Nazorat va muhokama uchun savollar




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   197
Bog'liq
Дарслик

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Raqamli iqtisodiyotda biznesni boshqarish deganda nimani 
tushunasiz? 
2. Elektron biznesning xalq farovonligini oshirishdagi strategik roli 
nimadan iborat? 
3. Internet tarmog‘ida biznesni tashkil etishning o‘ziga xos 
hususiyati nimadan iborat? 
4. Elektron biznesning afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat? 
5. Turizm 
sohasida 
raqamli 
texnologiyalardan 
foydalanish 
yo‘nalishlari nimalardan iborat? 
6. Turizm sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning sohani 
rivojlantirishga ta’sirini izohlab bering? 
7. Transport sohasida elektron tijoratdan foydalanish yo‘llari va 
uning istiqbollari nimadan iborat? 
 


287 
XI BOB. RAQAMLI ELEKTRON BIZNES TASHKIL QILINISHI 
VA BOSHQARILISHI 
O‘quv maqsadi: elektron biznes jarayonlarini samarali tashkil etish 
yuzasidan samarali qarorlar qabul qilishni o‘rgatishdan iborat. 
Tayanch iboralar: elektron biznes, elektron biznes modellari, 
elektron tijorat, elektron savdo, internet, internet savdo. 
 
11.1. Raqamli elektron biznesni qilish bo‘yicha misollar 
Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo‘yicha quyidagi bir qancha 
misollar keltirish mumkin: ebay, Amazon, Google, Facebook, Yahoo!, 
Yandex, Alibaba, You Tube, VKontakte, Skype va yana boshqa loyi-
halar. Elektron biznes tashkil qilishni maqsad qilgan ekansiz, avvalo
ushbu kompaniyalar orasida qanday umumiylik borligini bilib olishin-
giz kerak bo‘ladi. Elektron biznes tashkil qilishning muvaffaqiyati -
eng birimchi qadam qanday bo‘lgani bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Eng
avvalo, shuni ta’kidlashimiz zarurki, bunday kompaniyalarni tashkil
qilganlar matematika, fizika va dasturlash fanlari bo‘yicha yuqori
malakali mutaxassislar bo‘lganlar va o‘zlariga shunchalik ishongan-
larki, ish jarayonida ro‘y bergan qiyinchiliklar va bir qancha muvaffa-
qiyatsizliklar ham ularni bu ishdan chalg‘ita olmagan.
Hozirgi davrda ularning nomlari You Tube (Stiv Chen, Ched Xerli 
va Djaved Karim), Alibaba Group (Djek Maa), Google (Larri Pedj va 
Sergey Brin), Yahoo! (Djerri Yang va Devid Filo), Facebook (Mark
Sukerberg), Amazon (DJerri Yang), Whats App (Brayan ekton va Yan 
Koum), Yandex (Arkadiy Voloj va Ilya Segalovich), VKontakte (Pavel
Durov) barchaga ma’lim va mashxurdir. Biznesning keyinchalik rivoj-
lanishi unga Margaret Uitman (Amazon), Djon Donaxyu (yebay) va 
erik Shmidth (Google) kabi bir qancha tadbirkor va boshqaruvchi-
larning jalb qilinishiga olib kelgan. Ba’zi paytlarda qandayidr masala
va muammolarni hal qilish uchun ishlatilgan bir g‘oya yoki yechim
ham katta biznesning boshlanish nuqtasi bo‘lib qolishi mumkin. Bunga 
misolsifatida YouTube ni keltirishimiz mumkin. Uning asoschilari
katta hajmli videorolikni o‘z tanishlariga uzatishda muammolarga duch 


288 
kelib qolganlar va bu muammoni hal qilish uchun dastur, interfeys va
dizayn tashkil qilganlar.
Bunday ishlar video ishqobozlari uchun juda ham kerakli 
ekanligini bilib qolganlaridan so‘ng esa, g‘oyalarining tadbiqi sifatida 
YouTube ijtimoiy tarmog‘ini yaratganlar va natijada biznesda katta 
muvaffaqiyatlarga erishganlar. Bunday ko‘pchilik kompaniyalarning bir 
necha bozor segmentlarida bo‘lishi ularning xususiyatlaridan biridir. 
Masalan, oldin eBay kompaniyasi bozorning C2C segmentida ishlab
turib, keyinchalik B2C segmentiga o‘tib ketgan va bu bilan o‘z 
raqobatbardoshliligini ancha oshirishga erishgan. Ko‘pchilik kompa-
niyalar bozorga chiqishda foydalanuvchlarni jalb etish maqsadida
ma’lum vaqt davomida o‘z servislarni tekinga ishlatish imkoniyatini
taklif etadilar. Masalan, eBay kompaniyasi (1997 yilgacha uning nomi 
AuctionWeb bo‘lgan) o‘z faoliyatining boshlang‘ich davrida tekinga
ishlab berib, AQSH dagi eng ommabop elektron kim oshdi savdo
tizimiga aylangan. Keyinchalik eBay sotuvchi lotining 6%i darajasidagi 
komission to‘lov miqdorini kiritgan. Boshqalar uchun esa eBay da
ishtirok etish tekinligicha qolgan. Hozirgi paytda esa sotuvchi uchun
mahsulotni eBay da joylashtirishning uch xil imkoniyati mavjud: kim
oshdi savdosi qoidalariga muvofiq, ko‘rsatilgan baho asosida va rek-
lama ma’lumoti sifatida. Raqamli biznes tashkil qilish uchun pullarni 
qayerdan olish kerak? - degan muammoni ham to‘g‘ri hal qilish kerak 
bo‘ladi. Pul topgandan so‘ng esa biznesni to‘g‘ri boshqarish muammosi 
ko‘ngalang bo‘lib turadi. Boshqarish uchun kadrlarni esa qayerdan
topish mumkin? – bu kabi savollarga quyida javob topishga harakat qilib 
ko‘ramiz. Hozirgi paytda Startup degan atama juda ham mashxur bo‘lib 
ketdi. Bu atamaning bir qancha aniqlanuvlari bo‘lib, ulardan biri
startapni katta noaniqliklar sharoitida tezkorlik bilan rivojlana oladigan
tashqi sharoitlarga moslasha oladigan (ya’ni masshtablashtirila oladigan) 
biznes-model topish jarayoni deb tushuntiradi. Tushunrli va aniq
biznes model topilib, tashkil etilib va natijalar olinganidan so‘ng, uni
endi biznes deb nomlanadi. Startapning rivojlanishi uch bosqichga
bo‘linadi: startap haqidagi gipotezaning paydo bo‘lishi, startapni testlash-
tirish jarayoni va startapni ishga tushirish jarayoni. Gipoteza deb nom-


289 
langan birinchi bosqichda ushbu startap taklif etayotgan mahsulot yoki 
hizmatga talabning bor yoki yo‘qligi va talabning qanday miqdordaligi 
aniqlanadi. Testlashtirish bosqichi esa uning hayotiyligini va uning 
vositasida biznes tashkil qilish mumkinligini aniqlashni o‘z ichiga oladi
(ya’ni, mijozlarni jalb qilish uchun ketadigan harajatlar startap tufayli 
keladigan daromaddan ancha kam bo‘lishi lozim). Startapni ishga
tushirish jarayoni bosqichi esa mijozlarni ko‘paytirish, biznes
jarayonarni optimallashtirish va investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlarini 
topishni o‘z ichga qamrab oladi.
Bunda tadbirkor oldida turgan asosiy vazifa, hayotiy biznes-model 
topish bo‘ladi. Huddi shu uchunchi bosqichda biznesda ishlaydigan-
larning mansab instruksiylari paydo bo‘ladi, ishning taqsimlanishi
amalga oshadi va biznes jarayonlar esa ancha tushunarli bo‘lib qoladi.
Endi biznesga muvaffaqiyatni ta’minlab beradigan shartlarni va 
innovatsion kompaniyaning hayotiy siklini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
Har qanday kompaniyaning hayotiy sikli quyidagi bosqichlardan iborat:
 Biznesning yaratilishi va ishga tushurilishi bosqichi – bunda
qanday mahsulot ishlab chiqarilishi hal qilinadi, bozorning tahlili
amalga oshiriladi, biznes qanday tashkil qilinishi masalasi hal qilinadi, 
kompaniyaning nomi qanday bo‘lishi va shunda o‘xshash bir qancha
masalalar hal qilinadi;
 Kompaniyaning o‘sish bosqichi – bunda kompaniya bozorga
chiqishni boshlaydi va uning faoliyati to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lu-
motlar olinadi;
 Biznesning voyaga yetishi bosqichi – bunda kompaniya o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha boshlaydi, umimg mahsuloti bo-
zorda kerakli bo‘lib qoladi va kompaniya bozorda o‘ziga mos bo‘lgan 
joyni egallab oladi;
 Kompaniya biznesining stabillik bosqichi – kompaniya o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadlariga osonlik bilan erisha boshlaydi, doimiy haridorlar
yoki foydalanuvchilar guruhiga ega bo‘ladi, boshqaruv esa katta dara-
jadagi markazlashmaganlik bilan xarakterlanadi.


290 
Ammo agarda kompaniya o‘z mahsuloti yoki hizmatini mukamal-
lashtirish va biznesni ilgari surish bo‘yicha hech qanday ishlar qilmasa, 
u keyingi, pasayish va biznesni yo‘qotish boqichiga o‘tib qolishi ham 
mumkin bo‘ladi.

Download 7.29 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish