• Qiymatlar ko‘chishining amalga oshirilishi.
  •  Blokcheyn texnologiyalari va moliyaviy xizmatlar




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/197
    Sana21.10.2022
    Hajmi7.29 Mb.
    #27653
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   197
    Bog'liq
    Дарслик

     
    3.3. Blokcheyn texnologiyalari va moliyaviy xizmatlar 
    transformatsiyasi 
    Raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini qo‘llash oqibatida iqtisodiyot-
    da roy berishi mumkin bo‘lganeng muhim o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi-
    gan bir qancha asosiy funksiyalarni quyida ko‘rib chiqamiz. Ulardan birin-
    chisi –nimanidir aynan shu bo‘lishligi va biror narsaning qiymatini 
    tasdiqlash funktsiyasi deyishimiz mumkin. Hozirgi paytda bizishonch 
    asosidagi munosabatlar o‘rnatish va moliyaviy tranzaksiyada ikkinchi 
    tomonning aynan shuligini tasdiqlashda qandayidr vositachilarga tayana-
    miz. Bu vositachilarbank hisobraqamlari va zayomlar kabi asosiy 
    moliyaviy hizmatlarga ulanishda hakamlar rolini o‘ynaydi. Blokcheyn 
    ma’lum bir tranzaksiyalarga kerakli bo‘lgan ishonch zaruratini pasaytiradi 
    va bazida hatto olib tashlaydi ham. Bu texnologiya shuningdek, 
    qatnashchilarga tasdiqlanadigan, to‘liq funksionalliva kriptografikhimoya 
    qilingan electron profillardan foydalanish va zarur bo‘lgan hollarda 
    ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatishga imkon beradi.
    Qiymatlar ko‘chishining amalga oshirilishi. Moliya tizimi har kuni 
    millionlab pul mablag‘larini butun dunyo bo‘ylab ko‘chiradi va hatto bir 
    dollar ham ikki marta sarflanmasligini ta’minlaydi.iTunes da bitta 
    qo‘shiqni 99 sentga xarid qilishdan tortib, kompaniya ichida fondlarni 
    berish, aktivlar sotib olish yoki kompaniyalar xarid qilishgacha bo‘lgan 
    milliardlab bitimlarnitekshirib turadi. Blokcheyn har qanday qiymatlar – 
    valyuta, aktsiyalar, veksellar, fyucherslar, obligatsiyalar, bondlar, mulkiy 


    74 
    huquqlarni – yirik va kichik miqdorda, uzoq va yaqin masofaga, ma’lum 
    va noma’lum tomonlarga ko‘chirish uchun umumiy standart bo‘lishga 
    qodir. Shunday qilib, blokcheyn qiymatlarni ko‘chirish uchun xuddi 
    tovarlarni ko‘chirish uchun kerak bo‘lgan standart yuk konteyneri joriy 
    qilish kabi ishlarni bajarishi mumkin. Bu esamaxsulot/xizmat bahosini 
    sezilarni ravishda pasaytirishi, operatsion tezlikni oshirishi, iqtisodiy 
    o‘sish va farovonlikka erishish yo‘lida hizmat qilishi mumkin.

    Download 7.29 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   197




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Blokcheyn texnologiyalari va moliyaviy xizmatlar

    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish