• 4.0 Industriya
  • IoT Security Foundation
  • О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/197
    Sana21.10.2022
    Hajmi7.29 Mb.
    #27653
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   197
    Bog'liq
    Дарслик

    saqlash, havfsizlik, shahar infratuzilmasi), biznes-modellarning tijoratlash-
    tirishning rivojlanishiga ta’siri ham kuchaydi. Keyingi paytlarda IoT 
    texnologiyalarning havfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat qaratilmoq-
    da, ammo bu ish muammoning taxnologik va huquqiy tomonlari bilan che-
    garalanib qolmoqda. Bir qancha ilmiy ishlarda esa buyumlar internetining 
    ijtimoiy va ruhiy jihatlariga, shu jumladan, jamiyat, tashkilot va insonga 
    bo‘lgan ta’siriga ham e’tibor qaratilmoqda. IoT texnologiyasining 
    tarafdorlari va faol ishlatuvchilari uning rivojlanishiga exnooptimizm nuq-
    tai-nazaridan yondoshadilar va bu texnologiya ta’sirida inson imkoniyat-
    lari cheksiz ravishda kengayishiga astoydil ishonadilar. Haqiqatan ham 
    mashinaviy texnologiyalar va inson imkoniyatlarining birlashishi insoniyat 
    rivojlanishi hamda uning salohiyoti oshishi uchun yangidan-yangi 
    imkoniyatlar yaratadi. Bu soha boyicha ko‘zga ko‘ringan mutaxassis D. 
    Rouzning aytishicha, texnologiyalar vositasida o‘zgartirilgan ob’ekt 
    nafaqat yangi kochga ega bo‘ladi va o‘zining qo‘llanilish imkoniyatlarini 
    oshiradi, balki hayotimizni yanada to‘liq qiladi. Demak, IoT hayotimizga 
    shunchalik chuqur kirib boradiki, inson uning borligini ba’zida sezmay 
    ham qoladi, bu esa hayotimizni yanada qulay qilishga olib keladi. Ammo 
    buyumlar internet hayotimizni qulay va to‘liqroq qilish bilan birgalikda 
    atrof-muhitdagi narsa va predmetlar aktiv agentlarga aylanib qolib, turli 
    xildagi hayotiy xolatlarda inson o‘rniga qarorlar qabul qilishni boshlaydi-
    lar. Bu esa bir qancha noqulayiklar ham tug‘dirishi mumkin albatta. 
    Insoniy va mashinaviy fikrlashning asta-sekin bir-biriga yaqinlashishi va 
    bir-birining o‘rnini bosa boshlashi inson hayotining yagonalig, qaytaril-
    masligi va konfidentsialligiga tajovuz qilgan holda ijtimoiy muammolar-


    112 
    ning kuchayishga olib keladi. Insonlar orasidagi yaqin aloqalar asta-sekin 
    yoqola boshlaydi, ba’zi bir guruh insonlar exklyuziy shaxslar sifatida 
    hayotdan o‘rin ola boshlaydi va shu tufayli jamiyat hayotida keskin qara-
    ma-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Bunday holatdan marketologlar maqsadli 
    segmentlar bilan muloqot qilishda va yangi marketing strategiyasi 
    yaratishda unumli foydalanishlari mumkin. Buyumlar internetining zamo-
    naviy inson identikligini ta’minlash to‘g‘risida fikrlaganda, ijod masalasini 
    ham alohida ko‘rsatish talab etiladi. Buyumlar interneti iqtisodiyoti sha-
    roitlarida inson faoliyatini standartlashtirish, uning faoliyatini modellash-
    tirish kuchayib boraveradi. Ammo endi bu amal insonlar tomonidan emas, 
    balki, biomashinalar va algoritmlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday 
    sharoitlarda insoniy ijod va kreativlikka o‘rin qoladimi yoki yo‘qmi – buni 
    kelajak hal qiladi. IoT kontseptsiyasini va bu bilan bog‘liq bo‘lgan 
    texnologiyalarni tadbiq qilish ko‘pchilik kompaniya va tashkilotlar uchun 
    misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratib beradi hamda ulardagi boshqaruv 
    funktsiyalarini, faoliyatni tashkil qilishni va joriy faoliyatni tubdan 
    o‘zgarib yuboradi. Buyumlar internetini o‘z faoliyatiga tadbiq qilgan 
    global kompaniyalar tajribasi ularda ishlab chiqarish samaradorligi keskin 
    o‘sganligini ko‘rsatdi, logistika, marketing, administrative jarayonlarga 
    bo‘lgan harajatlarni esa keskin kamaytirish imkoniyatini berib, yangi 
    turdagi korxonalar tashkil qilishga imkon bermoqda (4.0 Industriya). 
    Lekin bunday turdagi texnologik yechimlarni amalga oshirish odam-
    mashina muloqotining va ijtimoiy muloqotning yangi turlarini topishni 
    talab qiladi. Masalan, Airbus kompaniyasi jihozlarni, robotlarni va mashi-
    nalarni bir butun IoT tarmog‘iga birlashtirib, kompaniya tashkilotlariga 
    maksimal avtonom rejimda ishlash, samolyotlar yig‘ishning sifatini 
    oshirish va barcha operatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini 
    berdi. Ammo bu ishning amalga oshirilishi insonlar va mashinalarni qo‘-
    shimcha va virtual reallik uskunalari vositasida ulash bilan bog‘liq bo‘lgan 
    katta harajatlarga olib keldi. Boshqa tomondan, buyumlar internet kontsep-
    tsiyasining rivojlanishi regional va global miqyosda mehnat bozorining 
    transformatsiyasiga olib keladi. Chunki bunda yangi turdagi hizmatchi-
    larga bo‘lgan talab ortadi hamda jamiyatdagi bir qancha professional, 
    tashkiliy, protsessual va ijtimoiy muammolarni hal qilish zarur bo‘ladi. 


    113 
    Shuning uchun ham IoT rivojlanishiga qarshi bo‘lganlar ish joylarining 
    qisqarishini, ishsizlar soni k’payishini, ba’zi kasblarning yo‘qolib ketishini 
    va ijtimoiy tengsizlik kuchayichini asosiy sabablar tariqasida keltiradilar. 
    Buyumlar internetining jamiyat hayotiga bo‘lgan ta’sirini quyidagi 
    raqamlardan ham yaqqol ko‘rib chiqish mumkin: IoT kontseptsiyasining 
    informatsion va telekommunikatsion sohaga ta’siri 33%, professional 
    hizmatlarga ta’siri 15%, mediaindustriyaga va oyin-kulgi industriyasiga 
    ta’siri 14%, iste’mol sektoriga ta’siri esa 14% bo‘lar ekan. Eng kam ta’sir 
    esa energetikaga bo‘lishi (4%) ham bashorat qilingan. Buyumlar 
    internetining eng ijobiy ta’siri arxitektura va dizaynga, eng salbiy ta’siri 
    esa sotuv menejerlariga, ofis menejerlarga va administrativ sohaga bo‘lishi 
    kutilayapti. Ammo bunda yana bir qancha savollar paydo bo‘ladi – ta’lim 
    tizimi bu sohadagi malakali mutahassislarni tayyorlashga qodirmi, ishdan 
    bo‘shagan kadrlarni nima qilish kerak, ularni qanday qilib qayta tayyorlash 
    mumkin, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlari qanday bo‘lishi 
    lozim. IoT korxona va tashkilotlarning ma’lumot yig‘ish, tahlil qilish va 
    saqlash kabi ishlariga ketadigan harajatlarni ancha kamaytiradi, chunki 
    barcha ma’lumotlar datchiklar yordamida yig‘iladi, qayta ishlanadi va 
    foydalanuvchiga yetkaziladi. Tashkilotni boshqarish tizimida IoT nazorat 
    samaradorligini oshiradi: barcha ma’lumotlar smartfon qurilmalari va 
    gadjetlari vositasida barcha ishchi-hizmatchilarga tezkor yetkaziladi. 
    Ammo bunda boshqa bir savol ham paydo bo‘ladi – bunday total nazorat 
    sharoitida hodimlar uchun ishlash qanchalik qulay bo‘ladi. Bunday sharoit 
    hodimlarga bo‘lgan ruhiy bosim kompaniya va ishchilar orasidagi o‘zaro 
    ishonchning yo‘qolishiga, befarqlikning o‘sishiga, mehnat munosabatla-
    rida tushunmovchilklarga va shaxslararo munosabatlarning chigallashiga 
    olib kelishi mumkin. Bu nafaqat ofisda va ishlab chiqarishda ishlaydigan-
    larga, balki virtual ish joylarida ishlovchilarga va frilanserlarga ham 
    tegishi bo‘lishi mumkin, chunki ular ham IoT tufayli nazorat ostiga tushib 
    qoladilar. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, buyumlar internetining 
    rivojlanishi boshqa turdagi texnologiyalar bilan birgalikda insonning o‘zini 
    va dunyoqarashini ham o‘zgartirishga olib keladi. Inson ishtirokisiz 
    muloqot qiladigan, turli xildagi ma’lumotlarni yig‘adigan va bir biriga 
    uzata oladigan hamda yagona tarmoqqa birlashgan buyumlarning barcha 


    114 
    sohalarga kirib kelishi insonning jamiyatdagi roli, uning uchun qadrli 
    bo‘lgan tushunchalarning hamda uni ruhiyatini o‘zgartirib yuboradi. 
    Shasiy ko‘rinishdagi ma’lumotlarning katta miqdorda yig‘ilishi insonning 
    hayotini qulaylashtiradi, informatsiya va hizmatlarni tezkor olishga imkon 
    beradi. Tijorat kompaniyalari esa bundan foydalangan xolda haridorlarning 
    talab va istaklarini to‘liqroq qondirishga harakat qiladilar. Bu esa shaxsiy 
    ma’lumotlarning himoyasi muammosini keltirib chiqaradi. Shu tufayli 
    butun dunyo hamjamiyati rivojlanayotgan innovatsion texnologiyalar 
    hamda insonning shaxsiy hayotini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
    masalalarni hal qilshga harakat qilayaptilar. Bunday masalalarni hal 
    qilishning usullaridan biri mediasketizm (raqamli sabr qilish) ni tashviq 
    qilishdir. Ya’ni inson bunda yangi innovatsion texnologiyalar va elektron 
    tijorat vositalaridan qanday foydalanishni o‘z hoxishiga ko‘ra tanlab olishi 
    mumkin bo‘ladi. Shuni juda yaxshi tushunish kerakki, buyumlar interneit 
    va texnologizatsiyaning boshqa kontsetsiyalarini to‘xtatish mumkin emas, 
    bizda faqat proaktiv rejalashtirish, yangi texnologiyalarning imoniyatlarini 
    amalga oshira oladigan uskuna va mexanizmlarni yaratish va shu orqali 
    mamlakat kompaniyalari raqobatbardoshligini oshirish uchun qandaydir 
    vaqt intervali bor xolos. IoT Security Foundation ishlab chiqaruvchilar-
    dan mustaqil bolgan halqaro tashkilot bo‘lib, u bilimlar, ilg‘or tajribalar va 
    takliflar bilan almashinish masalalari bilan shug‘ullanadi. Unda bir qancha 
    ma’lumotnomalar bo‘lib, ularning biri “IoT ning havfsizligini ta’minlash 

    Download 7.29 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   197




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ergashev rahmatulla xidirovich xamrayeva sayyora nasimovna

    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish