|
Rezina aralashmasini tayyorlash texnologiyasiBog'liq 13212 2 4EF7F487B1FF681675052B042B6A5784832A4482 (1)5.3. Rezina aralashmasini tayyorlash texnologiyasi
Rezina har xil ingridientlarning murakkab aralashmasidir.
Bularning har biri rezina xossalarini yaratishda o’zining ma’lum
vazifasini bajaradi. Rezinaning asosi-bu kauchuk. Bunga har xil
qo’shimchalar qo’shiladi: vulkanizatsiya qiluvchi moddalar,
tezlatgichlar-katalizatorlar, to’ldirgichlar, plastifikatorlar, eskirishni
kamaytiruvchilar, bo’yoqlar va h.k. Vulkanizatsiya qiluvchilar:
oltingugurt; magniy oksidi; peroksidlar, nitrobirlashmalar. Bular
makromolekulalar orasida ko’ndalang bog’lanish hosil qilishda
to’g’ridan-to’g’ri qatnashadilar. Bularning hajmi 5-7 % ni tashkil
qiladi. Qattiq rezinada, masalan, ebonitda 30 % gacha tezlatgichlar
(tiuram, kantaks, qo’rg’oshin oksidi) vulkanizatsiya jarayonini
tezlatadi.
To’ldirgichlar kauchukka ta’siriga qarab: a) aktiv; b) loqayd
(inert) bo’ladi. Aktiv to’ldirgichlar (chirk-saja, kremniy oksidi)
rezinaning qattiqligini va mustahkamligini oshiradi va yeyilishga
qarshiligini oshiradi. Loqayd to’ldirgichlar (talk, bo’r va x.k) rezinani
arzonlashtirish uchun qo’shiladi.
Plastifikatorlar: texnikaviy vazelin; parafin; stsarinli kislota;
mineral va o’simlik moylari va h.k. Bular 8-30 % hajmni egallaydi,
ishlashni yengillashtiradi, elastiklikni oshiradi va sovuqka chidamlikni
oshiradi. Eskirishni kamaytiruvchilar: aldol, meozon, parafin, vosk va
h.k. Bular eskirishni kamaytiradi, kislorodni birikishiga qarshilik
ko’rsatadi. Kislorod kauchukdagi ikki bog’lanishli joylariga birikadi.
Natijada
kauchuk
makromolekulalari
o’ziladi,
qisqaradi,
egiluvchanligi, elastikligi kamayadi. Mo’rtlashadi va rezina yuzasida
darzdlar setkasi paydo bo’ladi. Eskirishni kamaytiruvchilar: a)
kimyoviy va b) jismoniy ta’sir qiluvchilarga bo’linadi. Kimyoviy
ta’sir qiluvchilar (aldol, neozon) rezinaga va kauchuk perekisiga kirib
olgan (diffuziyalangan) kislorod bilan birlashib, uni oksidlanishini
to’xtatadi. Jismoniy ta’sir qiluvchilar (parafin, vosk) yuzada plyonka
hosil qilib, kislorod diffuziyasini qiyinlashtiradi.
|
| |