|
II. Veb-xosting xizmatlari afzalliklari va kamchiliklari
|
bet | 8/20 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #139314 |
Bog'liq Kurs ishi namuna (2)II. Veb-xosting xizmatlari afzalliklari va kamchiliklari.
2.1. Hosting haqida asosiy tushuncha.
Hosting – saytingizning asosini tashkil etuvchi fayllaringiz saqlanadigan joy. Hosting katta hotiraga ega bo’lgan, kuchli serverlarda tashkil etiladi. Hosting xizmatini taklif etuvchi kompaniyalar o’z serverlarida millionlab saytlarning fayllarini saqlaydi va ularga xizmat ko’rsatadi.
Hosting faqat sayt fayllarini saqlash bilan cheklanib qolmaydi, balki ularning turli amaliyotlar bajarishi uchun zarur bo’lgan muhitni yaratadi, bu muhitning doimiy xatosiz ishlashini nazorat qiladi.
Hosting xizmati narxi saytingiz uchun ajratilayotgan joy, qulayliklar va xizmat sifati kabi bir necha asoslarda baholanadi.
Hosting (ingl. "web-hosting") - Internet hosting xizmatining bir turi bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarga o'zlarining web-sahifalarini internetga uzluksiz ulangan web-serverlarga joylashtirish xizmatini nazarda tutadi.
Saytni Internetga joylashtirish uchun birinchi navbatda unga joy kerak. Veb-sahifalarni Internet provayderi serverida joylashtirish va qo'llab-quvvatlash hosting deb ataladi. Joy beruvchi kompaniya esa hoster deyiladi. Albatta "tekinga mushuk oftobga chiqmasligi" aniq, lekin bepul xizmat ko'rsatuvchi hosterlar ham ko'plab topiladi (ular chet davlat saytlari). Ammo ular pullik hosterlarchalik xizmat ko'rsata olmaydi. Xosting hisoblash quvvatlaridan foydalangan xolda ma’lumotni internet tarmog‘ida ishlaydigan serverda joylashtirish xizmati xisoblanadi. Xosting deb yana mijozning qurilmalarini provayderning xududida joylashtirilgan va ularga yuqori o`tkazuvchanlikni ta’minlovchi aloqa kanallari bilan (odatda Internet) ta’minlashga aytiladi. Odatda xosting saytlarga xizmat ko‘rsatish paketida kiritilgan bo‘lib, sayt fayllarini serverda joylashtirish va bu fayllarga so‘rovlar bilan qayta ishlash imkoniyatini beradi (veb server). Xostingni tanlashni asosiy tamoyillaridan biri bu saytni ishlashini ta’minlab beruvchi ximatlariga bog‘liq bo‘lgan operasion tizimdan iborat.
Har qanday sayt qaysidir serverda joylashgan bo‘ladi. Sayt va unga bog‘liq fayllar (rasm, video, boshqa yuklab olinadigan fayllar) uchun ma’lum hajmda joy olish kerak. Masalan, 100 MB dan bir necha GB gacha bo‘lishi ham mumkin. Sizni saytingiz uchun joy ajratib beruvchi xizmat turiga “hosting” deb ataladi. Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo‘ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan olish ham mumkin, yoki ularni boshqa-boshqa kompaniyalardan ham olish mumkin.
Saytlar uchun hosting beruvchi kompaniyalarda katta hajmdagi maxsus serverlar mavjud. Ular tinimsiz ishlab turish orqali saytlarning ishlashini ta’minlaydi. Hosting beruvchi kompaniyalar bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq saytlarni o‘zida saqlagan bo‘lishi mumkin.
Siz internetga ulanib biror saytni ochish uchun kerakli manzilni terganingizda, dastlab, DNS (Domain Name Server) bilan bog‘lanasiz. Keyin esa, DNS server tomonidan domen (sayt nomi) haqida malumot tekshiriladi. Masalan www.qalam.uz nomli manzilni ochganingizda, dastlab DNS server orqali qalam.uz nomi haqiqatdan mavjudligi va qaysi hostingda joylashgani haqida ma’lumot olinadi, keyin ana shu hosting bilan bog‘lanadi va saytga oid fayllar sizga ko‘rsatiladi. Albatta, bular barchasi avtomatik tarzda bir necha soniyada amalga oshadi.
|
| |