• 1.3. Materiallarning mexanik xossalari
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov




    Download 8.76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/124
    Sana13.05.2023
    Hajmi8.76 Mb.
    #59367
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124
    Bog'liq
    MATERIALLARNI TEXNOLOGIK
    Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
    O’tga chidamliligi deb materialga yuqori temperatura uzoq vaqt 
    ta’sir qilganda erimasdan va shakli o’zgarmasdan chidash xossasiga 
    aytiladi. O’tga chidamlilik darajasiga ko’ra materiallar olovga chidamli, 
    qiyin eriydigan va oson eriydigan materiallarga bo’linadi. 
    O’tga chidamli materiallar 1580ºС dan yuqori temperaturalarning 
    uzoq muddatli ta’siriga chidamlidir. Ular sanoat pechlarining ichki 
    yuzalarini qoplash uchun ishlatiladi. Qiyin eriydigan materiallar 1350 va 
    1580ºС gacha temperaturaga bardosh bera oladi. Oson eriydigan 
    materiallar 1350ºС dan past temperaturada yumshaydi. 
    1.3. Materiallarning mexanik xossalari 
    Materiallarning mexanik xossalari tashqi kuchlarning yemiruvchi 
    va shaklini buzuvchi ta’siriga qarshilik ko’rsatish xususiyatlaridir. 
    Mexanik xossalar mustahkamlik, egiluvchanlik, plastiklik, mo’rtlik, 
    zarbga qarshiligi, qattiqligi, ishqalanib yedirilishi, yeyilishi va 
    hokazolardan iborat. 
    Materialning mustahkamligi tashqi kuchlardan vujudga keladigan 
    ichki kuchlanishlar ta’siri ostida yemirilishga qarshilik ko’rsatish 
    xossasidir. Bino va inshootlarda materiallar turli kuchlar ta’sirida har xil 
    ichki kuchlanishlar (siqilish, cho’zilish, egilish, kesilish va boshqalar) ga 
    duch keladi. Mustahkamlik ko’pchilik qurilish materiallarining asosiy 
    xossasi hisoblanadi, muayyan kesimda ayni material o’ziga olishi 
    mumkin bo’lgan yuklamalar kattaligi uning qiymatiga bog’liq bo’ladi. 
    Qurilish materiallari kelib chiqishi va tuzilishiga qarab turli 
    kuchlanishlarga turlicha qarshilik ko’rsatadi. Masalan, mineral 
    materiallar (tabiiy tosh, g’isht, beton va boshqalar) siqilishga yaxshi, 
    kesilishga deyarli yomon va cho’zilishga bundan ham yomon qarshilik 
    ko’rsatadi, shu sababli ulardan, asosan, siquvchi kuch ta’siriga 
    uchraydigan 
    konstruktsiyalarda 
    foydalaniladi. 
    Boshqa 
    qurilish 
    materiallari (metall, yog’och) ning siqilish, egilish va cho’zilish 
    xususiyati yaxshi, shu sababli ular eguvchi kuch ta’siriga uchraydigan 
    turli konstruktsiyalarda (balkalar, fermalar va shunga o’xshashlar) 
    muvaffaqiyatli ishlatiladi. 
    Materialning mustahkamligi mustahkamlik chegarasi bilan 
    tavsiflanadi. Mustahkamlik chegarasi deb material namunasini yemira 
    oladigan kuchga teng bo’lgan kuchlanishga aytiladi. Siqilishda R
    siq 
    yoki 
    cho’zilishda R
    cho’z
    mustahkamlik chegarasi (MPa) quyidagi formula 
    bilan hisoblab topiladi: 
    R
    siq 
    (R
    cho’z 
    ) = R / F, 

     
    (1.7) 


    17
    bu yerda: R – yemiruvchi kuch, N; F– namuna ko’ndalang kesimining 
    yuzasi, mm
    2

    Ba’zi 
    materiallarning 
    siqilish, 
    egilish 
    va 
    cho’zilishga 
    mustahkamlik chegaralari 1.3-jadvalda keltirilgan. 
    Qurilish materiallarining mustahkamligi odatda markasi bilan 
    belgilanadi. Marka qiymati bo’yicha standart shakl va o’lchamli 
    namunalarni sinashda olingan siqilishga mustahkamlik chegarasiga 
    muvofiq bo’ladi. Tosh materiallar uchun quyidagi markalar belgilangan: 
    4, 7, 10, 15, 25, 35, 50, 75, 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 
    1000. Masalan, siqilishga mustahkamlik chegarasi 20 - 29,9 MPa 
    bo’lgan materiallar 200 markaga taalluqli bo’ladi. Ko’tarib turadigan 
    konstruktsiyalar tayyorlanadigan materiallar, buyumlar va detallar uchun 
    mustahkamlik markasi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. 
    Ba’zi materiallarning mustahkamligi 
    1.3-jadval 
    Materiallar 
    Mustahkamlik chegarasi, MPa 
    siqilishga 
    egilishga 
    cho’zilishga 
    Granit 
    150 – 250 
    – 
    3 – 5 
    Og’ir beton 
    10 – 50 
    2 – 8 
    1 – 4 
    Keramik g’isht
    7,5 – 30 
    1,8 – 4,4 
    – 
    Po’lat 
    210 – 600 
    – 
    380 – 900 
    Yog’och-taxta 
    30 – 65 
    70 – 120 
    55 – 150 
    SHisha plastika 
    90 – 150 
    130 – 250 
    60 – 120 

    Download 8.76 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124




    Download 8.76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov

    Download 8.76 Mb.
    Pdf ko'rish