Ma’lumotlarning chiziqli tuzilmalari




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana29.10.2022
Hajmi1.28 Mb.
#28506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Yarim Statik malumotlar
1. Axborot tizimi, tizim komponentlari va maqsadi nimadan iborat, TATU SF akademik litseyi, Mavzu Tarixni o’rganishda virtual muzeylarning o’rni, [E ECE ]TRADE WP.6 2000 12-RU, tKe3jMBqU3OiPgeJZQP6ENtc5uFR2Dqt, Doc2, 1-3 Lab-ya, 2.docx Lab-ya, 15, ABDUSATTOR VHGFFYJY, English Time 2 Students Book www.frenglish.ru, Tarix, Islom karimov nomidagi toshkent davlat-www.hozir.org, Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash
1.2.1 Ma’lumotlarning chiziqli tuzilmalari. 
Massiv - bu ma’lumotlarni ketma-ket taqdim etishdan foydalanib amalga 
oshiriladigan 
qat’iy belgilangan o’lchamdagi ma’lumotlarning chiziqli 
tuzilmasidir. Ma’lumotlar tuzilmasi sifatida massiv tushunchasi AAT tomonidan 
qayta ishlanadigan ma’lumotlar majmuasini aniqlovchi axborot massivi 
tushunchasi bilan aynan bir xil emas. Buning sababi quyidagicha. 


20 
Massivning har bir elementi bir yoki bir necha indekslar bilan 
identifikatsiya qilinadi. Indeks - bu qiymati tegishli elementning massivdagi joyini 
aniqlaydigan butun sondir va u ushbu elementdan erkin foydalanish uchun 
ishlatiladi. Massivning alohida elementlari o’zgarishi mumkin (ya’ni yozuvlar 
modifikatsiya qilinishi mumkin), lekin massiv elementlarining umumiy soni 
hamisha o’zgarmas bo’lib qoladi, demak, massivlar uchun qo’shish va o’chirish 
operatsiyalari mavjud emas. 
Massivning har bir elementini identifikatsiya qiladigan indekslar soniga 
qarab bir o’lchamli va ko’p o’lchamli massivlar farqlanadi. 
Bir o’lchamli massiv vektor deb ataladi. A = {A(1) A(2)... A(I)... A(N)} 
vektori - bu xotiraning yonma-yon uyalarida joylashgan elementlar (yozuvlar)ning 
ketma-ketligidir. Vektorning birlik indeksi har bir elementning ketma-ketlikdagi 
joyini ko’rsatadi. Vektorning birinchi elementi uchun ajratilgan birinchi baytning 
manzili vektor bazasining manzili deyiladi. Vektor umuman olganda bazaning 
manzili, elementlar o’lchami va ularning soni yoki elementlar o’lchami va indeks 
o’zgarishining diapazoni bilan aniqlanadi. Agar L0 - vektorni saqlash uchun 
ajratilgan xotira blokidagi birinchi baytning manzili, s - har bir elementni saqlash 
uchun ajratilgan baytlar soni bo’lsa, ixtiyoriy i-elementning manzili quyidagicha 
bo’ladi:
loc (Ai) = L0 + c (i - 1), 
(1os inglizcha 1osation - joylashgan joyini aniqlash). 
L0 bazasining manzili dasturni translyatsiya qilish jarayonida translyator 
tomonidan aniqlanadi. Shu vaqtning o’zida vektor uchun deklaratsiyada 
aniqlangan uning o’lchamiga muvofiq xotira zahiraga olinadi. Translyatsiya 
jarayonida xotira manzillarning ketma-ket oshib borishi tartibida taqsimlanadi. 
Manzillarning kamayib borishi tarafiga xotiraning taqsimlanishi ham bo’lishi 
mumkin. Ushbu vaziyatda s (i - 1) qiymat L0 dan ayirib tashlanadi 
Vektorni 
xotirada 
taqdim 
etish 
ular 
dasturlash 
tilida 
qanday 
ta’riflanganligiga bog’liq emas. Istalgan ta’rifda ushbu taqdim etish bir xil bo’ladi. 
Ikki o’lchamli massiv matritsa deb ataladi. Matritsaning har bir elementi ikki 


21 
indeks bilan aniqlangan. Umumiy holatda matritsa ixtiyoriy o’lchamga ega 
bo’lishi, ya’ni ko’p o’lchamli bo’lishi mumkin. Ko’p o’lchamli massiv bir 
o’lchamli ekvivalent massiv bilan taqdim etilgan bo’lishi mumkin. Masalan, 
matritsaga elementlari o’z navbatida vektor hisoblanadigan vektor sifatida qarash 
mumkin. Bunda matritsa kompyuter xotiradsida «qatorlar qatori» va «ustunlar 
qatori» sifatida ko’rilishi va saqlanishi mumkin. Birinchi holatda 
A(1,1) A(1,2) A(1,3) 
A(2,1) A(2,2) A(2,3) 
A(3,1) A(3,2) A(3,3) 
matritsasi quyidagi vektor ko’rinishida taqdim etiladi: 
A(1,1) A(1,2) A(1,3) A(2,1) A(2,2) A(2,3) A(3,1) A(3,2) A(3,3). 
Matritsa elementlarini shunday ketma-ketlikda saqlash qatorlar bo’yicha 
joylashtirish deyiladi. 
Boshqa holatda, matritsa «ustunlar qatori» sifatida ko’rilsa, uning 
elementlari xotirada ustunlar bo’yicha quyidagi tartibda joylashadi: 
A(1,1) A(2,1) A(3,1) A(1,2) A(2,2) A(3,2) A(1,3) A(2,3) A(3,3). 
Qatorlar bo’yicha joylashtirilganda A(ij) matritsa elementining manzili 
quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
loc (Ai,j) = L
0
+ s(i - 1) + s(j - 1), bunda m - ustunlar soni. 
Umumiy holatda massiv ixtiyoriy o’lchamga ega bo’lishi mumkin. n- 
o’lchamli massiv uchun o’lchamlar soni, shuningdek indekslar o’zgarishi 
diapazonining yuqori va pastki chegaralari ko’rsatiladi. 
Bir qator vaziyatlarda bir massivda turli tipdagi ma’lumotlarni saqlashga 
to’g’ri kelib qoladi. Bunday massiv har xil turdagi massiv deyiladi. Masalan, 
talabaning shaxsiy kartochkasini saqlashda familiya, yosh, manzil, o’rtacha ball va 
boshqalar massiv elementlari hisoblanadi. Ushbu bir talaba to’g’risidagi 
ma’lumotlar xotirada qat’iy belgilangan uzunlikdagi bir o’lchamli turli turdagi 
massiv sifatida saqlanishi mumkin. shunday massiv elementlaridan erkin 
foydalanish belgi shaklida taqdim qilingan indeks bo’yicha amalga oshirilishi 


22 
mumkin. Masalan, massivning birinchi elementidan erkin foydalanish uchun 
NAME indeksi bo’yicha, ikkinchi elementga esa AGE indeksini ishlatish mumkin 
va h.k. 
Bir o’lchamli turli turdagi massivlardan ko’p o’lchamli turli turdagi 
massivlar, masalan, guruhning barcha talabalarini ta’riflovchi massivni tashkil 
etilishi mumkin. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqiqiy olamdagi obyektlar 
to’g’risidagi axborotni saqlaydi va ishlov beradi. Katta obyektlarni, ularning tabiiy 
murakkabligini hisobga olgan holda, kompozitsiya tamoyillaridan foydalanib 
alohida agregat va bo’g’inlarga bo’lish qabul qilingan. Muayyan obyekt yoki 
uning bir qismini ta’riflovchi axborotning muayyan majmuini mantiqiy yozuv yoki 
oddiygina qilib yozuv deb ataladi. Muayyan sinfga oid ko’plab obyektlarni 
ta’riflovchi yozuvlar to’plamini axborot massivlari deb ataladi. 
Haqiqiy olamda obyektlar va ularning alohida agregatlari o’rtasida turli 
darajadagi murakkablikka ega bo’lgan muayyan munosabatlar va o’zaro aloqalar 
mavjud bo’ladi. Axborotga ishlov berish va saqlash tizimlarini ishlab chiqish 
jarayonida bu munosabatlar aniqlanadi va yozuvlar hamda axborot massivlarini 
tuzilmalash yo’li bilan aks ettiriladi. Ma’lumotlar o’rtasidagi aloqa va 
munosabatlarni aniqlab berishni ta’minlaydigan axborot massivlarini tashkiliy 
shakli ma’lumotlar tuzilmasi deb ataladi. Ma’lumotlarga kompyuter da ishlov 
berish jarayonida ularning axborot to’liqligi yo’qolmasligi, haqiqiy olamda 
obyektlar o’rtasidagi mavjud munosabatlarning ma’nosi buzilmasligi uchun 
tuzilmalarni doimiy kuzatib borish zarur, ya’ni ishlov berish jarayonidagi har 
qanday operatsiyalar ma’lumotlar tuzilmasini buzmasligi kerak. Tuzilmada 
ta’riflanayotgan obyektning xususiyatlari aks ettirilgan, shuning uchun 
tuzilmaning buzilishi uning xususiyatlari yo’qolishiga va oqibatda obyektning 
nomuvofiq ta’riflanishiga olib keladi. Mantiqiy darajada obyektlar va ularning 
tavsiflari o’rtasidagi mavjud haqiqiy munosabatlarni aks ettiruvchi 

Download 1.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ma’lumotlarning chiziqli tuzilmalari

Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish