• Teng toplamlar.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universitetining Pedagogika Instituti




    Download 19,91 Kb.
    bet2/6
    Sana07.01.2024
    Hajmi19,91 Kb.
    #131627
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiya-fayllar.org

    To'plamlarning berilish usullari. To'plam asosan ikki usulda beriladi:
    1. Elementlarni bevosita keltirish yoki sanash yordamida beriladi. Agar a, b,c - A to'plamning turli ob'ektlar belgilari bo'lsa, A to'plam quyidagicha yoziladi: A={a,b,c} va quyidagicha o'qiladi "A to'plam a,b,c elementlardan iborat".


    Bu usul chekli to'plamlarda qo'llaniladi, lekin bu shart bilan birga elementlar soni to'plamda ko'p bo'lmasligi kerak.


    1. Elementlarning xarakteristik xossasiga qarab beriladi.


    Masalan, A natural sonlar to'plami 6 dan kichik. Bu to'plam ikkinchi usulda berilgan : hamma A to'plam elementlarining xarakteristik xossasi ko'rsatilgan, ya'ni natural son bo'lish va 6 sonidan kichik bo'lishi asosida.


    A to'plam elementlarini 1-usulda quyidagicha yozish mumkin:
    A={ 1,2,3,4,5 }
    To'plam elementining ayrim xarakteristik xossasi ko'rsatilgan bo'lsa ,uni quyidagicha ifodalaymiz: qavsda element belgisi yoziladi, keyin vertikal chiziq o'tkaziladi, so'ng to'plam elementlarining xossasi yoziladi. Masalan: 6 dan kichik bo'lgan A natural sonlar to'plami quyidagicha yoziladi: A={x / x £ N, x<6} bu erda N- natural sonlar to'plami. To'plam cheksiz bo'lganda ikkinchi usuldan foydalaniladi, Masalan : markazi 0 nuqtada r radiusli aylanada yotuvchi M nuqtalarning A to'plami quyidagicha yozish mumkin:
    A={M / | OM| =r}
    Teng to'plamlar. Ta'rif : Agar ikki to'plam bir xil elementlardan iborat bo'lsa, bunday to'plamlarga teng to'plamlar deyiladi. Masalan: A={3,5,7,9} va B={7,3,9,5} to'plamlar bir xil elementlardan iborat, shuning uchun ular teng to'plamlardir .
    Teng to'plamlar tushunchasi bilan quyidagi hol bog'langan: bitta to'plamning o'zi turli xarakterli xossalari orqali berilishi mumkin. Masalan : A={1,2,3,4,5} to'plamni x<6 tengsizlikning echimi bo'ladigan natural sonlar to'plami ko'rinishida , 1 va 5 sonlari orasida yotuvchi barcha butun sonlar ko'rinishida ham berilishi mumkin.
    Misollar: 1) A={1,2,3,4}
    B={ VT,V4,V9,VT6 }
    A va B to'plamlar teng, ya'ni A=B
    2) C={0,1,2,3,4,5,6,7,8,9},
    D - bir xonali sonlar to'plami, C=D
    To'plamlarning tengligi quyidagi uch xossani qanoatlantiradi :
    1. Har qanday A uchun , A=A o'rinlidir ( refleksivlik)


    2. Ixtiyoriy ikkita A va B to'plamlar uchun , agar A=B bo'lsa , u holda B=A (simmetriklik )


    3. Ixtiyoriy uchta A,B,C to'plamlar uchun , agar A=B va B=C bo'lsa , u holda A=C bo'ladi (tranzitivlik ).





    Download 19,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 19,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universitetining Pedagogika Instituti

    Download 19,91 Kb.