51
ashyodir. Rus qo‘y terilaridan poyabzalning ustki qismi uchun xrom
charmlari (poyabzal shevreti), kiyimlar (kiyim shevreti), shimlar
(shim shevreti), filtr charmlar va boshqa charmlar ishlab chiqarish
uchun ishlatiladi.
Cho‘l qo‘yi. Bular dag‘al junli, dumbali,
voyaga etgan
qorako‘l va kavkazorti hamda kavkaz qo‘y terilaridir. Ularning jun
qoplami ko‘pincha sariqroq va ochiq jigarrangda bo‘lib, maydoni
katta bo‘ladi. Cho‘l qo‘ylari, rus qo‘ylaridan
kattaroq, ular
terilarining maydoni 70–85dm
2
. Cho‘l qo‘ylarining dumbasi
atrofidagi terilari juda yog‘li bo‘lganligi sababli, undan ishlab
chiqilgan charmlar o‘zining
yumshoqligi, cho‘ziluvchanligi,
ba’zida, yog‘li kir dog‘lar bilan qoplanganligi bilan ajralib turadi.
Cho‘l qo‘y terilari shevret va qo‘y po‘stin ishlab chiqarish uchun
ishlatiladi. Sifati past qo‘y terilaridan astar charmlari, qo‘lqop va
attorlik buyumlari uchun charmlar ishlab chiqariladi.
3.3.5. Echki terilari
Echki terilari, ayniqsa, yosh hayvon terilari yaxshi charm xom
ashyosi hisoblanadi. Ulardan ayollar va erkaklar poyabzalining ustki
qismi uchun yuqori sifatli charmlar, shevro ishlab chiqariladi. echki
zotlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi:
tekislik, cho‘l va tog‘
echkilariga bo‘linadi. Xo‘jalik maqsadlariga qarab: sutli, sut-
go‘shtli, tivit-go‘shtli va junli zotli echkilarga bo‘linadi.
Echki terilarining epidermisi teri qalinligining 2,3 %ini tashkil
qiladi. Soch xaltasining chuqur joylashganligi sababli, g‘uddali
qatlam ba’zan to‘rli qatlamdan qalinroq bo‘ladi. echki dermasi qalin
va juda mustahkam tola bog‘lamlaridan tuzilgan bo‘lib, ular
to‘kilgan yuza sirtiga asosan parallel holatda joylashgan. Bu esa o‘z
navbatida, oshlangan charmga yumshoqlik xususiyatini beradi.
echki terisining turli qatlamidagi yog‘lar qo‘ynikidan kam, shu
sababli echkidan olingan charm yuzasi qattiq va mustahkam bo‘ladi.
Qo‘y terisi sifatiga, zoti,
voyaga etganligi, so‘yish vaqti ta’sir
ko‘rsatganidek, echki teri sifatiga ham bu omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Echki terilari quyuq tuz eritmasida va quritish usuli bilan
konservalanadi.
52
Davlat standartlariga binoan, echki terilari kichkina xom ashyo
hisoblanadi. Vazni hisobga olinmagan holda ularni uch guruhga:
daromadli, cho‘l va yovvoyi echki terilariga bo‘linadi.
Daromadli echki terilariga sut zotli echki terilari kiradi.
Ularning juni cho‘l echkilaridan qisqa hamda kam va dermasi qalin
bo‘ladi. Daromadli echki terilaridan poyabzalning ustki qismi uchun
xrom, shevro, echki charmlari ishlab chiqariladi.
Cho‘l echkisiga junli, junli-tivit zotli echki terilari kiradi. Bu
terilar qalin, qora, bir turli juni bilan daromadli echki terilaridan farq
qiladi.