64
Sul’fen kislotalar qoldig‘i oqsilning
aminoguruhlari bilan
reaksiyaga kirishib ancha mustahkam bog‘lanish hosil qilishi
mumkin.
Shu sababli, soch bilan derma orasidagi bog‘lanishni
susaytirish uchun yangi mustahkam bog‘lanishlar hosil bo‘lishini
oldini olishda, gidrolizda disul’fid bog‘lanishini hosil qiladigan
moddalarning aktiv guruhlarini blokirovka qilish zarur bo‘ladi.
Sul’fen kislota qoldiqlari bilan natriy sul’fid
aktiv reaksiyaga
kirishadi.
R – CH
2
– SOH + Na
2
S
R – CH
2
– SNa + boshqa oltingugurtli
birikmalar.
Aminlar ham sul’fen kislota qoldig‘ini blokirovka qilish
qobiliyatiga ega.
R – CH
2
– SOH + CH
3
– NH
2
R – CH
2
– S - NH – CH
3
+ H
2
O.
Kullash
suyuqligiga
amino-birikmalarni
qo‘shsak,
junsizlantirish tezlashadi.
Shunday qilib, bundan xulosaga kelish mumkinki,
qaytaruvchilar
ishtirokida ohak, disul’fid bog‘lanishini uzilishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Kal’siy gidrooksidi epidermis va
derma oralig‘idagi zonalar chegarasida joylashgan mukoidlarni
eritadi.
Shunday
fikrlar borki, oldin natriy sul’fid oqsildagi disul’fid
bog‘lanishni tiklaydi, ya’ni sul’fogidril guruhlarni hosil qiladi.
Disul’fid bog‘lanishidan so‘ng oqsil ishqor ta’sirida parchalanadi.
Disul’fid bog‘lanishni ba’zi oksidlovchilar yordamida uzish
mumkin.
Oksidlovchilar
yordamida
junsizlantirish
muhim
ahamiyatga ega, chunki ularni qo‘llashda zaharli vodorod sul’fidi
hosil bo‘lmaydi va chiqindi suvlarga ular tushmaydi.
Charm xom
ashyosini oksidlovchilar bilan junsizlantirish usuli taklif qilingan
bo‘lib, bunda xlor oksidi soch keratinidagi disul’fid bog‘lanishini
uzilishi quyidagi sxema orqali tushuntiriladi:
4R – S – S – R + 10ClO
2
R – SO
3
H + 5Cl
2
kerateinsul’fokislota
Xlor (IV) oksidini ishchi eritma holida,
natriy xloritni
(NaClO
2
) nordonlash yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Natriy
xloritining yuqori kontsentratsiyasida reaksiya quyidagicha boradi:
65
5NaClO
2
+ 4HCl
4ClO
2
+ 5NaCl + 2H
2
O
rN =3:4 da va kontsentratsiya past bo‘lganda reaksiya
quyidagicha boradi:
4NaClO
2
+ 2HCl
2ClO
2
+ NaClO
3
+ NaCl + H
2
O
Kul
suvi
bilan
ishlov
berishda
aminli
birikmalar
junsizlantirishni tezlashtiradi.
Bundan tashqari, ohak suvi,
mukoidlar, suvda eriydigan oqsillar va epidermis bilan teri
to‘qimasi orasidagi oqsillarni
erishini tezlashtirib, sochsizlantirish
yoki junsizlantirishni ancha jadallashtiradi. Fermentativ usul bilan
junsizlantirishda
asosan mukoidlar, albuminlar, globulinlar va
epidermis teri to‘qimalari orasidagi oqsillarning erishiga asoslanish
natijasida, bu oqsillar bilan teri to‘qimasi orasidagi bog‘lanish
parchalanadi. Fermentlar ta’sirida ularning
aktivligini oshirganda,
soch xaltachadagi mukoidlarning erishi natijasida va siqib
chiqarilishi oqibatida jun ham ajralib chiqadi.