IPO2014 da salkam $900 million yig‘a olgan. Fintex




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197
Bog'liq
Дарслик

IPO2014 da salkam $900 million yig‘a olgan. Fintex investitsion 
imkoniyatlarni kraudfonding mexanizmi yordamida ancha kengaytirshi 
mumkin. Bular jumlasiga Kickstarter, Indiyegogo, Crowdcube kompa-
niyalarini misol qilib keltira olamiz. Robot-maslahatchilar ham investitsi-
yalar olamida inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldilar.
Kearney konsalting kompaniyasi hisobotiga ko‘ra 2020 yilga kelib, 
Roboinvestorlar AQSH investitsion aktivlarining 5,6% ni tashkil qiladilar 
yoki $2 trilloin jalb qila oladilar.Moliyaviy masalalar bo‘yicha ko‘zga 
ko‘ringan mutaxassis Djon Chaplinning aytishicha, yaqin ikki yillarda 
fintex ishlanmalar bo‘yicha eng ilg‘or hududlarga Osiyo, Afrika, Shimoliy 
Amerika, Lotin Amerikasi va evropa mamlakatlari kirishi kutilayapti. Bu 
esa an’anaviy moliyaviy infratuzilmalar va qotib qolgan qo‘pol bank 
tizimlari ularda yo‘q bo‘lgani uchun, rivojlanayotgan mamlakatlarga yangi 
moliyaviy texnologiyalarni qo‘llagan xolda o‘z muammolarini muvaffa-
qiyatli hal qilishlariga va tez sur’atlar bilan rivojlanishlariga imkon 


235 
yaratadi. Mamlakatimiz bunday imkoniyatdan foydalana oladimi yoki 
yo‘qmi – bu oliy boshqaruv organlarining irodasida bog‘liqdir. Rivojlan-
gan mamlakatlarda fintex ishlanmalar eng avvalo onlayn servislarni 
rivojlantirishga qaratilgan, rivojlanayotgan davlarlarda esa bunday 
startaplar mobil telefonlarning keng bozoriga yo‘naltirilgan.
Telekommunikatsiyalar xalqaro ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, dunyo 
aholisining 95,5% qismi mobil telefonlardan foydalanadilar – bu ma’noda 
mobil servislarning internetdan ko‘ra samaradorroqligi ma’lum bo‘ladi. 
M-Pesa deb nomlangan mobil pul o‘tkazmalari servisi bank tashkilotlari 
yetishmasligi sharoitida Keniya va Bangladeshdagi iqtisodiy holatni 
o‘zgartirishga ta’sir qildi. Bangladeshda mikromoliyalashtirish (garovsiz 
kam miqdordagi kredit berish) tarmog‘i yaxshi rivojlangani tufayli bKash 
servisi pullarni oluvchilarga tez va osongina o‘tkazishga imkon beradi.
Fintexning Afrika qit’asidagi holati tahlil qilinganuda undagi 16 
davlatda mobil pul hisob raqamlarining bank xisob raqamlaridan ko‘ra 
ancha ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Demak, rivojlangan mamlakatlardagi fintex-
kompaniyalar nafaqat moliyaviy hizmatlar qulay bo‘lishiga intiladilar, 
balki ular millionlab insonlar real iqtisodiyotning afzalliklaridan foydala-
nishlariga imkon beradigan yangi raqamli infratuzilmalar yaratadilar. 
Shuning uchun ham IBM InterConnect 2015 anjumanida Citi 
kompaniyasining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha eksperti, raqamli 
marketing bo‘yicha mutaxassis Xizer Koks “Insonlarga banklar emas, 
balki banking kerakligini unutmang , - deb aytdi. Bu haqda JP Morgan 
bankining bosh direktori Djeymi Daymon o‘zining hissadorlarga bo‘lgan 
yillik murojaatida quyidagilarni ta’kidladi: “Juda aqlli va katta pullarga 
ega bo‘lgan yuzlab startaplar barcha an’anaviy bank tizimini o‘zgartirish 
va yo‘q qilishga qodir bo‘lgan texnologiyalar yaratish ustida 
ishlamoqdalar”. Haqiqatan ham raqobatlashish startaplarning aspsiy 
xususiyatlaridir va ular bir qancha afzalliklarga ham egalar: aniqlik, 
texnologik nay-xaylar, kichik o‘lchamli va xodimlari juda talantlidir. 
Huddi shuning uchun ham ko‘pchili banklar raqobatlashishni emas, balki 
hamkorlikni afzal ko‘ra boshladilar. Yuqorida aytilganlar tufayli 
banklarning rivojlanishida ikkita ssenariyni ko‘rsatish mumkin: Birinchi 
ssenariyda banklar o‘z biznes modellarining ajoyibligiga ishongan xolda 


236 
ishlay beradilar va yangi sharoitlarga moslasha olmay, raqobat kurashiga 
mag‘lub boladilar. Ikkinchi ssenriyda banklar yangi texnologiyalarning 
juda ham muhimligini anglaydilar va innovatsion texnologiyalarni o‘z 
fao‘iyatlarida qo‘llab, yangi biznesmodellardan foydalana boshlaydilar. Bu 
esa jahon miqyosida moliyaviy xizmatlarning osonlashishiga, arzonlashi-
shiga va mijozlar uchun turlituman qulayliklar yaratilishiga olib keladi. 
Qanday turdagi asosiy xatolar va xolatlar moliyaviy texnologiyalar 
bo‘yicha loyihalarning amalga oshishiga halaqit berishini quyida ko‘rib 
chiqishga harakat qilamiz:
Birinchidan, respublikamizda venchur korxonalar va ular bilan bog‘liq 
bo‘lgan venchur investitsiylar rivojlanmagan yoki bunday mexqanizmni 
bizning tadbirkorlar hali pishiq-puxta o‘rganishmagan;
Ikkinchidan, mamlakatimizdagi tadbirkorlarning chet ellardagi 
moliyaviy texnologiya kompaniyalari va mutaxassislari bilan aloqalari 
maqtanalarli darajada emas. Chunki chet tillarni bilmaslik, bu sohadagi 
yangi adabiyotlarning mavjud emasligi yoki kamchilligi, yangi texnologi-
yalarga qiziqmaslik yoki ularni tushunmaslik innovatsion texnologiyalarni 
mamlakatimizda joriy qilish uchun o‘ziga hos to‘siq bo‘lib turibdi;
Uchinchidan, ko‘p yillar davomida bu sohaga yetarlicha e’tibor 
berilmagani tufayli moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha startaplar va biznes 
farishtalarning bizda sanoqli ekanligi;
To‘rtinchidan, ichki investitsiyalar uchun juda muhim bo‘lgan 
kapitalning chet ellarga nazoratsiz oqib ketayotganligi va yangi 
innovatsion texnologiyalar bo‘yicha ta’lim jarayoning juda ham sust bo‘lib 
qolganligi. 

Download 7.29 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IPO2014 da salkam $900 million yig‘a olgan. Fintex

Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish