• B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I Ilmiy rahbar: yu.f.n., dots. Ochilov O‘.S. BUXORO – 2017
  • I BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA HUQUQIY ASOSLARNING VUJUDGA KELISHI
  • II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA SOG’LIQNI SAQLASHNING RIVOJLANISH YO’NALISHLARI
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
  • Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti barnoyeva Gulmira Valiyevna




    Download 285.26 Kb.
    bet1/17
    Sana06.05.2023
    Hajmi285.26 Kb.
    #57204
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti
    Biotexnologiya haqida tushuncha, 2-amaliy mashg`ulot, anatomik-terminologiya, 1.Muhamadiyev Muzaffar QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARI XARITALARI VA ULARDA, ВОЛШЕБНЫЙ МИР КНИГ, Дарс тахлил, Mavzu Determinantlar va ularning xossalari. Reja-fayllar.org, Диплом чикариш учун (2), 1 AMALIY ISH---, Mavzu 3, Smart traffic light SRS (1), 6 ma\'ruza, 04Lomaeva2, tibbiy-veb-saytlar-yaratish-samaradorligi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

    Barnoyeva Gulmira Valiyevna

    O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash ning huquqiy asoslari

    3-2MG‘H-13 guruh talabasi


    Bakalavr ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan

    B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I


    Ilmiy rahbar:
    yu.f.n., dots. Ochilov O‘.S.

    BUXORO – 2017
    O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning huquqiy asoslari
    REJA:
    KIRISH

    I BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA HUQUQIY ASOSLARNING VUJUDGA KELISHI
    1.1.Mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki yillarda O’zbekiston Sog’liqni saqlashdagi umumiy holat

    1.2.Mustaqillik yillarida O’zbekiston Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning huquqiy asoslarining yaratilishi




    II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA SOG’LIQNI SAQLASHNING RIVOJLANISH YO’NALISHLARI

    2.1. Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyati, tarkibiy tuzilishi va boshqaruv tizimi ‎



    2.2. 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish harakatlar strategiyasida Sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari

    XULOSA

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    KIRISH
    Sog’liqni saqlash - aholi salomatligini muhofaza qilishga yo’naltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. Sog’liqni saqlash kasallliklarning oldini olish va davolash, sog’lom turmush va mehnat sharoitini yaratish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr ko’rishni ta’minlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni ko’zda tutadi.1
    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, dori vositalari bilan ishonchli ta’minlash, jismoniy baquvvat va ma’naviy jihatdan sog’lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ustuvor ahamiyat berilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarda ham sog’liqni saqlash sohasiga e’tibor ortib bormoqda. Jumladan,mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi 2 da ham sog’liqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolar va bajarilishi kerak bo’lgan ishlarga to’xtalib o’tilgan. Ushbu ma’ruzada alohida yo’nalishlar belgilanib olinib ushbu yo’nalishlarda islohotlar olib borilmoqda.
    Shuningdek, mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ham o‘z ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
    Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat.
    1-Prezident I.A. Karimov tomonidan tasdiqlangan Milliy axborot tizimini rivojlantirish va 2013-2020 yillarda “Elektron hukumat” tizimini yaratish dasturi doirasida hukumat tomonidan “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini yaratish bo’yicha tadbirlar rejasi qabul qilingan. U Milliy axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining uzviy birqismi bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish muddati
    2014-2020 yillar. Elektron sog‘liqni saqlash elektron hukumatning bir bo‘lagi bo‘lib, elektron sog‘liqni saqlash (e-Health)ni joriy etish dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston oldida turgan dolzarb vazifadir.

    Download 285.26 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 285.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti barnoyeva Gulmira Valiyevna

    Download 285.26 Kb.