladi. 
    Bundan tashqari akkumulyatorlarda boshqarishni uzatishni normalb ketma-
    ketligini o’zgartirish zaruratini tekshirish maqsadida, aloxida bitlar taxlil qilinishi 
    mumkin. Operandlarni va arifmetik amallarni eslab qolishdan tashqari, registrlar 
    shuningdek dastur buyruqlarini va keyingi bajariladigan buyruq raqamining 
    boshqaruv axborotini vaqtincha saqlash uchun qo’llaniladi. Tezkor xotira 
    tabiatiga ko’ra ko’proq o’zgarmas axborotni xotirada saqlash uchun qo’llaniladi. 
    Tezkor xotirani muhim xususiyati bu manzillanishidir. Bu har bir xotira 
    yacheykasi o’zining identifikatoriga ega ekanligidir, tom ma’noda uni umumiy 
    xotira yacheykalari massivida nomlanishini bildiradi. Ushbu identifikator manzil 
    (adres) deb ataladi. Tezkor xotiraga murojaat qiluvchi mashina buyruqlarini 
    operandlari yacheyka manzillari hisoblanadilar. Hozirgi zamon hisoblash 
    tizimlarining ko’pchiligida manzillashtirishning birligi etib bayt - 8 ta ikkilik 
    razryadidan tashkil topgan yacheyka hisoblanadi. Tezkor xotiraning aniq 
    yacheykasi yoki yacheykalari to’plami dasturda aniq o’zgaruvchi bilan bog’langan 
    bo’lishi mumkin. Biroq o’zgaruvchi qatnashadigan arifmetik himoblarni bajarilishi 
    uchun o’zgaruvchini qiymatini hisoblashga qadar xotira yacheykasidan registrga 
    o’tkazilgan bo’lishi kerak. Bunda hisoblash natijasi o’zgaruvchiga qaytadan 
    berilishi kerak bo’lsa, natija qiymati mos registrdan ushbu o’zgaruvchi bilan 
    bog’langan tezkor xotira yacheykasiga qaytarilishi kerak. 
    Dasturni bajarilishi vaqtida uning buyruqlari va ma’lumotlari asosan tezkor 


    14 
    xotira yacheykalariga joylashtiriladi. Tezkor xotira elementlarining to’liq to’plami 
    ko’pincha asosiy xotira deb ataladi. 
    Tashqi xotira avvalom bor ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun 
    xizmat qiladi. Tashqi xotirada joylashgan ma’lumotlarning xususiyatiga ko’ra, 
    ularni yaratgan dastur ishlab to’xtaganidan so’ng ham saqlanib qolinadi va 
    kelajakda uni yaratgan dasturi hamda boshqa dasturlar tomonidan ko’p marotiba 
    qo’llab foydalanish mumkin. Tashqi xotira shuningdek dasturlarni, ishlatilmagan 
    vaqtlarida saqlash uchun ham qo’llaniladi. Tashqi xotira narxi tezkor xotiraga 
    nisbatan ancha arzon bo’lib, sig’imi nisbatan katta bo’ladi. Tashqi xotira 
    bajarilayotgan dasturning kod va ma’lumotlarini saqlab turish uchun kerak. 
    Bajarilayotgan dasturning aktiv kodlari va ishlov berilayotgan ma’lumotlari albatta 
    bu bosqichda tezkor xotiraga ko’chirilgan bo’lishi kerak, chunki tashqi xotira va 
    operatsion qurilmalar (registrlar) bilan to’g’ridan to’g’ri almashuvni amalga 
    oshirish mumkin emas. 
    Ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan tashqi xotira asosan tezkor xotira 
    singari xususiyatlarga ega, xususan - manzillashtirish xususiyati. SHu sababli, 
    ma’lumotlarning tuzilmalari tezkor xotirada qanday bo’lsa, tashqi xotirada ham 
    shu ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ishlov berish algoritmlari ham bir xilda bo’lishi 
    mumkin. Ammo tashqi xotira o’zining fizik tabiatiga ko’ra ma’lumotlarga 
    kirishning tamoman o’zgacha usullarini qo’llaydi. Bu kirish o’zgacha vaqtinchalik 
    tavsiflardan iborat. Boshqacha aytganda tezkor xotira uchun samarador bo’lgan 
    tuzilmalar va algoritmlar tashqi xotira uchun o’zgacha natija berishi mumkin. 
    Axborot tizimlarini qo’llanish sohalari turli-tuman. Bu sharoitlarda ikkita bir 
    xil tizimni topish qiyin. Ular asosiy xususiyatlari va o’ziga xos tomonlari bilan 
    farqlanadi, masalan: ishlov berilayotgan axborot xarakteri, maqsadli funktsiyalari, 
    tizimning texnik darajasi va hokazo. Sanab o’tilgan xususiyatlar axborotni ham 
    tizimda, ham foydalanuvchi uchun taqdim etish shakli, axborotga ishlov berish 
    jarayonlarining xarakteri va axborot tizimlarining muhit bilan o’zaro aloqasi, 
    apparat va dasturiy ta’minotning tarkibiga ta’sir etadi. 
    Ravshanki, 
    axborotni 
    saqlash, 
    ishlov 
    berish 
    va 
    izlash 
    uchun 


    15 
    kompyuterlardan foydalaniladigan avtomatlashtirilgan va avtomat axborot 
    tizimlarini ushbu ko’rib chiqish predmeti deb hisoblash kerak. So’zsiz, bugungi 
    kunda bu tizimlar funktsional imkoniyatlarining kengligi, axborotning katta 
    massivlarini saqlash va ishlov berish qobiliyati bilan farqlanadi. Bu tizimlarning 
    o’ziga xos xarakterli xususiyati kompyuterlardan turli-tuman agregatlarda va 
    bo’g’inlarda, xususan axborotni to’plash, tayyorlash, uzatish va taqdim etishda, 
    keng foydalanishdan iborat. 
    Har qanday axborot tizimi uning uchun kiritiladigan axborot manbai va 
    taqdim etiladigan axborot iste’molchisi hisoblanadigan tashqi muhit qurshovida 
    ishlaydi. Bunday tizim doirasida, tizimga kirishdan boshlab va undan chiqqunga 
    qadar, axborot oqimi bir nechta ishlov berish bosqichidan o’tadi. Ma’lumki, 
    axborotga ishlov berishning asosiy bosqichlariga axborotni to’plash, ro’yxatga 
    olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo’ylab manbadan kompyuterga 
    uzatish, axborot massivlarini yaratish va saqlab turish, axborotni chiqarib berish 
    shakllarini shakllantirish, aloqa kanali bo’ylab kompyuterlardan iste’molchiga 
    uzat, foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay shaklga o’tkazish kabilar kiradi 
    Axborot tizimining kompyuteriga tushadigan axborot atrof muhitdagi obyektlar 
    yoki alohida tarkibiy qismlarning holatini, algoritmlar esa unga tashqi muhitda 
    ishlov berishning tegishli qoidalariga mos bo’lgan ishlov berishning ba’zi 
    qoidalarini aks ettiradi. 
    Kompyuterlarga uzatiladigan axborot xotirada axborot massivlarini hosil 
    qilib joylashadi, axborot massivlari esa birgalikda axborot fondini tashkil etadi. 
    Axborot massivlari muayyan tuzilma tarzida tashkil etiladi, u haqiqiy olam 
    obyektiningtuzilish tarkibi, uning ayrim elementlari o’rtasidagi aloqalar va 
    ularning xarakterlari bilan bog’liqdir. 
    Massiv hamda fond elementlari bilan umuman olganda ishlov berishning 
    turli operatsiyalari amalga oshiriladi, quyidagilar ular ichida eng asosiylari 
    hisoblanadi: mantiqiy va arifmetik operatsiyalar, axborotni saralash va izlash, 
    yuritish hamda tuzatish kiritish. Bu operatsiyalar natijasida axborotning dolzarbligi 
    ta’minlanadi, ya’ni atrof muhit va uning kompyuterdagi modeli o’rtasida zaruriy 


    16 
    muvofiqlik ta’minlanadi. Bundan tashqari, chiqarib beriladigan axborot ishlov 
    berish topshiriqlariga muvofiq ravishda shakllantiriladi. 

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Qo’llash sohasi

    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish