О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
Дарслик

foydalana oladi; 
 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “blokcheyn” texnologiyalarini jo-
riy etish; davlat xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish, kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish, eng istiqbolli va 
strategik muhim loyihalarni amalga oshirish kо‘nikmalariga ega bо‘ladi; 
 
raqamli transformasiyasining ijobiy hamda salbiy oqibatlari, ularga 
ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; raqamli iqtisodiyotning makro hamda 
mikro darajadagi kо‘rsatkichlarga ta’sirini baholash; raqamli transfor-
masiya samaradorligini baholash; axborot xavfsizligi muammolarini 
aniqlash; davlat xususiy sherikchilik asosida raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish uchun platformalar tashkil etish kо‘nikmalariga ega bо‘ladi.
Ushbu о‘quv darslik О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoq-
larida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar yо‘nalishlarining mazmun va 
mohiyatini hamda korxonalarda raqamli iqtisodiyotni qо‘llashda О‘zbe-
5
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli 
infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Qarori// «Xalq sо‘zi» 
gazetasi, 22 noyabr 2018 yil 



kiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlarga, 
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev asarlariga, Prezi-
dent farmon va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 
asoslanadi.
Darslik О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish Konsepsiyasi talablari va Oliy va о‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini 
Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan tasdiqlangan 2019 yil 10 
iyundagi 09-sonli bayonnomasi hamda 5232600-“Biznes informatika” va 
5330200-“Informatika va axborot texnologiyalari” (iqtisodiyot) ta’lim 
yо‘nalishlarining “Raqamli iqtisodiyot” fanining о‘quv dasturi asosida 
yozilgan bо‘lib, ushbu о‘quv qо‘llanmada о‘qitishning yangi ta’lim 
texnologiyasidan foydanilgan holda har bir mavzu bо‘yicha maqsadi, 
mazmuni, mohiyati va ahamiyati yoritilgan hamda mavzu bо‘yicha nazorat 
va muhokama uchun savollar, tayanch iboralar, glossariylar va 
foydalaniladigan adabiyotlar rо‘yxati keltirilgan.
“Raqamli iqtisodiyot” fanining о‘quv qо‘llanmasi asosan oliy о‘quv 
yurtlarining bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarining 5232600-“Biznes infor-
matika” va 5330200-“Informatika va axborot texnologiyalari” (iqtisodiyot) 
talabalari uchun mо‘ljallangan. Bundan tashqari, korxonalarda raqamli 
iqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullanuvchi professor-o‘qituvchilar, 
talabalar, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar, tadbirkorlar hamda boshqa 
iqtisodiyot tarmoqlari xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli iqtisodiyot 
bilan bog‘liq muammolar, masalalar va ularni tarmoq ishlab chiqarishiga 
joriy etish uchun imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi degan 
fikrdamiz. 
Mualliflar “Raqamli iqtisodiyot” fanining darsligi sifatida unga 
bildirilgan fikr, mulohazalar hamda takliflarni minnatdorlik bilan qabul 
qiladilar va ularni keyingi nashrlarga tayyorlash va chop etish jarayonida 
yordam berganlarning barchasiga samimiy minnatdorchilik bildiradilar. 

Download 7.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna

Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish