• Obyektning qaysi hususiyatlari
  • Kalit bo’yicha erkin foydalanish
  • ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmalari




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/22
    Sana29.10.2022
    Hajmi1.28 Mb.
    #28506
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
    Bog'liq
    Yarim Statik malumotlar

    ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmalari bilan ishlanadi, bu tavsiflarma’lumotlar 
    tizimdan foydalanuvchiga qanday shaklda taqdim etilishini ko’rsatib beradi. 


    23 
    Ma’lumotlarning 
    mantiqiy 
    tuzilmalarini 
    ishlab 
    chiqishda 
    tizimdan 
    foydalanuvchilarning 
    axborotga 
    ehtiyoji 
    va 
    bu 
    axborot 
    hal 
    qilishi 
    mo’ljallanayotgan vazifalar xarakteri ham hisobga olinadi. Bu darajada axborot 
    birligi mantiqiy yozuv hisoblanadi, tegishli mantiqiy yozuv bilan tavsiflanadigan 
    obyekt muayyan belgilari -xususiyatlari bilan xarakterlanadi, ular yozuv 
    atributlari shaklida ifodalanadi. Mantiqiy darajada tizimning ishlab chiquvchisi 
    ta’riflanadigan obyektlar sinfini to’liq xarakterlovchi belgilar ro’yxatini belgilaydi. 
    Belgilarning majmui va ularning o’zaro aloqasi mantiqiy yozuvning ichki 
    tuzilmasini belgilaydi. 
    Ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmasi ma’lumotlarga ishlov berilayotgan 
    obyektlarni to’liq ta’riflab berishi, obyektlar va ularning tavsiflari o’rtasidagi 
    haqiqiy munosabatlarni mos ravishda aks ettirishi, tizimdan foydalanuvchilarning 
    axborotga ehtiyojini qondirishni va ilovalarning topshiriqlarini hal qilishni 
    ta’minlashi zarur. Obyektning qaysi hususiyatlari yozuv atributlarida aks 
    ettirilishi zarurligini tizim ishlab chiquvchisi yetarlilik tamoyillaridan kelib 
    chiqqan holda hal qiladi. 
    Ma’lumotlarni taqdim etishning mantiqiy darajasida tizimning texnik va 
    matematik ta’minoti (kompyuter turi, XQ turi, dasturlashtirish tili, operatsion 
    tizim) hisobga olinmaydi. 
    Saqlash darajasida saqlanadigan tuzilmalar - kompyuterlar xotirasidagi 
    ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmalari bilan operatsiyalar bajariladi. Saqlash 
    tuzilmasi to’lalig’icha ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmasini aks ettirishi va uni 
    AAT (avtomatlashtirilgan axborot tizimlari) ishlash jarayonida qo’llab turishi 
    zarur. Bu darajada ham axborot birligi mantiqiy yozuv hisoblanadi. Dastur hech 
    qanday buzilishga yo’l qo’ymay mantiqiy darajani saqlash darajasiga o’tkazishi 
    kerak. 
    Jadval bu har bir elementi kalitning ma’lum qiymati bilan tavsiflanadigan 
    va elementlaridan erkin foydalanish kalit bo’yicha amalga oshiriladigan 
    ma’lumotlarning chiziqli tuzilmasidir. Oldin ko’rib chiqilgan barcha ma’lumotlar 
    tuzilmalarida tuzilma elementlaridan erkin foydalanish chegaralangan, chunki 


    24 
    faqat saqlash tuzilmasi indeks yoki ko’rsatkich vositasida erkin foydalanishni 
    ta’minlayotgan element o’qilishi mumkin, bunda erkin foydalanish jarayonida 
    yozuvlar maydonlarining qiymati hech qanday tahlil qilinmaydi. 
    Axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlashning ko’pgina vazifalarida 
    muayyan alomatlarga ega obyektlar to’g’risidagi yozuvlarga murojaat qilinishi 
    kerak. Bu holatda erkin foydalanish jarayonida yozuv (odatda, kalit) maydonining 
    qandaydir qiymatini tahlil qilish zarur bo’ladi, buning asosida ushbu yozuvni 
    o’qish va uni qayta ishlashga uzatishning zarurligi to’g’risidagi masala hal 
    qilinadi. Kalit bo’yicha erkin foydalanish deyiladigan bunday erkin foydalanish 
    ma’lumotlarning jadval tuzilmasida amalga oshiriladi. 
    Ketma-ket taqdim etishda jadval ketma-ket ro’yxat ko’rinishida saqlanadi. 
    Jadvalning yozuvlari oldindan zahiraga olingan xotira blokida birin-ketin 
    joylashadi. Bunday jadvallarni tuzish va to’ldirish oson, yangi yozuvlarni 
    jadvalning oxiriga minimal vaqt ichida qo’shish oson. Biroq bunday jadvallarda 
    izlash uzoq davom etadi, chunki ketma-ket ravishda jadvalning birinchisidan 
    boshlab barcha yozuvlari ko’rib chiqiladi va ularni kalit maydonlarining qiymati 
    tahlil qilinadi. Ko’rib chiqish kerakli yozuv topilmagunicha yoki butun jadvalni 
    ko’rib chiqishdan so’ng kerakli yozuvning yo’qligi signali ishlab chiqilmagunicha 
    amalga oshiriladi. 
    Odatda, jadval yozuvlari qandaydir tamoyil bo’yicha (masalan, kalit 
    qiymatining oshib borishi bo’yicha yoki yozuvlar murojaatlarning soni bo’yicha) 
    tartibga solinadi va tartibga solingan ketma-ket ro’yxat ko’rinishida saqlanadi. Bu 
    holatda izlash maxsus usullarni ishlatish hisobiga sezilarli ravishda tezlashtirilishi 
    mumkin. Biroq tartibga solingan ketma-ket ro’yxatni yuritish qiyinlashadi va u 
    bilan bir qator qo’shimcha protseduralar birga keladi. Sh unday qilib, masalan, 
    ketma-ket tartibga solingan ro’yxatga yangi jadval yozuvini kiritish uchun yangi 
    yozuv o’z kalitining qiymatiga muvofiq ro’yxatda egallashi kerak bo’lgan o’rinni 
    aniqlash zarur. Xotiraning tegishli uyasi bo’shatilishi kerak, buning uchun barcha 
    yozuvlar bir uyaga ko’chiriladi, ya’ni massivning bir qismi qayta yoziladi. 
    Tartibga solingan jadval o’zaro bog’langan ro’yxat shaklida saqlanishi mumkin. 


    25 
    Bunda dinamik ravishda o’zgartirilib boriladigan jadvalni yuritish qayta yozish 
    protseduralarini bajarishni talab etmaydi. Lekin bunday jadvalda yozuvlarni 
    ko’rsatkich tomonidan belgilangan tartibda ketma-ket ko’rib chiqibgina izlash 
    mumkin. 
    Jadvallarni saqlash uchun ko’pincha ma’lumotlarni taqdim etishning aralash 
    usulidan foydalaniladi. Bunda axborot massivini yaratishning dastlabki bosqichida 
    har bir jadvalning yozuvlari zahiralangan xotira bloklarida ketma-ket 
    joylashtiriladi. Jadvallar o’sib borgani sayin bloklar ham to’lib boradi. U yoki bu 
    blok butunlay to’lib bo’lganda bu jadval uchun yangi xotira bloki ajratiladi, u 
    ko’rsatkich orqali oldingi to’lgan blok bilan bog’lanadi. A jadvalning xotira bloki 
    to’lganidan so’ng xotiraning bo’sh joyida A jadval uchun birinchi blok bilan 
    ko’rsatkich orqali bog’langan yangi blok ajratiladi. V jadval ham o’sib borgani 
    sayin u uchun ham yangi xotira bloki ajratiladi. Saqlashning bunday tuzilmasi 
    elementlari soni oldindan noma’lum bo’lgan jadval tuzilmalarini xotirada 
    joylashtirish uchun qulaydir. 

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmalari

    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish