• Tayanch iboralar
  • О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/197
    Sana21.10.2022
    Hajmi7.29 Mb.
    #27653
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
    Bog'liq
    Дарслик

     



     
    I BOB. “RAQAMLI IQTISODIYOT” FANIGA KIRSHI.
    RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING ASOSIY TARKIBIY 
    QISMLARI 
     
    O‘quv maqsadi: raqamli iqtisodiyot tushunchasi, uning mazmunini 
    aniqlashga doir nazariy bilimlarni shakllantirish hamda iqtisodiyot 
    tarmoqlarini 
    raqamlashtirishning 
    ijobiy 
    va 
    salbiy 
    tomonlarini 
    aniqlashtirib olishdan iborat 
    Tayanch iboralar: raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, raqamli 
    inqilob, elektron biznes 
     
    1.1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning ahamiyati 
    Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlar-
    ning iqtisodiy nazariyasi va amaliyotida paydo bo‘ldi. Bu raqamli 
    texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodi-
    yotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turdi. Ulardan 
    foydalanish samaradorligi ortib borayotgan bilimga aylantirildi va ijtimo-
    iy-iqtisodiy aloqalar tobora kengayib bormoqda. Bozor subyektlarining 
    faoliyatida raqamli transformasiyalarning asosiy omili raqamli madani-
    yatni rivojlantirishdan iborat. Jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy isloh qilish-
    ning hozirgi bosqichida atrof-muhit jamiyatning institusional tuzilishiga 
    xos xususiyatlarini keltirib chiqarmoqda va bu asosda yangi tushunchalar 
    va yondashuvlarni shakllantirishga zarurat tug‘diradi. 
    Dunyoda raqamli iqtisodiyot atamasiga berilgan ko‘plab ta’riflar 
    ishlab chiqilgan, shu bilan birga ushbu atama bilan bog‘liq bir qanma 
    tushunchalar ham mavjud: “raqamli iqtisodiyot (digital economy)”, “elekt-
    ron iqtisodiyot (e-economy)”, “internet-iqtisodiyot (internet economy)”, 
    “tarmoq iqtisodiyoti (network economy)”, “virtual iqtisodiyot (virtual 
    economy)”. Mohiyatan ularning barchasi sinonim hisoblanadi. 
    "Raqamli iqtisodiyot" atamasi ilmiy va ishbilarmon doiralarda paydo 
    bo‘lishi 1994 yilda nashr etilgan "Raqamli iqtisodiyot" kitobining muallifi 
    Don Tapskot bilan bog‘liqdir, shuningdek, 1995 yilda uni keng foydala-



    nishga joriy qilgan Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas 
    Negroponte. 
    25 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, lekin bu atamaning hali ham umumiy 
    qabul qilingan ta'rifi yo‘q. Bundan tashqari, ushbu ta'rifning ko‘plab 
    sinonimlari mavjud: Internet iqtisodiyoti, postindustrial iqtisodiyot, kreativ 
    iqtisodiyot va boshqalar. (AQShda - API iqtisodiyoti (inglizcha amaliy 
    dasturlash interfeysidan). 
    Ammo ko‘plab ta'riflarning mohiyati shundaki, raqamli iqtisodiyot-
    bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot va elektron biznes va 
    elektron tijorat, ular ishlab chiqaradigan va sotadigan raqamli tovarlar va 
    xizmatlar bilan chambarchas bog‘liq. 
    Raqamli iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishidagi 
    o‘rni va ahamiyatini yoritishda ko‘pgina iqtisodchilar o‘z fikr mulohaza-
    larini bildirib kelmoqdalar. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda 
    raqamli iqtisodiyot omillariga asoslangan milliy raqamli strategiyani 
    shakllantirishning o‘ziga xos hususiyatlari va unda davlat tomonidan 
    qo‘llab-quvvatlash ahamiyati asoslab berilgan.
    Kundius V., Rushiskaya O., Kot E. posvyashayut svoi nauchniye 
    trudi prioritetnim napravleniyam nauchnix issledovaniy texniki i texno-
    logiy v selskom xozyaystve, organizasii i upravleniya agrobiznesom na 
    osnove sifrovizasii.
    Po rezultatam issledovaniy nekotorix avtorov osnovniye osobennosti 
    osenki razvitiya sifrovoy ekonomiki predstavlyayut kak instrument uprav-
    leniya prosessami sifrovoy transformasii na nasionalnom, regionalnom i 
    otraslevom urovnyax. 
    O‘zbekistonlik olimlar tomonidan ham raqamli iqtisodiyotning af-
    zalliklari hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishidagi ahamiyati yoritil-
    gan. Xususan, N.Ismoilova tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlanish 
    konsepsiyasi, uning ko‘lami, I.Xotamov tomonidan mamlakat iqtisodiy 
    xavfsizligini ta’minlashda raqamli iqtisodiyotning to‘tgan o‘rni, G.Abdu-
    raxmonova, D.Rustamovlar tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlanti-
    rishda salohiyatli kadrlarni yetishtirish muammolariga to‘xtalib o‘tishgan. 
    Ushbu tadqiqot ishida raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy va iqtisodiy 
    afvzalliklari hamda hukumatning RI rivojlantirishga qaratilgan tashab-


    10 
    buslarini yoritib beradi. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda raqamli 
    iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlari va muammolari, shuningdek, 
    uning jamiyat va biznesga ta’siri bilan tanishtiradi. Ushbu natijalar qaror 
    qabul qiluvchilar va menejerlarga ushbu texnologiyaning qiymatini tahlil 
    qilishda va muammolarni hal qilish uchun to‘g‘ri strategiyani ishlab 
    chiqishda yordam berishi mumkin. 
    Raqamli iqtisodiyot – ularni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va 
    katta hajmda qayta ishlash an’anaviy xo‘jalik yuritish shakllari bilan 
    taqqoslaganda har xil turdagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-
    uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish sama-
    radorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan raqamli ko‘rinish-
    dagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili sanalgan xo‘jalik 
    faoliyatidir. 
    Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif juda to‘g‘ri, lekin foydalanish 
    uchun biroz noqulay. Bir tomondan, uzil-kesil ta’rifning yo‘qligi ko‘plab 
    xususiy va tor ixtisosli savollarni predmetli muhokama qilish uchun to‘siq 
    hisoblanmaydi. Lekin, boshqa tomondan, ushbu kitobdan maqsad – 
    raqamli iqtisodiyot fenomenini integral ko‘rishni shakllantirish ekanligi 
    sababli biz o‘z ta’riflarimizni taklif qilishga jazm etdik. 
    «Raqamli» iqtisodiyot bu – gibrid dunyo sharoitlarida mavjud 
    bo‘ladigan iqtisodiyotdir. 
    Ushbu ta’rif mutlaqo to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi, lekin 
    kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliy 
    yuzaga o‘tganda undan foydalanish qiyin. Aynan shu sababli biz quyidagi 
    funksional ta’rifni ifodaladik: 
    Gibrid dunyo bu – real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy 
    ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib 
    turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun 
    axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yu-
    qori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisob-
    lanadi. 
    Real va virtual dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo 
    hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonun va 
    qoidalardan farq qiladigan boshqa qonun-qoidalar amal qiladi. Iqtisodiy 


    11 
    tizimlardan alohida bo‘ladigan «raqamli» iqtisodiyot mavjud emas (aynan 
    shu sababdan «raqamli» iqtisodiyot atamasini yozishda qo‘shtirnoqdan 
    foydalaniladi): 
    «Raqamli» (elektron) iqtisodiyot bu – axborot, jumladan, personal 
    axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini 
    maksimal darajada qondirish, uning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan 
    iqtisodiyotdir. Bu axborot-kommunikasiya va moliya texnologiyalarining 
    rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy 
    faoliyat subyektlari – tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirbosh-
    lash va iste’mol qilish jarayoni obyektlari va subyektlarining to‘laqonli 
    o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi 
    tufayli o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. 
    Hozirgi kunda servis biznesida barqarorlikka erishish ilgari misli 
    ko‘rilmagan darajada juda qiyin bo‘lib turibdi. Mustahkam raqobatli 
    ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqqach esa, u yerni ushlab 
    qolish oson emas. Xususan, amerika statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 
    yil Fortune 500 dan o‘rin olgan kompaniyalarning 52%i hozirgi kunga 
    kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500 
    ga kiradigan комpaniyalar o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni 
    tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 12 yilga qisqaradi. 
    Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi – 
    butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi 
    sanalib, biz hozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib tu-
    ribmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) – tahlilchilar orasida ham, 
    kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzu sanaladi. 
    Servis biznesi «default» raqamli biznesga aylanmoqda. Bir tomondan, 
    hech kim fotobiznesda bir paytlar plenkadan «raqam»ga sakrab o‘tish 
    vaqtini o‘tkazib yuborgan Kodak qismatini takrorlashni istamaydi. Boshqa 
    tomondan, Amazon, Uber, Airbnb va boshqalar raqamli inqilobdan qanday 
    qilib foydalanish – biznes yuritishning tamomila yangicha sxemalari 
    o‘ylab topish va amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. Internet dastlab 
    onlayn-vitrina kabi, keyinroq esa onlayn-magazin rolida oflayn-biznesga 
    qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilgan vaqtlar o‘tib ketdi. Hayot sahnasiga 
    yangi avlodlar – internetda tarmog‘ida «yashaydigan» yoshlar – chiqib 


    12 
    kelishi biznesni onlayn («raqamli») bo‘lishga, birinchi navbatda, default 
    majbur qiladi6. 
    Insoniyat global o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. Yaqin vaqtlarda 
    inson hayot faoliyatining asosiy sohalari – iqtisodiyot va boshqaruv, fan va 
    xavfsizlik yangicha shakl va mazmunga ega bo‘ladi. Inson o‘zgacha bo‘lib 
    qoladi, bu esa ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Raqamli 
    texnologiyalarning hayotimizga kirib borishni davom ettirishi – kelajak 
    dunyosiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Bu mikroelektronika, 
    axborot texnologiyalari va telekommunikasiyalar sohalaridagi taraqqiyot 
    bilan izohlanadi. Shunday qilib, raqamlashtirish – obyektiv, muqarrar 
    jarayon bo‘lib, uni to‘xtatishning iloji yo‘qdir. 
    Raqamlashtirish natijasida sodir bo‘ladigan eng jiddiy xavf-
    xatarlardan biri o‘rta va past malakali ixtisosliklar orasida ommaviy ishsiz-
    lik istiqboli hisoblanadi. O‘rta sinf vakillari keskin kamayib ketishi mum-
    kin, chunki birinchi navbatda aynan shu ish o‘rinlari avtomatlashtiriladi va 
    robotlar bilan almashtiriladi. Faol, ma’lumotli, mehnatga layoqatli 
    aholining yetarli darajada yuqori turmush tarziga o‘rganib qolgan sezilarli 
    qismi «g‘arb turmush tarzida yo‘l chetiga chiqib qoladi». Biroq rakamli 
    dunyo shu qadar tezkorlik bilan shakllanadiki, boshqa malakaga ega bo‘l-
    gan kadrlar taqchilligini kafolatlash mumkin bo‘ladi. Shu sababli hozircha 
    kim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lsa, buning uchun unda hali vaqt bor. 
    2018 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbe-
    kiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-
    tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3832 son qaroriga ko‘ra raqamli iqtisodiyotni 
    rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. 
    Uzoq istiqbolda «raqamli» (elektron) iqtisodiyot og‘ir jismoniy meh-
    natga mahkum odamlarning erkinlik haqida ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga 
    chiqirishga qodir bo‘lgan vositaga aylanishi mumkin. Ijod, fan (ham 
    fundamental, ham amaliy) va san’at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. 
    Ko‘pchilik uchun kutilmaganda intellektual jamiyatning «sovet» modeliga 
    6
    Boroday V.A. Predposilki ustoychivogo razvitiya biznesa v turbulentnoy srede // V sbornike: 
    Regulirovaniye ekonomicheskoy deyatelnosti i delovaya sreda: problemi, perspektivi i resheniya 
    Sbornik nauchnix trudov po materialam II Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii. 
    2017. S. 332-341. 


    13 
    talab paydo bo‘ladi. 
    Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar va mamlakatlarga ilgariroq va 
    kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq daxl qilgan. Servis 
    xizmatlari, media va ko‘ngilocharliklar birinchi bo‘lib, ulardan keyin esa 
    telekommunikasiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo 
    bo‘ldi. Lekin tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari 
    orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari bo‘yicha pirovardida raqamlashtirish u 
    yoki bu darajada hammamizga daxl qiladi. 
    Bugungi kunda biz har bir mohiyatni u yoki bu olamga mansub 
    sanagan holda identifikasiya qilishimiz mumkin, lekin ma’lum vaqt 
    o‘tgandan so‘ng ko‘pchilik obyektlar uchun bunday taqsimlashni amalga 
    oshira olmaymiz. Bunday misollar bugunning o‘zidayoq mavjud: IP-
    kamera yoki tarmoqqa ulangan boshqa har qanday uzatgich – u qaysi 
    olamning bir qismi hisoblanadi? Shubhasizki, ular ikkala olam hodisala-
    rining mohiyati sanaladi. Mobil telefon bugungi kunda ko‘plab ma’lumot-
    larni: telefon raqamlari, tug‘ilgan kun haqida ma’lumot, fotosuratlar, 
    parollar va h.k.ni saqlaydi. Biz elektron qurilmaga usiz o‘zimizni yo‘qotib 
    qo‘yadigan va ishga layoqatsiz bo‘lib qoladigan xotiramiz funksionalining 
    bir qismini berdik. Biz hatto telefon bilan jismonan bog‘lanmagan 
    bo‘lsakda, funksional jihatdan biz o‘zimizni u bilan bir butun deb his 
    qilamiz. Real va virtual dunyolarning birlashib ketish jarayoni boshlanda 
    va uni to‘xtatishning imkoni yo‘q. 
    Raqamli o‘zgarish nima degani? Raqamli biznes bu – jismoniy va 
    raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishi, 
    – tushuntiradi tahlilchi kompaniya Gartne. MIT SloanScoolof Manage-
    ment raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan 
    oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish» sifatida ta’rif-
    laydi. 
    Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ula-
    nish, mashinali o‘qitish texnologiyalari va sun’iy intellektning «portlab» 
    o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o‘zgartirib yuboradi. 
    Ular yoki yangi «nisha»larni egallagan, yoki mavjud «nisha»larni 
    o‘zgartirgan holda o‘zgarishlarga moslashib olishi lozim. Shunday bo‘lib 
    chiqadiki, tashkilotlarni raqamli o‘zgartirish bu – yangi axborot 


    14 
    texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga 
    javob hisoblanadi. 
    Raqamli o‘zgartirish turli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq 
    ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish (osifrovka)» va «raqam-
    lashtirish (sifrovizasiya)» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega. 
    Raqamli ko‘rinishga keltirish bu – axborotni jismoniy vositalardan raqamli 
    vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar – 
    elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va h.k. 
    Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi: u faqat elektron 
    shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirish ko‘pincha mav-
    jud biznes-modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallash-
    tirish uchun foydalaniladi. 
    Raqamlashtirish bu – raqamli shaklda yangi mahsulot yaratishdir. 
    Masalan, multiplikasiyali dinamik o‘quv kursi yoki hujjatni sharhlashning 
    interaktiv tizimi – bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratil-
    gan mahsulotni uning sifati jiddiy yo‘qotmasdan turib jismoniy vositalarga 
    o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko‘ri-
    nishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezilarli darajada keskin 
    rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon beradi. 
    Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud. Birinchi 
    yo‘nalish bu – mavjud biznes-jarayonlarda odamlar ishtirokini minimal-
    lashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va robotlashtirishdir. Ikkinchi 
    yo‘nalish – eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan boshqaruv 
    tizimini masshtablashtirishdir. Eksponensial tashkilot deganda biz ularni 
    masshtablashtirish xuddi shu sohada ishlaydigan boshqa tashkilotlar bilan 
    taqqoslaganda kamida o‘n baravar yuqori bo‘lishini tushunamiz.
    Sir emaski, kompaniyalarning mintaqaviy va xalqaro ekspansiyasi 
    ko‘pincha boshqaruv tizimini jahon darajasida nusxa ko‘paytirish qiyinligi 
    bilan to‘xtatib turiladi. Tez o‘sish muammolari ko‘pincha nusxa ko‘pay-
    tirishda asosiy muammo hisoblanadi. Avtomatlashtirish hisobiga raqamli 
    o‘zgartirish boshqaruv tizimi va biznes-jarayonlarni standartlashtirishga, 
    demak, ularni jahon miqyosida tez rivojlantirishga imkon beradi. 
    Bunga misol qilib mintaqa ko‘lami, auditoriyalar hajmi va o‘qituv-
    chilar soni bilan chegaralangan biznes-maktabdan milliy yoki xalqaro miq-


    15 
    yosdagi biznes yaratishga mikon beradigan ta’lim jarayonini o‘zgartirishni 
    keltirib o‘tish mumkin. Ta’lim jarayonini raqamli ko‘rinishga keltirish 
    xarajatlarni minimallashtirish, bunda o‘quv kurslarini o‘qituvchi gapiradi-
    gan tilni tushunadigan cheklanmagan auditoriya uchun ochiq qilishga 
    imkon beradi. 
    Eksponensial tashkilot yaratishning asosiy shartlaridan biri xizmat-
    larni bir xillashtirish imkoniyati hisoblanadi, agar xizmat bir xillashtirilgan 
    bo‘lsa, ushbu xizmatlarni taqdim etishni boshqarish tizimi ham bir 
    xillashtirilishi va kelgusida avtomatlashtirilishi mumkin. 
    Raqamli o‘zgartirishda xarajatlar jiddiy qisqarishi mumkin bo‘lib, faol 
    sotuvlar tashkil qilishsiz eplashtirishga imkon berardi. Kompaniyani 
    virusli marketing va «sarafan» radiosi orqali ilgari surish mumkin bo‘lib, 
    bu narx bo‘yicha demping va xizmatlar buyurtma qilish uchun raqamli 
    interfeys hisobiga minimal xarajatlar blan biznesning «portlab» o‘sishini 
    ta’minlaydi. 
    Biznes-jarayonlarni o‘zgartirish. Biznes-jarayonni raqamli o‘zgarti-
    rishning mazmuni vazifalarni jarayon ko‘rsatkichlari o‘rtasida uzatish 
    jarayonini avtomatlashtirishdan iborat bo‘lib, buni allaqchonlar BPMC 
    (Business Process Management Suite) sinfidagi tizimlar yordamida baja-
    rish mumkin bo‘lgan.Raqamli o‘zgartirishning ikkinchi bosqichi alohida 
    operasiyalarni bajarishni avtomatlashtirish hisoblanadi. Masalan, mijoz-
    ning ishonchliligini baholash, xuddi o‘quv kursi tinglovchilari orasida test 
    sinovi o‘tkazish kabi, avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Operasiyalarni 
    avtomatlashtirish uchun ko‘pincha matematik algoritmlar yoki hatto sun’iy 
    intellekt asosida mustaqil ravishda qaror qabul qiladigan «raqamli 
    robotlar» foydalaniladi. 

    Download 7.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna

    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish