151
Alyuminiy tuzlarining kollagen bilan mustahkam bog‘lanish
hosil qilmasligini u bilan oshlangan charmni suvli aralashmada
chidamli emasligi bilan ham tushuntirish mumkin.
Amalda oshlash uchun alyuminiy
tuzlarining barqarorligini
oshirish maqsadida ikki asosli organik kislotalar bilan ishlov berilib
olinadi. Bunda bir atom alyuminiyga 0,732 mol kislota kerak
bo‘ladi. Bunday birikmalar bilan oshlangan kollagen suv va kislota
eritmalarida chidamli bo‘ladi. Barqarorlashtirilgan alyuminiy
oshlovchi birikmalari kollagenning karboksil va spirt xususiyatiga
ega bo‘lgan OH guruhlari bilan bog‘lanishlar hosil qiladi.
Hozirda
alyuminiy
oshlovchilarni
barqarorlashtirish
maqsadida tarkibida karboksil, gidroksil va amino guruhlari bo‘lgan
suvda eruvchan polimerlar bilan ishlov
berish yaxshi natijalarni
berayapti.
XX asrning oxirgi yillarida Buxoro oziq-ovqat va yengil
sanoat texnologiya instituti "Charm va mo‘yna texnologiyasi"
kafedrasida olib borilgan tadqiqot
ishlarida tag charm ishlab
chiqarish uchun ishlatiladigan aralash oshlovchilar tarkibida suvda
eriydigan va yuqorida keltirilgan guruhlari bo‘lgan
sintetik
polimerlar ishlatildi. Alyuminiy oshlovchilar bunday polimerlar
bilan kollagen strukturasida barqaror
tuzilishga ega komplekslar
hosil qilib, olingan charmni xossalarini yaxshilashga olib keldiki,
buni tajriba sinovlaridan bilish mumkin.