49
Kichik ot terilari. Bularga mo‘yna
ishlab chiqarishga
yaroqsiz hisoblangan, tug‘ilmagan va chala tug‘ilgan yalang‘och
terilar kiradi.
Terilarning maydoni 30–60 dm
2
, vazni 1–2kg bo‘lib,
attorlik
buyumlari uchun charm ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Toychoq terilariga – sut emadigan va o‘t yeyishga o‘tgan
toycha terilari kiradi, vazni 5kg gacha, maydoni 69–130 dm
2
gacha
bo‘ladi. Yalang‘och teriga qaraganda
toychoq terisi qalinroq
bo‘ladi. Toychoq terilari yaxshi rivojlangan, uncha o‘smagan
silliq
jun qoplamiga ega. Bu terilar mo‘yna ishlab chiqarishda
qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Mo‘yna
uchun jun qoplami
sifati to‘g‘ri kelmasa, qo‘lqop va poyabzalning ustki qismi uchun
xrom charmlari olishda qo‘llaniladi.
Toy terilari vazni 5 dan 10kg gacha bo‘lgan yosh ot terisidir,
maydoni 120–200 dm
2
oralig‘ida. Orqa teri qalinligi 2–2,5 mm, old
teri qalinligi 1,5–2 mm. Toy terilari poyabzalning ustki qismi uchun
xrom Charmlari olishda ishlatiladi.