• 3.3.4. Qo‘y terilari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    Katta ot terilari. Ot terilari – katta yoshdagi ot terilari bo‘lib, 
    vazni 10kg dan yuqori bo‘ladi. Vazni bo‘yicha: yengil 10–17 kg va 
    og‘ir 17kg dan yuqori terilarga bo‘linadi. Maydoni 400 dm
    2
    gacha, 
    old teri qalinligi 1,5–3 mm, orqa teri qalinligi 2–4 mm bo‘ladi. Xom 
    ashyo qabul qilishda old va orqa terilar alohida partiyalarga 
    ajratiladi. 
    Old terilar – vazniga qarab, yengil 12kg gacha, og‘ir 12kg 
    dan yuqori vaznli terilar hisoblanadi. Yengil old teri maydoni: 160–
    250 dm
    2
    , qalinlik orqa teri chegarasida 2,5–3,3 mm bo‘ladi. Og‘ir 
    old teri maydoni 170–300 dm
    2
    , qalinligi 3–4 mm bo‘ladi. Old 
    terilardan poyabzalning ustki qismi uchun xrom charmlar ishlab 
    chiqariladi.
    Orqa teri – bu terining orqa qismi bo‘lib, old qismidan 
    ajratilgan. Vazniga qarab yengil – 5kg gacha va og‘ir –5kg dan
    yuqori vazndagi terilarga bo‘linadi. Yengil orqa teri maydoni 60–90 
    dm
    2
    , shpigel markaziy qismi qalinligi 3–3,5 mm. Og‘ir orqa 
    terilarga maydoni 90 dm
    2
    dan yuqori, shpigel markaziy qism 
    qalinligi 3,5mm dan yuqori bo‘lgan terilar kiradi. Bu terilar taglik 
    va patak charmlari ishlab chiqarishda ishlatiladi.


    50 
    3.3.4. Qo‘y terilari 
    Qo‘ylarning bir necha o‘nlab zotlari mavjud bo‘lib, ular 4 
    guruhga: kalta dumli, oriq dumli, yog‘li dumli va dumbaliga 
    bo‘linadi. Jun qoplamaning tuzilishiga qarab: junli, yarim junli
    yarim dag‘al junli, dag‘al junlilarga bo‘linadi. Charm ishlab 
    chiqarishda jun qoplamining sifati, mo‘yna va qo‘y po‘stin ishlab 
    chiqarish talabiga javob bermaydigan terilar ishlatiladi. Qo‘y terilari 
    zoti, yoshi va yig‘ib olish mavsumiga qarab bir-biridan juda farq 
    qiladi. Qo‘y terilarning epidermasi yupqa bo‘lib, teri qalinligining 
    1,8–2,5 %ni tashkil qiladi. Charm naqshi mayin, tekis yoyilgan 
    g‘ovaklardan iborat bo‘lib, juda silliq sirtga egadir. Dermasining 
    g‘uddali va to‘rli qatlami aniq chegaraga ega hamda g‘uddali qatlam 
    qalinligi to‘rli qatlamnikidan katta. Dag‘al junli qo‘ylarning sochlari 
    dermaga chuqur joylashgan bo‘lsa, dermaning g‘uddali qatlami 70–
    80 %ni, junli qo‘ylarda esa 50% ni tashkil qiladi. G‘uddali qatlamda 
    yumshoq sochli xaltalari ko‘p bo‘lib, yog‘ va ter bezlari hamda soch 
    ko‘tarib turadigan muskullari bor.
    Qo‘y terilarning to‘rli qatlamining kollagen bog‘lamlari 
    yupqa, boshqa hayvon terilariga qaraganda zichligi pastroq
    gorizontal holda chirmashgan bo‘ladi. Yog‘ miqdori anchagina 
    bo‘lib, asosan g‘uddali va turli qatlam chegarasiga joylashgan. 
    Charm 
    ishlab 
    chiqarishda, 
    yog‘sizlantirishda, 
    qatlamlararo 
    bog‘lanish 
    mustahkamligi 
    ancha 
    susayadi. 
    Yuqoridagi 
    mikrostruktura xossalari qo‘ydan olingan charm mustahkamligi 
    pastligini, kuchli cho‘ziluvchanlikka moyil bo‘lib qolishini
    yumshoq bo‘lgani uchun suv o‘tkazuvchanligi katta bo‘lishini 
    ko‘rsatadi. 
    Davlat standartiga asosan qo‘y terilari kichik charm xom 
    ashyosi hisoblanib, ikki guruhga: rus va cho‘l qo‘ylariga bo‘linadi. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish