• Reagentlar kontsentratsiyasi
  • Jarayon davomiyligi
  • Ishlov beradigan suyuqlikning yoshi
  • TAYYORLOV JARAYONLAR
  • partiyasining massasi jihozlarning sig‘imini hisobga olib, partiyalar




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI


    partiyasining massasi jihozlarning sig‘imini hisobga olib, partiyalar 
    butunlab olinadi yoki ular qayta g‘aramlanadi.
    Poyabzalning ostki va ustki qismi uchun charm ishlab 
    chiqarishda ivitish-kullash sexi uchun ishlab chiqarish partiyasi toza 
    so‘yilgan teri massasiga qarab, oshlash sexi uchun teri 
    to‘qimasining massasiga qarab terilar g‘aramlanadi. Pardozlash sexi 
    uchun tagcharmlar siqilgan charm massasiga, xrom charmlari 
    qirtishlangan charm massasiga qarab g‘aramlanadi. 
    1.Partiyalab 
    suyuqlikda 
    ishlov 
    berishda 
    suyuqlik 
    koeffitsientini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Suyuqlik 
    koeffitsienti qancha katta bo‘lsa, jarayon bir maromda boradi va 
    sifat shuncha yaxshi bo‘ladi. Lekin bunda, iqtisodiy samaradorlikka 
    erishilmaydi. Chunki suyuqlik qancha ko‘p bo‘lsa, kimyoviy 
    reagentlar sarfi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Shunga asosan suyuqlik 
    koeffitsientini to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi. Iqtisod jihatdan 
    suyuqlik koeffitsientini kam ishlatish maqsadga muvofiq.
    Charm ishlab chiqarishda S.K. ni kam olish mumkin, lekin 
    mo‘yna ishlab chiqarishda bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Sababi, 
    mo‘yna junlari bir-biri bilan ishqalanib kigizsimon holatga kelib 
    qolishi mumkin. Shuning uchun mo‘yna ishlab chiqarishda suyuqlik 
    koeffitsientini kattaroq olishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari
    suyuqlik koeffitsienti ishlov beradigan apparatlarga bog‘liq. 
    Apparatlarda xom ashyoga bir maromda ishlov berish uchun, ya’ni 
    aylantirishni osonlashtirish uchun suyuqlik koeffitsienti katta 
    olinadi. Barabanlarga nisbatan barkaslarga ishlov berishni olib 
    borishda S.K. katta olinadi. Professor Kotov tomonidan shu narsa 
    aniqlanganki, agar apparat va jihozlarda V
    xom ashyo
    +V
    suyuq
    >0,5V
    appar 
    hajm
    katta bo‘lsa, aralashtirish osonroq bo‘ladi va yarimmahsulot 
    sifati yaxshiroq bo‘ladi. 
    2. Agar harorat yuqori bo‘lsa, jarayon tezroq boradi, oqsillar 
    tezroq parchalanadi, teri to‘qimalari po‘kak holatga aylanadi. 


    56 
    Haddan tashqari harorat oshirilganda, tayyor mahsulot sifatiga ta’sir 
    ko‘rsatadi. Bunda egiluvchanlik pasayadi. 
    3. Reagentlar kontsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, jarayon tezroq 
    boradi. Diffuziyalanish tez boradi, lekin haddan tashqari 
    kontsentratsiyani oshirish reagentlar zarralarini kattalashtiradi va 
    diffuziya sekinlashadi. Reagentlar ko‘proq teri yuzasida qolib 
    ketadi, natijada terini yuvganda teri yuzasi qisqarib, uning yuzida 
    burmalar hosil bo‘ladi. Keyingi ishlov berishda teri yuzasida 
    yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ishlov berish 
    reagentlari kontsentratsiyasini katta olish yaramaydi. 
    4. Jarayon davomiyligi mexanik ta’sir va reagentlar 
    kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, ishlov berish 
    haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi. Kontsentratsiya va harorat yuqori 
    bo‘lsa, jarayon tez boradi va ishlov berish muddati qisqaradi.
    5. Ishlov beradigan suyuqlikning yoshi deganda, jarayon 
    uchun ishlatilgan suyuqlikning necha marta takror ishlatilganini 
    tushunamiz. Charm ishlab chiqarishda ivitish-kullash jarayonlari 
    suyuqligini 5–10 martagacha ishlatish, oshlash jarayonlari 
    suyuqligini 5 martagacha ishlatish mumkin. Ishlatilgan suyuqlik 
    qancha ko‘p ishlatilsa, suv sarfi shuncha kamayadi. Lekin suyuqlik 
    tarkibida qo‘shimcha moddalar ko‘payib borishi kimyoviy 
    reagentlarni diffuziyasini pasaytiradi. 


    57 
    V bob. TAYYORLOV JARAYONLAR 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    partiyasining massasi jihozlarning sig‘imini hisobga olib, partiyalar

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish