О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197
Bog'liq
Дарслик

Intrade va HedgeStreet (endi Nadex) kabi markazlashtirilgan bashorat 
bozorlari tashkil qilishga urinishlar ham bo‘lgan, lekin ularning katta qismi 
yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish bilan bog‘liq muammolar 
tufayli umuman ishga tushirilmagan.Blokcheyn texnologiyasidan foydala-
nish bunday tizimni nisbatan chidamli, aniqroq, xatlar, majburlashlar va 
likvidlik muammosiga nisbatan barqaror qiladi. Augur platformasida 
hakamlar «referi» deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning nufuzi 
bilan belgilanadi. «To‘g‘ri xulq-atvor uchun» - ya’ni ro‘y bergan voqea
saylov yoki o‘yin natijasi uchun – ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. 
Tizimda axloqiy meyorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib 
keladi: foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik 
ko‘p bozorlar tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. Augur 
ta’kidlashicha, «bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, 
markazlashtirilgan serverlar bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda 
kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn, ether va barqaror kriptovalyutalarni 
qo‘llagan holda global bozorni shakllantiradi. Barcha mablag‘lar smart-
shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi». Augur 
huquqbuzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib, 
noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi.Bashorat bozorlari 
yakuniy hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun 
foydali, masalan: «IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga 
o‘sadimi?» Hozir korporativ foydaning dastlabki bahosi – bir nechta 
ekspert tahlilchilar bashoratlarining o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. 
«Omma donishmandligi»dan foydalanib, biz kelajak uchun realistik 
bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. Bashorat 
bozorlarianomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun 
hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab 
investorlarni ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi ham 
mumkin.Bashorat qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini 
to‘ldirishi va oxir-oqibat o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning 
almushinuvi haqida hisobotlar bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib 
ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari asosida bozorni xedjirlash va 
qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin va istiqbolda ular 
hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari kabi mistik 


86 
moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi.Albatta, bashorat bozori hamma 
joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib 
qolmagunga qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada 
likvidli bo‘lmaydi. Lekin baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun 
ochiq hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining 
chakana banking va kapital bozoridan tortib buxgalteriya hisobi va tartibga 
solishgacha bo‘lgan barcha turlari va funksiyalariga ta’sir etadi. 
Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning jamiyatdagi rolini 
qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq ierarxiyaga 
ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatsa 
va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq
piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-
biriga kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal 
faoliyat ko‘ratishning buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq 
yetakchilari bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda 
qisqarish ham, o‘sish ham kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha 
kichik harajatlar bilan ko‘p sonly kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar 
taklif qilishlari mumkin. Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq 
blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi, yo‘qmi – bu tortishuvli masala. 
O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf qilib bo‘lmaydigan 
kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam o‘rnashib olgan, 
tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan infratuzilmasiga 
hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini o‘n 
yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat industrial 
davrning pul mashinasidan platformasiga aylanadi.Potensial foyda olish 
taklifi bilan jalb qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv 
dasturlari yaratish muammosi ustida ishlamoqda. Google dunyodagi 
barcha axborotlarni yig‘ish va tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga 
olgan va bu masalani tadqiq etishga kompaniya juda ko‘p mablag‘ va 
inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham bo‘ladi.Internetda qidirish 
va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. Birinchidan, bu 
foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir vaqtda 
tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib, 


87 
ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini 
ma’lum qilmagan holda yoki taxallus ostida (o‘ylab topilgan nom ostida - 
anonim) yoki soxta-anonim (qisman anonim) ravishda ishtirok etishi 
mumkin. Ko‘plab kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib 
chiqishi va qayta tashkil qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha 
mutaxassis blokcheynga yopiq savollar (ha/yo‘q) berishni o‘rganishi 
lozim: «Siz odammisiz?», «Amaliy matematika sohasida oliy ma’lumo-
tingiz 
bormi?», 
«Scrypt, 
Python, 
Java, 
C++ 
dasturlarida 
dasturlashtirishni bilasizmi?» 
Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma 
harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar taqdim etish shartlarini 
tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va 
tartibga solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish 
hisoblanadi. Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz 
mulkni emas, majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. 
Og‘zaki bitimlar ishonchsiz bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri 
eslab qolish mumkin bo‘ladi, guvohlarga esa doim ham umid qilib 
bo‘lmaydi. Shubha va ishonmaslik yangi odamlar bilan birgalikda 
ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan ijro etish lozim, 
shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid solish 
hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan. 
Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida 
munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash 
usuliga 
aylangan. 
Yozma 
shartnomalar 
tomonlardan 
biri 
o‘z 
majburiyatlarini bajarmagan yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda 
nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Blokcheyn, shartnoma harajatlarini 
pasaytirib, firmalarga ochilish va o‘z sarhadidan tashqarida yangi 
munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Consensys (kelishuv), 
masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida ham turli 
qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi 
mumkin, chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-
shartnomalar 
boshqaradi. 
Qatnashchilarning 
o‘zlari 
hammani 
qoniqtiradigan maqsadlarni belgilaydi va ularga erishganlik uchun 
mukofot oladi – bularning hammasi blokcheynda bajariladi. 


88 

Download 7.29 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna

Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish