• Homiylik va investitsiyalarning amalga oshirilishi
  • Qiymatni sug‘urta qilish va risklarni boshqarishning amalga oshirilishi.
  • Qiymatlar almashinishining qanday o‘zgarishi




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/197
    Sana21.10.2022
    Hajmi7.29 Mb.
    #27653
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   197
    Bog'liq
    Дарслик

    Qiymatlar almashinishining qanday o‘zgarishi. Moliyaviy bozor-
    lar har kuni butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati trillionlab dollarni 
    tashkil qiladigan moddiy aktivlarni ayirboshlashga imkon beradi. Savdo bu 
    – investitsiyalash, birjada o‘ynash, xedjirlash va arbitraj, jumladan
    bitimdan keyingi kliring tsikli, tartibga solish va saqlash maqsadida 
    aktivlar va moliyaviy vositalar sotish va sotib olishdir. Blokcheyn tizimi 
    har qanday tranzaksiyalarni tartibga solish vaqtini hafta va kunlardan 
    daqiqa va soniyalargacha qisqartirishga imkon beradi. 
    Homiylik va investitsiyalarning amalga oshirilishi. Kompaniya 
    yoki yangi korxonaga investitsiya kiritish kapital qiymatining ortishi, 
    dividendlar olish, foizlar, renta va ularning xilma-xil kombinatsiyalari 
    ko‘rinishida daromad olish imkonini beradi. Raqamli tarmoq mexanizmi 
    investorlarni tadbirkorlar va kompaniyalar egalari bilan rivojlanishning 
    «farishta» bosqichidan tortib, IPOgacha va uning boshqa turli rivojlanish 
    bosqichlarida uchrashtirgan holda ko‘plab bozorlar vujudga keltiradi. 
    Mablag‘lar jalb qilish odatda vositachilarni, masalan, investitsion bank-
    larni, venchurli investorlarni va huquqshunoslarni talab qiladi. Blokcheyn 
    tizimi esa ularning yuqorida tavsif etilgan ko‘plab funksiyalarini 
    avtomatlashtiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pirringli moliyalashtirish uchun yangi 
    modellardan foydalanishga imkon beradi, shuningdek, dividendlar hisob-
    lash va tegishli kupon to‘lovlarini amalga oshirishni yanada samaraliroq, 
    shaffofroq va ishonchliroq qiladi. 
    Qiymatni sug‘urta qilish va risklarni boshqarishning amalga 
    oshirilishi. Risklarni boshqarish va uning xususiy holati bo‘lgan sug‘urta-
    lash xususiy shaxslar va kompaniyalarni ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlar va 
    haloqatlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Kengroq ma’noda 
    moliya bozorlarida risklarni boshqarish, ularni oldindan aytish yoki 
    nazorat qilish hamda qiyin bo‘lgan hodisalarni xedjirlash uchun bir talay 
    hosila, murakkab strukturalangan moliyaviy mahsulotlar va vositalar 
    yuzaga keltirgan. So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi davrda barcha 
    ommaviy ochiq bo‘lgan hosila qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati 


    76 
    600 trln dollarni tashkil qilar ekan. Blokcheyn tizimi sug‘urta qilishning 
    nomarkazlashgan modellarini qo‘llabquvvatlaydi, bu esa risklarni boshqa-
    rish hamda hosila qimmatli qog‘ozlardan foydalanish jarayonini yanada 
    shaffofroq qiladi. Insonning ijtimoiy va iqtisodiy kapitaliga, uning harakat-
    lari va boshqa nufuzga oid ko‘rsatkichlarga asoslangan blokcheyn tizimi-
    ning o‘zi sug‘urta qiluvchilarga aktuar riskni yaxshiroq tushunish va turli 
    jarayonlardan xabardor bo‘lgan holda qaror qabul qilishiga imkon 
    yaratadi. 

    Download 7.29 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   197




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qiymatlar almashinishining qanday o‘zgarishi

    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish