• Sigir terisiga
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    Ho‘kiz terisi – toza so‘yilgan, vazni 17 kg dan yuqori bo‘lgan 
    axta qilingan ho‘kizlar terisi bo‘lib, vazniga qarab: yengil – 17 dan 
    25kg gacha, og‘ir – 25kg vaznli terilarga bo‘linadi. Ho‘kiz 
    terisining qalinligi dum atroflarida 3,5–5mm, qorin qismida 2–
    2,5mm bo‘ladi. Maydoni 300–570 dm
    2
    , uzunligi 1,75–2m, etakning 
    kengligi 25sm gacha bo‘ladi. 
    Ho‘kiz terilarining g‘uddali qatlam tuzilishi topografik qismlar 
    bo‘ylab bir xil qalinlikga ega. U dermaning 30 % ini tashkil qiladi, 
    oyoqlaridagi munosabat esa 40–50 va 50–60 % bo‘ladi.
    Hozirda ho‘kiz terilaridan, poyabzalning ustki qismi uchun 
    xrom, bulg‘ori , taglik, patak, egar–jabduq, texnik charmlar va xom 
    terilar ishlab chiqarilmoqda.
    Buqa terisi – toza so‘yilgan, vazni 17kg dan yuqori bo‘lgan, 
    axta qilinmagan ho‘kiz terilari bo‘lib, vazniga qarab: 17kg dan 25kg 
    gacha yengil, 25kg dan yuqori bo‘lgan og‘ir terilarga bo‘linadi. 
    Ho‘kizlar terisining vazni 60kg va undan yuqori bo‘ladi. Maydoni – 


    48 
    550–600 dm
    2
    , dum atroflaridagi qalinligi 4,0–4,5 mm, yoqa terisida 
    4–6 mm va undan yuqori bo‘ladi.
    Buqa terilari periferiya qismlarining yoqa, bosh va etak 
    qismlari qalin bo‘lishi bilan ajralib turadi. Yosh hayvon terilari 
    tuzilishi ho‘kiz va sigir terilariga yaqin: qari hayvon terilari esa juda 
    farq qiladi. Ho‘kiz terilaridan taglik charmlar, xom terilar, texnik 
    charmlar olinsa, yengil vaznli terilaridan patak charmlari olinadi. 
    Sigir terisiga – toza so‘yilgan, vazni 13kg dan yuqori bo‘lgan 
    terilar kiradi va ular vazniga qarab: 13kg dan 17kg gacha yengil, 
    17kg dan 25kg gacha o‘rta, 25kg dan yuqori terilar og‘ir vaznli 
    terilarga bo‘linadi. Bu terilarga tuqqan hamda tug‘magan sigirlar 
    terisi kiradi. Maydoni 200 dan 450 dm
    2
    gacha, dum atroflarida 
    qalinligi yengil vaznlilar uchun 2,5–4 mm, o‘rta vaznlilar uchun 3–
    4,5 mm va og‘ir vaznlilarniki 3,5–5 mm bo‘ladi. 
    Sigir terilari asosan ho‘kiz terilaridan farq qilmaydi. Kollagen 
    tola bog‘lamlari qalinligi odatda sigir terilarida bir oz kichikroq. 
    Tug‘magan sigirning terilari novvos va ho‘kiz terilariga nisbatan 
    zichroq va qalinligi tekisroq, sifati yaxshiroq hisoblanadi. Tuqqan 
    sigir terilarining qalinligi notekis bo‘lib, yopqich qismi kichikroq 
    bo‘ladi. Sigir terilaridan taglik, patak, egar – jabduq, texnik 
    charmlar va xom terilar olinadi. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish