Ma’lumotlar tuzilmalarining klassifikatsiyasi




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana29.10.2022
Hajmi1.28 Mb.
#28506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Yarim Statik malumotlar
1. Axborot tizimi, tizim komponentlari va maqsadi nimadan iborat, TATU SF akademik litseyi, Mavzu Tarixni o’rganishda virtual muzeylarning o’rni, [E ECE ]TRADE WP.6 2000 12-RU, tKe3jMBqU3OiPgeJZQP6ENtc5uFR2Dqt, Doc2, 1-3 Lab-ya, 2.docx Lab-ya, 15, ABDUSATTOR VHGFFYJY, English Time 2 Students Book www.frenglish.ru, Tarix, Islom karimov nomidagi toshkent davlat-www.hozir.org, Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash
1.2 Ma’lumotlar tuzilmalarining klassifikatsiyasi. 
O’zining mazmuni va murakkabligidan qat’iy nazar barcha ma’lumotlar 
kompyuter xotirasida ikkilik razryadlari yoki bitlar ketmaketligida tasvirlanadi
demak ularni olgan qiymatlari ham mos ravishda ikkilik sonlardan iborat bo’ladi. 
Bitlar ketma-ketligi shaklidagi ma’lumotlar juda oddiy tashkil qilingan yoki 
boshqacha aytganda kuchsiz tuzilmalashtirilgan bo’ladi. Murakkab ma’lumotlarni 
bitlar ketma-ketligi terminlarida talqin qilish juda noqulaydir. Ixtiyoriy 
ma’lumotlarni tashkil qilish uchun bit sonog’iga ko’ra ma’noli va yirikroq bo’lgan 
“qurilish bloklari”- “ma’lumotlar tuzilmalari” tushunchasi asosida hosil qilinadi. 
Ma’lumotlar tuzilmalari deb umumiy xolda ma’lumotlar elementlarini to’plami va 
ular orasidagi bog’lanishlar to’plamiga aytiladi. Ma’lumotlar tuzilmalarining 
bunday ta’rifi ma’lumotlar tuzilmalariga barcha mumkin bo’lgan kirib borishlarni 
qamrab oladi, ammo har bir aniq masala uchun u yoki bu aspektlar qo’llaniladi. 
Shu maqsadda ma’lumotlar tuzilmalariga qo’shimcha klassifikatsiya kiritilgan 
bo’lib, yo’nalishlariga ko’ra ularni ko’rib chiqishning turli aspektlariga mos 
keladi. Aniq bir ma’lumotlar tuzilmalarini o’rganishdan avval, ularga bir necha 
xususiyatlariga ko’ra umumiy klassifikatsiya beramiz. 
“Ma’lumotlarning fizik tuzilmalari” tushunchasi mashina xotirasida 
ma’lumotlarni fizik tasvirlash usullarini aks ettiradi va yana saqlash tuzilmasi, 
ichki tuzilma yoki xotira tuzilmasi deb ataladi. 
Ma’lumotlar tuzilmalarini mashina xotirasidan tashqari tasvirlash abstrakt 
yoki mantiqiy tuzilma deb ataladi. Umumiy xolda mantiqiy tuzilma va unga mos 
ravishdagi fizik tuzilma orasida farqlanish mavjud bo’lib, uning darajasi 
tuzilmaning o’zidan va u aniqlanishi kerak bo’lgan muhitga bog’liq bo’ladi. 
Hozirda mantiqiy tuzilmalar fizik tuzilma ko’rinishida va aksincha fizik tuzilmani 
mantiqiy ko’rinishda tasvirlovchi protseduralar mavjud. Ushbu protseduralar 
yordamida fizik tuzilmalarga kirib bori shva ular ustida amallar bajarish mumkin. 


17 
Tuzilmalar oddiy (bazaviy, primitiv) va integrallashgan(struk- turlashgan, 
murakkab, yig’ma) tuzilmalarga bo’linadi. Oddiy tuzilmalar deb bit tarkibiy 
qismlargacha bo’lina oladigan tuzilmalarga aytiladi. Ma’lumotlarning fizik 
tuzilmalari nuqtai nazari bilan qaralsa, berilgan odddiy tuzilmalarning o’lchovi va 
uni xotiraga joylashtirish tuzilmasi ushbu mashina arxitekturasida yoki dasturlash 
tizimida qanday bo’lishini oldindanayta olish mumkin. Ma’lumotlar tuzilmalarini 
mantiqiy nuqtai nazariga ko’ra oddiy tuzilmalar bo’linmas birliklar hisoblanadilar. 
Integrallashgan tuzilmalar deb tarkibiy qismlari oddiy yoki o’z navbatida 
integrallashgan 
ma’lumotlar 
tuzilmalariga 
aytiladi. 
Integrallashtirilgan 
ma’lumotlar tuzilmalari dasturchi tomonidan dastur tillaridagi ma’lumotlarni 
integratsiya vositalarini qo’llagan xolda quriladi. 
Ma’lumotlar elementlari orasidagi bog’lanishlarni yaqqol mavjudligi yoki 
ularni yo’qligiga qarab ma’lumotlar tuzilmalari bog’lanmagan (vektorlar, 
massivlar, satrlar, steklar, navbatlar) va bog’langan (bog’langan ro’yxatlar) 
ko’rinishida bo’ladilar. 
Ma’lumotlar tuzilmalarining muhim belgisi - uning o’zgaruvchanligi- 
elementlar sonini va ular orasidagi bog’lanishlarni o’zgarib turishidir. 
O’zgaruvchanlik belgisiga ko’ra ma’lumotlar tuzilmalari statistik, yarimstatistik va 
dinamik tuzilmalarga bo’linadilar. 1.1. chizmada ma’lumotlar tuzilmalari 
o’zgaruvchanligi belgisiga ko’ra klassifikatsiyasi keltirilgan. Ma’lumotlar 
tuzilmalarining bazaviy, statistik, yarimstatistik va dinamik ko’rinishlari tezkor 
xotiraga xos bo’ladi va ularni tezkor tuzilmalar deb ataydilar. Fayl tuzilmalari esa 
tashqi xotira ma’lumotlari tuzilmalariga mos keladilar. 
Ma’lumotlar tuzilmalarining muhim belgisi - uning elementlarini tartiblana 
olishi xossasidir. Ushbu belgiga ko’ra tuzilmalarni chiziqli va chiziqli bo’lmagan 
tuzilmalarga ajratish mumkin. Chiziqli tuzilmalar elementlarini xotirada o’zaro 
yaqin joylashishi xossasiga ko’ra ularni xotirada ketma-ket joylashgan (vektorlar, 
satrlar, massivlar, steklar, navbatlar) va ixtiyoriy bog’lanib taqsimlangan (bir 
bog’lamli, ikki bog’lamli ro’yxatlar) tuzilmalarga ajratish mumkin. Chiziqli 
bo’lmagan tuzilmalarga misol tariqasida ko’p bog’langan ro’yxatlar, daraxtlar, 


18 
grafalarni keltirish mumkin. 
Dasturlash tillarida «ma’lumotlar tuzilmalari” tushinchasi “ma’lumotlar 
turi” tushinchasi bilan chambarchas bog’langandir. Barcha ma’lumotlar - 
konstantalar, o’zgaruvchilar, funktsiya qiymatlari yoki ifodalar o’zlarining turlari 
bilan tavsiflanadilar. Har bir tur bo’yicha axborot bir ma’noda aniqlanadi: 
Ko’rsatilgan turning ma’lumotlarini saqlash tuzilmasi, ya’ni unga xotirani 
ajratish va ma’lumotlarni unda bir tomondan tasvirlansa, ikkinchi tomondan uni 
ikkilik ko’rinishini tushuntirib beradi; 
Tur tomonidan tasvirlangan u yoki bu obyektning qabul qilishi mumkin 
bo’lgan qiymatlari to’plami; 
Tur tomonidan tasvirlanayotgan obyektga qo’llanilishi mumkin bo’lgan 
amallar to’plami. 
Har qanday ma’lumotlar tuzilmalari ustida umumiy bo’lgan to’rt amalni 
bajarish mumkin: yaratish, yo’q qilish, tanlash (kirib borish), yangilash. 
Ma’lumotlar tuzilmalari yaratish amali deganda ma’lumotlar tuzilmalariga 
xotirada joy ajratilishi tushiniladi. Xotira dastur bajarilishi jarayonida yoki 
kompilyatsiya bosqichida ajratilishi mumkin. Bir qator tillarda (masalan C da) 
dasturchi tomonidan strukturlashtirilgan ma’lumotlar uchun yaratish amali o’z 
ichiga tuzilma tomonidan hosil qilinadigan parametrlarni boshlang’ich 
qiymatlarini o’rnatishni ham o’z ichiga oladi. Masalan, PL/1 da DECLARE N 
FIXED DECIMAL e’loni N o’zgaruvchi uchun manzil kengligini ajratishga olib 
keladi. FORTRANda (Integer I), PASCALda (I:Integer), C da (Int I) tur e’loni 
natijasida ushbu o’zgaruvchilar uchun mos xotira ajratiladi. Dasturda e’lon 
qilingan ma’lumotlar tuzilmalari uchun xotira avtomatik ravishda Dasturlash 
tizimi vositalari orqalikopilyatsiya bosqichida , yoyinki mos o’zgaruvchilar e’lon 
qilinadigan protsedura blokini aktivlashgan vaqtida ajratiladi. Dasturlash tizimida 
mavjud ajratish-ozod qilish prqedura (funktsiya)ni qo’llagan xolda dasturchining 
o’zi ham ma’lumotlar tuzilmalari uchun xotirani ajratishi mumkin. Obyektga- 
mo’ljallangan Dasturlash tillarida yangi obyektlar tuzilayotganida obyekt uchun 
yaratish va yo’q qilish protseduralari aniqlangan bo’lishi kerak. Muhimi bunda, 


19 
dasturlash tilidan qat’iy nazar, dasturdagi mavjud ma’lumotlar tuzilmalari “hech 
qayerdan” paydo bo’lmay balki bilvosita yoki bevosita tuzilmalarni tuzish 
operatorlari yordamida e’lon qilinadidar. Buning natijasida dasturdagi barcha 
tuzilma nusxalariga ularni joylashtirish uchun xotira ajratiladi. 
Ma’lumotlar tuzilmalarini xotiradan o’chirish amallari ularni yaratish 
amallariga nisbatan qarama-qarshi yo’nalishda olib boriladi. Ba’zi bir BASIC
FORTRAN kabi tillar dasturchiga ma’lumotlar tuzilmalarini o’chirishni imkonini 
bermaydi. PL/1, Pascal tillarida blok ichida joylashgan ma’lumotlar tuzilmalari 
ushbu blok tashqarisiga chiqqanidan so’ng dastur bajarilishi jarayonida o’chiriladi. 
O’chirish amali xotiradan samarali foydalanish uchun qo’llaniladi. 
Tanlash amallari dasturchilar tomonidan tuzilmalar ichida joylashgan 
ma’lumotlarga kirib borishni amaliy shakli murojaat qilinayotgan ma’lumotlar 
tuzilmalari turiga bog’liqdir. Kirish usuli - tuzilmalarning muhim xususiyatlaridan 
biri bo’lib, bu xususiyat aniq ma’lumotlar tuzilmalarini tanlashda bevosita rol 
o’ynaydi. 
Yangilash amali ma’lumotlar tuzilmalarida ma’lumotlar qiymatlarini 
o’zgartirishga imkon beradi. Masalan: qiymat berish, yoki yanada murakkab 
shakli parametrlarni uzatish. 
Yuqorida keltirilgan to’rt amal barcha tuzilmalar va turlar uchun majburiy 
bajariladigan amallar hisoblanadi. Bu umumiy amallardan tashqari har bir 
ma’lumotlar tuzilmalari uchun maxsus o’ziga xos faqat ushbu ma’lumotlar turi 
(ma’lumotlar tuzilmalari) bilan ish olib boruvchi amallar aniqlangan bo’lishi 
mumkin. 

Download 1.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ma’lumotlar tuzilmalarining klassifikatsiyasi

Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish