O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov




Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/124
Sana13.05.2023
Hajmi8.76 Mb.
#59367
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124
Bog'liq
MATERIALLARNI TEXNOLOGIK
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
O’rtacha zichlik – material namunasining uning massasini 
egallagan butun hajmga (undagi g’ovak va kovaklar bilan birga) nisbati 
bilan aniqlanadigan fizik kattalikdir. O’rtacha zichlik ρ
m
(kg/m
3
, g/sm
3

quyidagi formuladan topiladi: 
ρ
m
m / V,
 
 
 
 
(1.2) 
bu yerda: m – materialning tabiiy holatdagi hajmi, m
3
yoki sm
3

Ba’zi qurilish materiallarning haqiqiy va o’rtacha zichligi 
1.2-jadval 
Material 
Zichligi, kg/m

haqiqiy 
o’rtacha 
Po’lat 
7850 – 7900 
7800 – 7850 
Granit 
2700 – 2800 
2600 – 2700 
Ohaktosh 
2400 – 2600 
1800 – 2400 
Qum 
2500 – 2600 
1450 – 1700 
Sement 
3000 – 3100 
900 – 1300 
Keramik g’isht 
2600 – 2700 
1600 – 1900 
Og’ir beton 
2600 – 2900 
1800 – 2500 
Qarag’ay 
1500 – 1550 
450 – 600 
Poroplastlar 
1000 – 1200 
20 – 100 
O’rtacha zichlik doimiy emas, u materialning g’ovakliligiga qarab 
o’zgaradi. Sun’iy materiallarni kerakli o’rtacha zichlikda tayyorlash 
mumkin, masalan, g’ovakligini o’zgartirib o’rtacha zichligi 1800 – 2500 
kg/m

bo’lgan og’ir beton yoki o’rtacha zichligi 500 – 1800 kg/m

bo’lgan yengil beton olinadi. 
O’rtacha zichlik kattaligiga materialning namligi ta’sir qiladi: 
namligi qancha yuqori bo’lsa, materialning o’rtacha zichligi shuncha 
katta bo’ladi. Materiallarning o’rtacha zichligini ularning g’ovakliligini, 
issiqlik o’tkazuvchanligini, issiqlik sig’imini, konstruksiyalarning 
mustahkamligini (o’z massasini hisobga olgan holda) hisoblash va 
materiallar tashish narhini hisoblab chiqish uchun bilish zarur. 
Sochiluvchan materiallar (sement, qum, chaqiq tosh, shag’al va 
boshqalar) uchun to’kma zichlik aniqlanadi. Bunday materiallarning 
hajmi materialning o’zidagi g’ovaklargina emas, balki donalar yoki 
material bo’laklari orasidagi bo’shliqlarni ham o’z ichiga oladi.


14
Materialning g’ovakligi deb uning hajmining g’ovaklar bilan 
to’ldirilish darajasiga aytiladi. G’ovaklik P zichlikni 1 yoki 100% gacha 
to’ldiradi va quyidagi formuladan aniqlanadi: 
P = 1 – ρ
m
/ ρ  
(1.3)
yoki 
P = (1 – ρ
m
/ ρ) 100 %. 
(1.4) 
Turli materiallarning g’ovakliligi katta chegaralarda o’zgaradi va 
g’isht uchun 25 – 30%, og’ir beton uchun 5 – 10%, gaz-beton uchun 55 
– 85%, penoplast uchun 95% ni tashkil qiladi, shisha va metallning 
g’ovakliligi nolga teng. Material xossasiga g’ovaklilik kattaliligina 
emas, g’ovaklarning o’lchami va xarakteri ham katta ta’sir ko’rsatadi: 
mayda (0,1 mm gacha) yoki yirik (0,1 dan 2 mm gacha), berk yoki 
tutash g’ovaklar bo’ladi. Materialning butun hajmi bo’ylab bir tekis 
taqsimlangan mayda berk g’ovaklar materialga issiqlik izolyatsiya 
xossalarini beradi. 
Zichlik 
va 
g’ovaklik ko’p jihatdan materialning suv 
shimuvchanligi, suv o’tkazuvchanligi, sovuqbardoshligi, mustahkamligi, 
issiqlik o’tkazuvchanligi kabi xossalarini belgilaydi.

Download 8.76 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124




Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov

Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish