• Tayanch iboralar
  • Nazorat va muhokama uchun savollar




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/197
    Sana21.10.2022
    Hajmi7.29 Mb.
    #27653
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   197
    Bog'liq
    Дарслик

     
    Nazorat va muhokama uchun savollar 
    1. Qanaqa turdagi kriptovalyutalarni bilasiz, ularning farqi 
    nimadan iborat? 
    2. Virtual valyutalar haqida nimalarni bilasiz? 
    3. Kriptovalyuta orqali to‘lov tizimi qanday amalga oshiriladi? 
    4. Smart shartnoma nima? 
    5. Blokcheyn texnologiyalardan foydalanish yo‘llari nimadan 
    iborat? 
    6. Kriptovalyutalardan foydalanish muammolari 
    7. Kriptovalyutani qanday ishlab topish mumkin? 
    8. Bitkoinning o‘ziga xos jihatlari nimadan iborat? 
    9. Kriptovalyutalar bozorining kelajak istiqbollarini bayon eting? 
    10. Milliy blokcheyn-kompetentsiya va vakolatlarni rivojlantirish 
    istiqbollari nrmadan iborat? 
    11. O‘zbek milliy valyutasi - so‘mni blokcheynga o‘tkazish davlatga 
    qanday muammolarni hal qilish imkonini berar edi? 


    158 
     
    VI BOB. KRIPTOVALYUTALAR ELEKTRON TIJORAT 
    BOZORINING RIVOJLANISHI 
     
    O‘quv maqsadi: elektron tijoratda ICO dan foydalanish, elektron 
    tijorat bozoriga investitsiyalarni jalb etish ahamiyati va kriptovalyutalar 
    bozorini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni 
    shakllantirishdan iborat 
    Tayanch iboralar: ICO (Initial Coin Offering – kriptovalyuta 
    tangalarini birlamchi joylashtirish), token, investitsiya, kriptovalyuta 
    birjasi, bitkoin, kriptovalyuta 
     
    6.1. Elektron tijoratda ICO dan foydalanish 
    Endi ICO (Initial Coin Offering – kriptovalyuta tangalarini birlamchi 
    joylashtirish)) nimaligi haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat 
    qilamiz. Buni tushunish uchun attraksionlar parkini tasavvur qiling. 
    Uning kirish qismida park emblemasi tushirilgan jetonni harid qilasiz
    va turli ko‘ngilochar o‘yinlar va attraksionlar uchun u orqali to‘lovlar
    qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli loyihalar (masalan, ma’lu-
    motlarni saqlashga ixtisoslashganlar) ham xuddi ana shunday jetonlar
    chiqaradilar. Ular tanga yoki token deb ataladi.Haridor ana shunday 
    token harid qilib, uning yordamida loyihaning biror-birhizmati, aytaylik, 
    ma’lumotlar bazasidagi o‘z saqlash joyi hajmini oshirish uchun to‘-
    lovni amalga oshiradi. Agar bunday loyiha ommalashsa, tokenlarning
    ham qiymati oshadi.
    Blokcheyn-loyihalar tokenlar chiqarganda, ularni odamlar harid qila 
    olishi uchun bozorga joylashtiradi. Bu tanga-tokenlarni birlamchi joy-
    lashtirish —ICO - Initial Coin Offeringdir.ICO lar ichida eng taniqli
    bo‘lganlardan biri GNOSIS deb nomlangan va u ishga tushurilgandan 
    so‘ng 15 daqiqa ichida 12 million dollarga ekvivalent bo‘lgan mablag‘
    yig‘ishga erishgan. Ammo bu paytda u o‘zining faqatgina 5% GNO 
    tokenlarinigina chiqargan edi xolos. Bu degani, GNOSIS 300 million 
    potentsiyal dollarga teng bo‘lgan tokenlar kapitalizatsiyasiga ega bo‘lgan
    xolda,biror bir hayotchan tijoriy mahsulot ishlab chiqarmasdan turib,


    159 
    yaxshigina mablag‘ga ega bo‘lishidir. GNOSIS boyicha materiallarni
    o‘rganish ICO ning tuzilishini, uning ishlashini, GNO tokenlarining
    qanday faoliyat ko‘rsatishini va xaridor uchun foydasini tushunish
    imkonini beradi. Gnosis Limitedkompaniyasining “Tokenlarni sotish
    shartlari” deb nomlangan xujjatda uning xuquqiy tomonlari har qan-
    day moliyaviy instrument kabi juda chuqur yoritilgan, ammo undagi
    iqtisodiy tomonlar va murakkaliklar deyarli ko‘rib chiqilmagan. Moli-
    yaviy injiniring sohasidagi mutahassislar uchun ham bunday chalkash 
    masalalarni chuqur o‘rganib chiqish unchalik oson emas. Agarda tokenlar 
    yangi kriptovalyutalarning tokenlari bo‘lmasalar, ICO da foydalanila-
    digan tokenlarning kriptovalyutalar bilan hech qanday umumiy tomoni
    yo‘q.
    Kriptovalyuta – ommaviy blokcheynning ichki hisob birligi bo‘l-
    sa, tokenlar – investorning kompaniya tomonidan pulga alishtiriladigan
    raqamli aktividir. Kriptovalyutani mayning yordamida topadilar,
    tokenlar emissiyasini esa uni chiqargan tashkilot amalga oshiradi.
    Kriptovalyuta bilan tokenning asosiy farqi shundaki, tokenda
    blokcheyn ham, hamyon ham yo‘q, lekin kriptovalyutada bularning 
    ikkalasi ham bor. ICO biror bir loyihaga pul jalb qilish uchun chiqariladi
    va sotiladi, pul to‘lab kontrakt funktsiyasini bajaruvchi tokenlar sotib
    olgan insonlarga esa tokenlar o‘rniga nimadir berish taklif etiladi. 
    Demak, investor kriptovalyuta yoki tokenlar evaziga kelajakda
    nimanidir olish huquqiga ega bo‘ladi. Uning kelajakda nima olishi, 
    startap loyihaning qanchalik muvaffaqiyatli chiqishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Deyarli barcha ICO lar bir xilda amalga oshiriladi:

    tashkilotchilar elektron hamyonning adresini bildiradilar va
    ma’lum bir shartlar;

    asosida unga pul jo‘natishni taklif qiladilar. Mablag‘lar yig‘ilib 
    bo‘linganidan;

    so‘ng, 
    investorlarning 
    elektron 
    hamyonlariga 
    raqamli 
    aktsiyalarni jo‘natadilar.
    Tokenlar xaridorlarning ICO ga jo‘natgan pullari miqdoriga pro-
    portsional ravishda taqsimlanadilar. Masalan, agarda tizimda mavjud
    bo‘lgan tokenlarning umimiy miqdorini 100% deb olsak, u xolda ular-


    160 
    ning haridorlar orasidagi taqsimlanishini quyidagicha qilib ko‘rsatishi-
    miz mumkin. Ya’ni, tokenlarning 60% qismi ularni sotib olishni ista-
    gan aktiv haridorlarga taqsimlanadi, tokenlarning taxminan 28% qismi
    esa bu tizimda faol ish olib borayotgan ICO komandasi a’zolari
    orasida tarqatiladi. Tokenlarni sotishda ishtirok etayotgan yuridik va
    jismoniy shaxslar, ya’ni boshqacha qilib aytganda, distribyutorlarga
    esa tokenlarning 10% qismi ajratiladi. Va nihoyat, tokenlarning
    qolgan 2% qismi ICO jarayoniga u yoki bu ko‘rinishda ishtirok etgan
    hamkorlarga hamda maslahatchilarga berilishi mumkin.Tokenlarni
    birja orqali, ICO jarayonida yoki boshqa insonlardan sotib olish
    mumkin. Ba’zi xollarda ICO saytida registratsiya qilinish talab
    etilishi mumkin – shartlarga rozilik beriladi va tokenlar sotib olinadi.
    Shundan so‘ng, tokenlar birjalarda turli narxlarda sotilishi mumkin, 
    ammo hech qachon uning narxi ortadi deb ishnosh mumkin emas. Inves-
    torlar o‘z tokenlarini birjalarga kiritishi va uni boshqa kriptoaktivlarga
    yoki an’anaviy valyutalarga almashtirishlari ham mumkin. Albatta
    token sotib olgan investor uni keyinchalik sotib foyda olishni yoki
    ICO tashkil qilgan kompaniya hizmatlaridan foydalanib, nimalargadir 
    erishishni rejalashtiradi. Tokenlarni sotish uni sotib olingan joyida
    amalga oshirilishi yoki bunga qiziqqan haridorga sotilishi mumkin. Token-
    larni muomalaga chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsus platformalar
    ham mavjud, masalan, ularning ichida eng ommaviylari - Ethereum, 
    Waves, NEM, EOS va KickICO lardir. Ularning har birining ijobiy va
    salbiy tomonlari mavjud. Masalan, Ethereum da eng katta auditoriya 
    (foydalanuvchilar soni 5 million) bo‘lsa, Waves da tokenlarni juda tezkor-
    lik bilan chiqariladi, KickICO da esa ICO tashkil etish va uni amalga 
    oshirish uchun tayyor uskunalar mavjud. Shuning uchun yangi tokenlar 
    paydo bo‘lishini ICO-chilar amalga oshiradigan platformalar orqali 
    kuzatib turish ham mumkin. ICO larga qancha mablag‘ jalb etish
    maqsadga muvofiq bo‘ladi degan savolga javob barcha turdagi yuqori 
    tavakkalchilik darajasiga ega bo‘lgan investitsiyalarga bo‘lgan kabidir –
    ya’ni, ICO ga o‘zingiz yo‘qotib qoyishdan qo‘rqmaydigan summani
    investitsiya qilgan ma’quldir. Yuqoridagilarni diqqat bilan o‘qib chiq-
    qanlarda kriptovalyutalarning yoki tokenlarning hammaga ma’lum va


    161 
    mashxur bo‘lgan moliyaviy piramidalarga o‘shab ketishini anglash
    mumkin.
    Eslatib o‘tamiz, moliyaviy piramidalarning asosiy maqsadi — uning 
    yaratuvchisini yangi ishtirokchilar kiritgan mablag‘lar hisobidan
    boyitishdir. Bunday piramidalarning aktivlari tashqi bozorda hech
    kimga kerak emas, ular foydalanishda hech qanday afzalliklarda ega 
    emas, hech qanday muammoni ham hal qilmaydilar. Kriptovalyutalar 
    bilan bog‘liq holatda esa hammasi aksincha — ular moliyaviy bozorning 
    katta muammosini hal qiladi, ularning aylanmasi qulay va ishtirokchilar
    uchun manfaatli bo‘lib, bu ularni harid qilishga real talabni yuzaga
    keltiradi.Biroq ertaga bozor texnologik jihatdan yanada mukammal va 
    qulay nimanidir ixtiro qilsa, yirik o‘yinchilar va investorlar bitkoinga
    bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi mumkin. Bu esa kursning tushib ketishi
    va kapitalning boshqa qulayroq vositaga o‘tib ketishiga olib kelishi
    mumkin. Ammo hozirda bitkoinlar va boshqa kriptovalyutalarni mukam-
    mallashtirish ustida dunyo bo‘ylab shunchalik ko‘p iqtidorli
    programmistlar va matematiklar mehnat qilmoqdaki, navbatdagi keskin
    texnologik o‘zgarish ehtimol mavjud texnologiyalar doirasida yuz 
    berishi mumkin.Bitkoin va boshqa kriptovalyutalar qiymati oshishining 
    asosiy sababi bozorga yirik o‘yinchilarning kirib kelishidadir. Investitsiya 
    jamg‘armalari, xalqaro korporatsiyalar, milliarderlar va hatto ba’zi 
    davlatlar ham bir qator valyuta va texnologik blokcheynlarni qo‘llab-
    quvvatlashi va foydalanishni boshlashi haqida ma’lum qildi. Bu esa
    investorlar va kriptovalyuta sohiblarida ishonch uyg‘otadi.Bitkoinni
    murakkab, ammo, real moliyaviy aktiv deb atash mumkin. ICOesa
    kriptovalyutalardan foydalangan xolda kompaniya tomonidan moliyaviy
    mablag‘ yig‘ishning zamonaviy usulidir. Bu usul ko‘proq birjada 
    qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishiga o‘xshab ketadi. Bitkoin va 
    efiriumlarning egalari esa kompaniyadan token deb atalmish boshqa
    turdagi kriptovalyutani oladilar. Tokenlarni esa ICO ga kirgan
    kompaniya maxsulotlariga almashtirish mumkin bo‘ladi. Runa Capital 
    venchur fondining mutaxassisi bildirishicha, 2016 yili jahonda jami 150 ta 
    ICO tashkil qilinib, ulardagi raqamli valyuta miqdori 500 million dollarga 
    yetgan. Uning fikricha, davlat organlari ICO va raqamli valyutalar bilan 


    162 
    bog‘liq kontraktlarni tekshirish mexanizmini haqida quyidagi saytdan 
    ma’lumot olish mumkin
    26
    :
    Misol sifatida ICO ga 2017 yilda jalb qilingan investitsiyalarni
    quyidagi diagramma orqali namoyish etishimizmumkin (mln dollarlarda):
    So‘ming emissiyasi jarayonida blokcheyn texnologiyasini qo‘llash
    orqali milliy kriptovalyutani yaratish ham O’zbekiston iqtisodiyotini
    rivojlantirishda muhim ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin. Chunki
    ushbu instrumentariy orqali O’zbekiston jahon kriptovalyutalar
    bozoriga kirib olib, iqtisodiyot rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan
    moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi mumkin. Shuni aytish mumkinki, 
    2013 yil noyabridan boshlab, bitkoinning qiymati $1000 dan oshdi,
    2017 bahoriga kelib esa bitta virtual bitkoin uchun $2500, kuziga
    kelib esa $20000bera boshlashdi. Ammo boshqa kriptovalyutalar ham
    o‘sishda davom etmoqda. Masalan, bir Ethereum 2017 yil yanvaridan
    2017 yil iyunigacha 30 barobar o‘sdi va narxi $250 ga yetdi. Bu
    o‘sish bir qancha faktorlarga bog‘liq. Masalan, 2017 yilda Yaponiya 
    davlati xukumati bitkoinni to‘lov vositasi sifatida tan olishdi va hozirda bu 
    mamlakat fuqarolari ushbu kriptovalyutada bank hisob raqamlari
    ochishlari va undan foydalanishlari mumkin. Bitkoinning bu yetakchi
    rivojlangan mamlakatda qonuniylashtirilishi investorlar orasida katta
    qiziqish uyg‘otmoqda, albatta. Masalan, 2017 yil may oyida ishga
    tushgan yapon kriptovalyuta birjasi Z.com talabgorlarning xaddan
    tashqari ko‘pligidan ishini vaqtincha to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi. 
    Kriptovalyutalar narxining tezlik bilan oshib ketishi blokcheyn-
    ekotizimlarining rivojlanishi bilan ham bog‘liqdir. Xususan, ICO
    mexanizmi (blokcheyndagi kraudfunding) tizimlari borgan sari omma-
    lashib bormoqda. Startap kompaniyalar keyinchalik rivojlanish maqsad-
    larida o‘zlarining shaxsiy kriptovalyutalarini ham chiqarishlari mumkin. 
    Investorlar esa bu kriptovalyutalarni sotib olib, startap muvaffaqiyatli 
    bo‘lgan taqdirda yaxshigina foyda olishlari mumkin. Xozirgi kunlarda juda 
    ko‘p ICO lar tashkil etilmoqda va ular tomonidan jalb etilgan moliyaviy 
    resurslar miqdori boyicha yangidan-yangi rekordlar qoyilmoqda. Masa-
    26
    http://www.rbc.ru/finances/19/07/2017/596ecfc19a7947d191a18dc3?from=newsfeed


    163 
    lan, Mozilla brauzerining avvalgi bosh direktori Brendan tomonidan
    tashkil etilgan Brave startapi ICO vositasida 30 sekund davomida $35
    mln mablag‘ yig‘a oldi. Nega bizning vatanimizda bunday 
    texnologiyalarga qiziqish unchalik katta emas? Chunki, birinchidan, 
    bizdagi bank-moliya mutaxassislari yangi texnologiyalarga juda 
    extiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladilar, ikkinchidan, ular tekshrilgan
    va uzoq muddat qo‘llanilgan texnologiyalardan foydalanishni afzal
    ko‘radilar va uchinchdan, bank-moliya sohasidagi mutaxassislarning
    amaliy va nazariy tayyorgarligi raqamli texnologiyalar nuqtai-nazaridan
    yetarli darajada emas. Ammo Kipr, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Singa-
    pur, Germaniya, Kanada va AQSh davlarlari asta-sekin raqamli
    elektron valuytalara o‘tishni rejalashtirishmoqda. Masalan, 2016 yiling
    boshida Xitoy Xalq banki kriptovalyutaga o‘tish rejasini e’lon qildi
    va xozirgi kunlarda naqd pullarni asta sekin blokcheynlarga o‘tkazish 
    uchun kerakli bo‘lgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xitoy
    mamlakati fuqarolari uchun bu ish hech qanday noqulaylik tug‘di-
    rmaydi, chunki bu tizimdan foydalanish xozirgi paytda foydalaniladi-
    gan WeChat yoki Alipay tizimlaridan unchalik farq qilmaydi. Ammo bu
    o‘zgarish biznes uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki bunda 
    oradagi vositachilar yo‘qoladi.
    Uzbek milliy valyutasi – so‘mni ham blokcheynga o‘tkazish
    davlatga bir qancha muammolarni hal qilish imkonini berar edi. Shu 
    jumladan:
    - Joriy bank operatsiyalarining shaffofligini oshirish;
    - Davlat sektori samaradorligini oshirish;
    - Ikkilamchi va yashirin bank sektorini yo‘q qilish;
    - Davlat apparatidagi byurokratiyani yengish;
    - Soliqlar to‘lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq
    to‘lamaslik;
    xolatlariga qarshi samarador kurashish;
    - Elektron tijoratning rivojlanishiga yangiimkoniyatlar berish;
    - Halqaro valyuta-kredit resurslarini O’zbekiston iqtisodiyotiga
    keng jalb qilish;


    164 
    - Moliya-kredit muassasalarining ishini yanada takomillashtirish va 
    boshqalar.
    Bunday xatti-harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda rivojlanishi
    uchun mamlakatimizda to‘rt xildagi yo‘nalish taklif etish mumkin:
    - Birinchi stsenariyda bit so‘m muomalaga chiqarilishi mumkin.
    O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga o‘tkazish unga 
    bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir qancha
    muammolarni qonunchilik asosida to‘g‘ri hal qilishga to‘g‘ri keladi.
    Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi
    beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo‘ladimi? Bit so‘m ichki va 
    tashki bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi? - 
    degan savollarga ham konkret javoblar topish lozim bo‘ladi.
    - Ikkinchi yo‘nalishda O’zbekistonda davlat blokcheyn tizimi tashkil 
    qilinadi va u o‘zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini qam-
    rab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya
    fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq
    to‘lash va mablag‘larni fondlarga o‘tkazish ishlarini avtomatlashtirish 
    imkonini beradi;
    - Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda
    yoki hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlri tajriba 
    to‘planganidan so‘ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi 
    (masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki 
    chet ellik mutaxassislar yordamida innovatsion korxonalarda);
    - Oxirgi, to‘rtinchi imkoniyat esa Rossiydagidek Markaziy bank
    tomonidan raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan
    pilot loyihani ishga tushirishdir (mastercheyn loyihasi). Ushbu plar-
    forma bozor ishtirokchilarining elektron usulda o‘zaro ma’lumot alma-
    shinishi va blokchenlarda identifikatsiya qilinishiuchun mo‘ljallangan-
    dir. Bu tizim asta sekin, kritpotajriba oshib borgan sari bir qancha
    davlat interaktiv hizmatlarining ham blokcheynga o‘tkazilishini ta’min-
    lashi mumkin.
    Respublikamizda kriptovalyuta boyicha malakali mutaxassislar-
    ning juda kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan
    tarzda bu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga


    165 
    oshirish zamona talabi bo‘lib qolmoqda. Lekin blokchen texnologiya-
    larni hayotga tadbiq qilish va o‘zbek kriptovalyutasini chiqarich inno-
    vasion g‘oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq boshlab
    yo‘lga qoyilishi kerak bo‘lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi
    ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar o‘zlarining milliy yoki korporativ 
    kriptovalyuta loyihalarini amalga oshimoqdalar va ular keyinchalik barcha 
    raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan 
    siqib chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng 
    muhim amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo‘lgani uchun, 
    kriptovalyutadan voz kechish kelajakda mamlakatdagi moliya-kredit
    tizimini va uning jahon moliya kredit tizimi bilan aloqalarini sezilarli 
    ravishdaizdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 

    Download 7.29 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   197




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish