• Sirkoniy birikmalarining gidrolizi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    7.3. Sirkoniy tuzlari bilan oshlash 
    Sirkoniy oshlovchilar bilan oshlangan charm xossalari 
    Sirkoniy tuzlari bilan oshlangan charm oq rangda bo‘ladi va 
    yorug‘likka, yemirilishga chidamli, silliqlashdan keyin yaxshi 
    tuklarga ega bo‘ladi. Sirkoniy oshlovchi moddalarning oshlash 
    xususiyati bo‘yicha xrom birikmalariga yaqin, to‘ldirish xususiyati 
    bo‘yicha Cr tuzlaridan ustun turadi. Kamchiliklarga quyidagilar 
    kiradi: sirkoniy oshlovchi moddalari suvli aralashmada barqaror 
    emas, ular alyuminiy va xrom tuzlariga nisbatan tezroq 
    gidrolizlanadi. Amalda shuning uchun uni Cr, Al va Ti tuzlari bilan 
    aralashtirib ishlatiladi.
    Sirkoniy oshlovchi birikmalarining oshlovchi xossalari 1 
    marta 1907 yilda aniqlangan. 1931 yilda birinchi marta ishlab 


    152 
    chiqarish miqyosida sirkoniy oshlovchi sul’fat birikmalari 
    qo‘llanilgan. Keyingi 35 yil davomida sirkoniy (IV) valentli tuzlari 
    oshlash uchun foydalanib kelinmoqda. Jadal oshlash harakati 
    bo‘yicha asosli sirkoniy sul’fat birikmalari Cr, Al ga yaqin. 
    Tabiatda sirkoniy kimyoviy birikmalari ko‘p tarqalgan, uning 
    oksidlanish darajasi 2, 3, 4. Birikmalarni barqarorligi oksidlanish 
    darajasini oshishi bilan oshaveradi. 
    To‘rt valentli sirkoniy kompleks hosil qiluvchidir. Uning bug‘ 
    holatidagi birikmalarining koordinatsion soni 4,5 va 6 ga teng, 
    suyuq holatida uning koordinatsion soni 7 va 8 ga teng. 
    Sirkoniy birikmalarining gidrolizi 
    Suvli eritmalarda sirkoniy anionli va kationli kompleks ionlar 
    hosil qiladi. Sirkoniy birikmalari suvli eritmalarda juda tez 
    gidrolizlanadi. Gidrolizning borishi haroratga, pH muhitga va 
    eritmani kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
    Sirkoniy birikmalarini suvli eritmalaridagi gidrolizi quyidagi 
    sxemada ko‘rinadi: 
    [Zr(Н
    2
    О)
    m

    n+
     nX
    -

     [Zr(Н
    2
    О)
    m-1
    (OH)] 
    (n-1)+
    (n-1) Х +НХ 
     
     [Zr(Н
    2
    О)
    m-2
    (OH)
    2

    (n-2)+
    (n-2)Х
    -
     + 2НХ 

     …….[Zr (ОН)
    m-n

    [m-n]-
     (m-n)0Н
    +
     + nНХ. 
    bu erda: n – bosh oksidlanish darajasi; m – koordinatsion son; x– 
    oksidlanish darajasi 1 ga teng bo‘lgan kislota qoldig‘i. 
    Bir 
    necha 
    mualliflar 
    ma’lumoti 
    bo‘yicha 
    sirkoniy 
    birikmalarining tarkibi eritmaning pH muhitiga bog‘liq. 
    Kuchli kislotali muhitda eritmada faqat manfiy zaryadlangan 
    kompleks ionlar hosil bo‘ladi.
    Sirkoniy oshlovchi birikmalarning bog‘lanishida eritmaning 
    pH muhitiga bog‘liqligini quyidagicha izohlash mumkin: 
    pH 
    Sirkoniy birikmasi tarkibi 

    0–1,0 
    1,0–1,5
    1,5–4,0
    4,0–12,0 
    Zr
    4+
    , Zr(OH)
    3+
    monomer 
    Zr
    4+
    , Zr(OH)
    3+
    , Zr(OH)
    2
    2+
    Zr(OH)
    3
    +
    , Zr(OH)
    4
    0
    Zr(OH)

    – monomer [Zr(OH)
    x
    4 -x
    ]
    p
    poliyadro 
    birikmalari
    [Zr(OH)
    4
    ]
    p
    – kolloid holatida 


    153 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish