• Kreditlashning amalga oshirilishi
  • Qiymatlarni saqlashning amalga oshirilishi




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/197
    Sana21.10.2022
    Hajmi7.29 Mb.
    #27653
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   197
    Bog'liq
    Дарслик

    Qiymatlarni saqlashning amalga oshirilishi. Ko‘pchilik an’anaviy 
    moliyaviy institutlar xususiy shaxslar, tashkilotlar va davlatga tegishli 
    bo‘lgan qiymatlar saqlanadigan ombor vazifasini bajaradi. O‘rtacha 
    statistik fuqaro uchun bank moliyaviy aktivlarni bank yacheykasida, 
    jamg‘armada yoki joriy hisobraqamida saqlaydi. Likvidlik zarur bo‘lgan 
    va naqd ekvivalentga kichik foiz talab qilinadigan yirik tashkilot uchun esa 
    bular risksiz investitsiyalar, masalan, g‘aznachilik obligatsiyalari yoki 
    qisqa muddatli vositalar bozoriga investitsiyalar hisoblanadi. Blokcheyn 
    tizimi ishga tushgan taqdirda, xususiy shaxslar qiymatlarni saqlash, 
    jamg‘armani boshqarish yoki joriy hisobraqami hizmatlariniyuritish uchun 
    banklarga tayanishga majbur bo‘lmaydilar, tashkilotlarda esarisksiz 
    moliyaviy aktivlar xarid qilish va ularga egalik qilishning samraaliroq 
    mexanizmlari paydo bo‘ladi. 
    Kreditlashning amalga oshirilishi. Moliyaviy institutlar ipotekadan 
    tortib, qisqa muddatli veksellargacha kreditlar berishni amalga oshiradi. 
    Shu tufayli kredit kartalari, ipoteka kreditlari, korporativ, munitsipal 
    vadavlat obligatsiyalari, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni 
    bilan ishlash jarayonlari ancha soddalashtiradi. Kreditlash mexanizmi 
    kreditga layoqatlilikni tekshirish, kredit tarixini yuritish, kredit reytinglari 
    tayinlash uchun bir qator qo‘shimcha tarmoqlar yuzaga keltirdi. Xususiy 
    shaxslar uchun kredit tarixi muhim, tashkilotlar uchun esa –«investitsion 
    sinf»dan to «axlat»gacha bo‘lgan kredit reytinglari mavjud. Blokcheyn 
    tizimida esa istalgan shaxs an’anaviy qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan-
    to‘g‘ri chiqarishi, ayirboshlashi va tartibga solishi, shu tariqa, risk va 
    harajatlarni pasaytirishi hamda tezlik va shaffoflikni ancha oshirishi 
    mumkin. Bu xolda iste’molchilar bevosita boshqa iste’molchilardan qarz 
    olishi ham mumkin bo‘ladi. 


    75 
    Bu ayniqsa, bank hizmatlari bilan qamrab olinmaganlar va butun 
    dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadigan halqaro tadbirkorlar uchun juda muhim 
    amaldir.

    Download 7.29 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   197




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qiymatlarni saqlashning amalga oshirilishi

    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish