Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlari tavsifi




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
Дарслик

1.2. Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlari tavsifi 
Jahon banki mal’umotlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot - bu raqamli 
axborot -kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi.
7
. Ba’zi olimlar fikriga 
ko‘ra, raqamli iqtisodiyotning uchta asosiy komponenti mavjud: apparat 
7
Yefimushkin V.A. Ponyatiye sifrovoy ekonomiki [Elektronniy resurs] Rejim dostupa: 
https://bi.hse.ru/data/2017/03/30/1168539176/KS28.03%20- %20Vladimir%20Yefimushkin.pdf. 


16 
vositalarini, dasturiy ta’minot, telekommunikasiya va boshqalarni ichiga 
olgan infratuzilma
8
; virtual bozor subyektlari o‘rtasidagi virtual o‘zaro 
ta’sirlar doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan biznes 
jarayonini o‘z ichiga olgan elektron tijorat operasiyalari; Internet orqali 
tovar yetkazib berishni o‘z ichiga olgan va hozirda raqamli iqtisodiyotning 
eng yirik segmenti bo‘lgan elektron tijorat
9
. Raqamli iqtisodiyotning 
asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: - iqtisodiy faoliyat 
"raqamli" iqtisodiyot platformalariga yunaltirilgan; - moslashtirilgan xiz-
mat ko‘rsatish modellari; - ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasi-
dagi to‘g‘ridan -to‘g‘ri o‘zaro ta'sir; - ulushli iqtisodiyotning tarqalishi; - 
individual ishtirokchilar hissasining muhim roli
10

Aytish mumkinki, raqamli iqtisodiyot uchta segmentda ko‘rib 
chiqiladi (ya’ni qayerda rivojlanadi): 
 real tovarlar va xizmatlar ta’minotchilari va xaridorlari sektori; 
 dasturiy ta’minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar sektori; 
 qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi 
ma’lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma. 
Raqamli iqtisodiyot quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi (ya’ni 
nima rivojlantiriladi): 
Big data
 sun’iy intellekt; 
 blokcheyn; 
 kvant texnologiyalari; 
 ishlab chiqarish texnologiyalari; 
 sanoat interneti; 
 robototexnika; 
 simsiz aloqa; 
8
Andiyeva YE.Y., Filchakova V.D. Sifrovaya ekonomika budushego, industriya 4.0 // Prikladnaya 
matematika i fundamentalnaya informatika. 2016. № 3. - S. 214-218. 
9
Vasilenko N.V. Sifrovaya ekonomika: konsepsii i realnost: Innovatsionniye klasteri v sifrovoy 
ekonomike: teoriya i praktika: trudi nauchno-prakticheskoy konferensii s mejdunarodnim 
uchastiyem 17-22 maya 2017 goda / pod red. d-ra ekon. nauk, prof. A. V. Babkina. - SPb.: Izd-vo 
Politexn. unta, 2017. - S. 147-151. 
10
Keshelava A.V. Vvedeniye v «Sifrovuyu» ekonomiku/ A.V. Keshelava V.G. Budanov, V.Y. 
Rumyansev i dr.; pod obsh. red. A.V. Keshelava; gl. «sifr.» kons. I.A. Zimnenko. - VNIIGeosistem, 
2017. - S. 12. 


17 
 virtual reallik. 
Bu mantiqqa rioya qilgan holda «kim uchun» rivojlanish seksiyasini 
qo‘shib qo‘yishni istardik. Bu atamaga ko‘proq uzil-kesillik baxsh etgan 
bo‘lardi. 
«Big data» sohasida asosiy muammo ushbu ma’lumotlarni qo‘llash 
bo‘yicha vazifaning avvalboshdan qo‘yilishi sanaladi. 
Virtual dunyo bilan o‘zaro aloqalar sifatida raqamli iqtisodiyotdan 
raqamli modellashtirish va buyumlar internetigacha. Albatta, milliy 
iqtisodiyotda milliy kriptovalyuta ko‘rinishidagi raqamli valyutasiz 
amallab bo‘lmaydi. 
Ko‘plab axborot tizimlari operasiyalarni insondan ko‘ra yaxshiroq, 
tezroq va arzonroq bajaradi, bu esa xatolar sonini minimallashtirish bilan 
bir paytda misli ko‘rilmagan darajada tezkor harakat qilishga erishish 
imkonini beradi. Talabalarga yordam berish uchun robot-yordamchilar, 
robot-jurnalistlar va hatto vazifalarni odamlardan ko‘ra samaraliroq 
taqsimlaydigan robot-rahbarlarga misollar mavjud. 
U yoki bu jarayon davomida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladigan 
axborot servislari to‘plami servis biznes-jarayonlarini raqamli o‘zgartirish-
ning natijasi hisoblanadi. Ko‘plab banklar hozirda qarz oluvchini baholash 
jarayonlarini inson ishtirokisiz amalga oshirmoqda. Yangi shaklagi 
kompaniyalarda taksi chaqirishda mijoz va haydovchi o‘rtasidagi barcha 
o‘zaro aloqalar axborot tizimi yordamida amalga oshirilib, odam ishtiroki 
hatto ko‘zda hам tutilmayapti. 
Lekin biznes-jarayonlardan odamlar ishtirokini doim ham to‘liq 
istisno qilish mumkin emas. Bunda raqamli o‘zgartirish tezkor rejimda 
ma’lumotlar to‘plashga imkon beradi va robototexnika texnologiyalari 
yordamida raqamli aloqa kanallari bo‘yicha masofadan turib boshqarishi 
ta’minlaydi. Bunday o‘zgarishlarga misollarni xizmatlar sohasida, neft 
qazib chiqarish, elektr energetikasi va ishlab chiqarishda kuzatish mumkin. 
3D-bosma. Bu qurilish tarmoqlari va mashinasozlikni o‘zgartirib 
yuborishi mumkin bo‘lgan yana bir texnologiyadir. Polimerlar, beton, 
metall va hatto oltindan xam mahsulot bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 
3D-printerlarning juda ko‘p miqdorda yaratilishi ishlab chiqarish siklini 
tushunishning o‘zini o‘zgartiradi, chunki ko‘plab mahsulot turlarini uydan 


18 
chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va 3D-printerga ega bo‘lgan holda 
olish mumkin bo‘ladi.
3D-bosmani o‘zlashtirishga mashinasozlik ham faol qo‘shilgan bo‘lib, 
bu yerda detallarni «klassik» usulda olishdan ko‘ra bosib chiqarish 
arzonga tushadi. Kiyim-kechak va oyoq kiyimi dizaynerlari ham o‘z-
larining yangi mahsulotlarini bosib chiqarmoqdalar. Quruvchilar, zargar-
lar, tibbiyot xodimlari ham o‘z biznes jarayonlarida 3D-bosmadan faol 
foydalanmoqda. O‘zini o‘zi bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan printer ham 
yaratilgan, Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy sharoitlarida o‘zi 
uchun 3D-printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstruktorlar chiqara 
boshlagan. Garchi texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib 
chiqarish bilan bog‘liq savollar turgan bo‘lsada, oyoq kafti xususiyatlarini 
hisobga oladigan yangi krossovka bosib chiqarish mumkin bo‘ladigan 
murakkab tarkibiy qismli mahsulotlar bosib chiqarish imkoniyati paydo 
bo‘lishining ehtimoli yuqori. Asosiysi, bu ishni uydan chiqmasdan ham 
bajarsa bo‘ladi. 
Texnologiyalar sinergiyasi. Innovasion raqamli texnologiyalarni 
birgalikda qo‘llash nafaqat u yoki bu biznes-jarayonni o‘zgartirishga, balki 
bungacha hali mavjud bo‘lmagan mahsulot olib chiqqan holda tarmoqni 
to‘liq qayta tashkil qilishga ham imkon beradi. Raqamli o‘zgartirishda eng 
qiziqarlisi ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va ushbu barcha texnologiyalarni 
birgalikda qo‘llash mumkinligidadir. Sinergetika nazariyasi atamalarida 
aytish mumkinki, ijtimoiy tizim doimiy o‘zgarishda bo‘ladi, institusional 
shakllar tasodifiy o‘zgarishlari (fluktuasiya) – tizim mikrodarajasida tartib-
sizlik ko‘rsatkichi va uning rivojlanish imkoniyatidir. Ayrim fluktuasiyalar 
shu qadar kuchli bo‘lib chiqadiki, kelgusi rivojlanish trayektoriyasini 
belgilab berib, sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, xulosa tarzida quyidagi 
fikrlarni bildirishni istardik. 
Birinchidan, raqamlashtirish bu – hamma joyda kuzatiladigan real 
voqelikdir. Yangi raqamli iqtisodiy tizimlar yaratish orqali «hammaning 
iqtisodiyoti» vujudga kelishiga misollar hozirgi kunda sanoatning turli 
tarmoqlarida vujudga kelmoqda. Media, chakana savdo va bank sohasidagi 
kompaniyalar eng rivojlangan kompaniyalar hisoblanadi. Masalan, 


19 
chakana savdo magazinlari ijtimoiy tarmoqlarda ishtirok etishimizni tahlil 
qilish yordamida bizning didimizga mos keladigan yangi tovarlar to‘plam-
larini yaratadi. Bank hisob raqamlari egalari operasiyalarni yetakchi inter-
net-kompaniyalar bilan birgalikda banklar tomonidan yaratilgan yechimlar 
orqali amalga oshirmoqda. Bunda raqamlashtirish neft va gaz qazib 
chiqarish kabi an’anaviy tarmoqlarga ham kirib bormoqda. Hozirning 
o‘zida resurslar sohasi kompaniyalari jiddiy vaziyatlarni bashorat qilish 
uchun «bulutdagi» katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash yangi 
vositalaridan foydalanib, neft maydonlarini nazorat qiladigan uchuvchisiz 
uchadigan qurilmalar yordamida raqamli axborotlarni tahlil qilmoqda. 
Ko‘plab yirik xalqaro neft-gaz kompaniyalari allaqachon mahsulot ishlab 
chiqarish sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltiribgina qolmay, u 
yoki bu ishlab chiqarish uchastkalarida muayyan natijalarga qratilgan 
«Intellektual konlar» dasturini amalga oshirishni boshlagan. 
Ikkinchidan, hozirning o‘zida raqamlashtirish global miqyosga ega – 
«raqamli iqtisodiy tizimlar»ga misollar turli tarmoqlar va kompaniyalarda 
mavjud. Biz yildan-yilga shunga yaqinlashib boramizki, bizning hayotimiz 
va faoliyatimiz ushbu tizimlar doirasida amalga oshiriladi. Agar yo‘l 
xaritasi haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchidan, buyumlar interneti 
olamida o‘zgargan odatlardan tobora ko‘p narsa kutiladi: «bizni topadilar» 
«biz izlaymiz»dan ustunlik qiladi. Shu sababli kelajak brendlarini 
shakllantiradigan kompaniyalar o‘z mijozlari uchun taklifni kerakli joyda 
va kerakli vaqtda gavdalantirishga imkon beradigan texnologiyalar haqida 
bosh qotirishi lozim.
Uchinchidan, bugungi kunda iqtisodiyotda kompaniyalar o‘rtasida 
bozordagi munosabatlarni sezilarli darajada o‘zgartiradigan o‘zgarishlar 
kuzatilmoqda. Bostirib kelayotgan buyumlar interneti bozorning barcha 
qatnashchilarini – kompaniyalardan tortib iste’molchilar, mahsulotlar, ser-
vis va jarayonlargacha – umumiy birdunyoga ko‘chirib o‘tkazishni amalga 
oshirmoqda. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni, platformalar va ilovalarni, 
qurilmalar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarni birlashitra-
digan yangi «raqamli iqtisodiy tizimlar» paydo bo‘lishi tufayli ro‘y 
bermoqda.


20 

Download 7.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlari tavsifi

Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish