• Iqtisodiy o‘sish
  •  Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o‘sish




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/197
    Sana21.10.2022
    Hajmi7.29 Mb.
    #27653
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197
    Bog'liq
    Дарслик

    1.4. Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o‘sish 
    Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning 
    iqtisodiy o‘sishi avvalombor bilimlar va intellektual potensial hisobiga 
    amalga oshirilmoqda. 1962 yilda avstriyalik olim F.Maxlup tomonidan 


    23 
    "bilimlar iqtisodiyoti" iborasi ilk bor amaliyotga kiritilib, uning ostida 
    milliy iqtisodiyotning biror bir sektori tushunilgan. 
    Hozirgi kunda esa ushbu ibora milliy iqtisodiyotning turini aniqlash 
    uchun ishlatilib, unda bilimlar asosiy rol o‘ynamoqda. Iqtisodiy o‘sishning 
    manbasi bo‘lib esa bilimlarni ishlab chiqish va ulardan samarali 
    foydalanish hisoblanmoqda. Bilimlar iqtisodiyotining shakllanib borishi 
    jarayonlarini davlatdagi iqtisodiyot va institutsional holat indeksi, bilimlar 
    indeksi, innovasiyalar indeksi, ta’lim indeksi va AKT indekslari asosida 
    kuzatib borish mumkin. Shuning uchun ham bilimlarga qilinayotgan 
    investisiyalar miqdori asosiy fondlarga qilinayotganlarga nisbatan o‘sib 
    bormoqda. Bilimlar - mahsulotdir, bir tomondan, shaxsiy bo‘lib, boshqa 
    tomondan esa jamoaviydir, ya’ni ulardan barcha kishilar foydalanishlari 
    mumkin. 
    Iqtisodiy o‘sish - ma’lum bir davr mobaynida milliy iqtisodiyotdagi 
    mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish hajmining yuksalib borishidir. 
    Unda ko‘pgina omillar o‘z aksini topadi, ya’ni milliy resurslardan rasional 
    foydalanish, iqtisodiyotning barcha darajalarini samarali boshqarish, 
    yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni nafaqat ichki bozorda, balki 
    globallashuv jarayonlari talablaridan kelib chiqqan holda tashki bozorda 
    xam ta’minlash kerak. 
    Iqtisodiy o‘sishning mutlaq ko‘rsatkichlardagi ifodasini YAIM, 
    milliy daromad, milliy boylik, davlatning to‘lov balansi va oltin-valyuta 
    zaxiralar yuksalishida ko‘rish, nisbiy miqdoriy iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi 
    ifodasini esa аhоли жон бошига YAИМ, аhоли даромадлари, исте’мол 
    миqдори, жамg‘армалар, инвестисиyaлар то‘g‘ри келиши билан 
    изоhлаш мумкин. 
    Xar bir mamlakatning iqtisodiy o‘sishini aniqlashda sifat ko‘rsat-
    kichlari xam muhim rol o‘ynaydi. Unga aholining bilimlilik darajasi, salo-
    matligi, milliy iqtisodiyotning tarmoq buyicha tarkiblanishi, jamiyatning 
    infratuzilmaviy rivojlanish darajalari kiradi. Bundan tashqari iqtisodiy 
    o‘sish aholining turmush sifati va darajasi o‘sishi bilan xam yaqindan 
    bog‘liq bo‘lib, u o‘z o‘rnida yashash davomiyligi o‘sishi, tibbiy xizmat si-
    fati yuksalishi, zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlari, ish kuni davomiyligi 
    qisqarishi, fuqarolar xavfsizligi va boshqalar bilan ifodalanadi. 


    24 
    Shuni ta’kidlab o‘tishimiz mumkinki, hozirgi davrda iqtisodiy o‘sish 
    omillaridan bo‘lib mehnat, kapital, texnologiyalar, yer va axborot- 
    kommunikasiya texnologiyalari hisoblanmoqda. 
    Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasi global 
    innovasiyalarni keng joriy etish asosida ko‘pgina davlatlar iqtisodiy 
    o‘sishini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridandir. Milliy iqtisodiyotning 
    ushbu sohasi ko‘pgina davlatlarda endigina shakllanmoqda, lekin, 
    rivojlangan davlatlarda esa u iqtisodiy o‘sishning lokomotivi bo‘lib xizmat 
    kilmoqda. AKT mehnat unumdorligini yuksaltirish va boshqa barcha 
    resurslardan optimal foydalanishning asosiy omili bo‘lib, zamonaviy 
    iqtisodiyotda ahamiyatli resurslarga aylanmoqda. 
    AKT mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqarish bilan asosan 
    Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Xitoy kabi industrial davlatlar 
    shug‘ullanayotgan bo‘lsa, ularning iste’molchilari esa rivojlanayotgan 
    mamlakatlar hisoblanmoqda. AKT samaradorligi indeksi buyicha esa 
    dunyoda Shvesiya, Singapur, Finlyandiya, Shveysariya, AQSH, Daniya va 
    Kanada mamlakatlari ilg‘orlik qilishmoqda. Jahon tajribasi shuni 
    ko‘rsatmoqdaki, AKTning samaradorlik indeksi bozor muhiti, uni tartibga 
    solish muhiti, infratuzilma, aholi tayyorgarligi, biznesning tayyorgarligi, 
    AKTdan aholining, biznesning va davlatning foydalanish darajalari bilan 
    ifodalanadi. 
    AKT oldingi texnologiyalarga nisbatan bir qator o‘ziga xos jihatlari 
    bilan ajralib turadi. Ularning iqtisodiy o‘sish va milliy iqtisodiyotga ta’siri 
    sifat jihatdan boshkacha tusda bo‘ladi. Avvalombor AKTni tarqatish va 
    undan foydalanish global xarakterga ega. Bu texnologiya unumdorligi va 
    iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirish mumkin bo‘lgan barcha sohalarda 
    qo‘llaniladi, jumladan, boshqaruv sohasida xam. 
    Boshqaruv va biznes jarayonlarida AKTdan samarali foydalanayot-
    gan mamlakatlarning tajribasi judayam e’tiborlidir. Singapur davlati 
    dunyoda birinchi bo‘lib optik tolali tarmoq bilan barcha sohalarini 100 % 
    ta’minladi, Shvesiya davlatida 2012 yilda barcha kompaniya va uy 
    xo‘jaliklari optik tola bilan 100 % kamrab olindi. Ushbu texnologik yorib 
    utish ularning iqtisodiy o‘sishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 


    25 
    AKTning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini bevosita va bilvosita 
    samaradorlik asosida aniqlash mumkin. Bevosita samaradorlik ushbu soha 
    infratuzilmasiga kilinayotgan investisiyalar, axborot xizmatlarining keng 
    kirib kelishi va AKT sohasidagi bandlikning yuksalishi bilan ifodalanadi. 
    Ushbu sohaning iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri AKT mamlakatning 
    uzoqda joylashgan hududlarigacha kirib borishi bilan boglikdir. AKTga 
    kilinayotgan investisiyalar o‘z urnida yangi ish o‘rinlarini yaratishga olib 
    kelib, turmush sifatini xam yuksaltiradi. 
    AKTga kilinayotgan investisiyalar rivojlangan va rivojlanayotgan 
    davlatlar iqtisodiyotini yanada yuksaltirishning asosiy omillaridan 
    Hisoblanmoqda. AKT tarmog‘i rivojlangan davlatlarda raqobatbardoshlik 
    darajasi xam yuqori bo‘lib, улар истиqболда iqtisodiyotdagi samarador-
    likni oshirmoqda. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, AKTga kilinadigan 
    investisiyalar mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga xam ijobiy 
    ta’siri ko‘rsatmoqda. 7.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, AKTga investisiyalar 
    miqdorini 10% ga oshirganda YAIM Buyuk Britaniyada 0,6%ga, 
    Avstraliyada 0,8% ga, Yangi Zelandiyada 0,9%ga, Malayziyada 0,14%ga 
    yuksalgan. Ushbu ko‘rsatkich dunyo mamlakatlari bo‘yicha o‘rtacha 
    0,7%ni tashkil kilgan. 
    AKT sektorining bilvosita samaradorligi mehnat unumdorligining 
    yuksalishi, AKT potensiali yuqori bo‘lgan mamlakatlarda to‘g‘ridan-
    to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘sishi, innovasion klasterlar shakllanishi va 
    axborot xizmatlari eksporti yuksalishi bilan ifodalanadi. AKT omilining 
    iqtisodiy o‘sishga ta’siri darajasi AKT bozori, mobil aloqa, keng polosali 
    Internet va shaxsiy kompyuterdan foydalanish miqyosi va ularning davlat 
    darajasida joriy qilinishi intensivligiga ham bog‘liq. 


    26 

    Download 7.29 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197




    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o‘sish

    Download 7.29 Mb.
    Pdf ko'rish