• Gartli
  • Galler, Proxazka
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova




    Download 2.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/346
    Sana01.11.2023
    Hajmi2.94 Mb.
    #92952
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   346
    Bog'liq
    хайдаров, халилова. umumiy psixologiya
    ekons, Axborotni himoyalashning texnik usullari va vositalari topshirig` 3-modul, 38-мактаб ҳозирги ҳолат (2), download-document (1), Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi
    determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya'ni tabiat, 
    jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob'ektiv sabablar bilan 
    belgilanligi haqidagi ta'limot targ’ibotchisi edi. 
    XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnis (1646-1716) ning ta'limoti 
    matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta'sir etgan 
    edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yig’indi tariqasida emas, balki integral 
    tarzda namoyon bo’ladi. Leybnis tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi 
    g’oyasiga tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar di 
    qqat va xotirani o’z ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnis 
    psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda 
    psixikaning onglilik va ongsizlik ko’rinishlari o’rtasidagi murakkab nisbat 
    haqidagi g’oyani olib kirdi. 
    XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning 
    "sof" aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta'limotning, ya'ni aqlda hech qanday tug’ma 
    g’oyalar va tamoyillar bo’lishi mumkin emasligi haqidagi ta'limotning oldingi 
    marraga ko’tarilishiga olib keldi. Bu ta'limotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon 
    Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi. Uni empirik psixologiyaning 
    asoschisi deb, hisoblash qabul qilingan. Barcha bilimlarning tajribadan kelib 
    chiqishi haqidagi ta'limoti psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan. 
    Chunki u ruhiy hayotning aniq faktlari oddiy hodisalardan murakkab hodisalarga 
    o’tish yo’llari puxta o’rganilishini taqazo etadi. J. Lokkning fikricha, tajribaning 
    ikkita manbai mavjud bo’lib, biri tashqi sezgi a'zolarining faoliyati (tashqi tajriba) 
    va ikkinchisi o’zining xususiy miyani idrok etuvchi aqlning ichki faoliyati (ichki 
    tajriba) dir. Kishi hech qanday g’oyalarga ega bo’lmagan holda dunyoga keladi. 
    Uning ruhi - "toza taxta" bo’lib, keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba 
    oddiy va murakkab g’oyalardan tarkib topadi. Bu g’oyalar yo sezgilardan, yo ichki 


    12 
    idrok (refleksiya) lardan hosil bo’ladi. Ikkinchi holatda ong real narsalarga emas
    balki o’z xususiy mahsuliga yo’naltirilib, o’zi bilan o’zi bo’lib qoladi. J.Lokkning 
    refleksiya ta'limoti kishi psixologik faktlarni interospektiv tarzda bilib oladi degan 
    taxminga asoslangan edi. Bu bilan yana dualizm ta'limoti ilgari suriladi. Ong va 
    tashqi olamni prinsipial jihatdan turlicha usullar yordamida bilish mumkinligi 
    jihatidan ham ular bir-biriga qarama-qarshi qo’yilar edi.
    J.Lokkning tashqi va ichki tajriba to’g’risidagi ta'limoti ikki xil xarakterga 
    ega ekanligi ham materialistik ham idealistik ta'limotlarning taraqqiyotiga turtki 
    bo’ldi. Materialistlar Gartli (1705-1784) bosh bo’lgan fransuz, A.N.Radishchev 
    (1749-1802) boshchiligidagi rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos 
    qilib, olib inson psixikasining ichki mazmuni asosida odam atrof-muhit bilan 
    o’zaro munosabati yotadi degan edilar. 
    XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi 
    (Galler, Proxazka). Buning natijasida psixika miya funksiyasi ekanligi haqidagi 
    ta'limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va fransuz Fransua 

    Download 2.94 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   346




    Download 2.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova

    Download 2.94 Mb.
    Pdf ko'rish