• 3.2. Panshaxali avtoyuklagichlar
  • -BOB. YUK ORTISH–TASHISH MASHINALARI




    Download 8.76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/124
    Sana13.05.2023
    Hajmi8.76 Mb.
    #59367
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
    Bog'liq
    MATERIALLARNI TEXNOLOGIK
    Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
    3-BOB. YUK ORTISH–TASHISH MASHINALARI 
    3.1. Yuk ortish-tashish mashinalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar 
    Sanoat ishlab chiqarishda yuklarni ortish-tashish ishlarini bajarish 
    uchun yuklagich va tushirgich mashinalaridan foydalaniladi. 
    Yuk ortish-tashish mashinalari sochiluvchan, mayda bo’lakli va 
    donali yuklarni ishlab chiqarish korxonalari hududida tsexlararo tashish 
    va omborlarda ortish-tashish ishlarini bajarishda qo’llaniladi. Ularga 
    traktor, avtomobil yoki maxsus ramalarga o’rnatilgan hamma turdagi 
    yuklagichlar 
    va 
    relssiz 
    aravachalar 
    kiradi. 
    Ular 
    o’zining 
    manyovrchanligi,
    nisbatan kichik o’lchamlari va massasining kichikligi 
    bilan farqlanadi. Yuklagichlar asosan ish organining turi bo’yicha 
    klassifikatsiyalanadi. Ularning konstruktsiyasi yukni ish organi bilan 
    botirib oladigan yoki biror usulda ko’taradigan bo’ladi.
    Yuklagichlar uzluksiz va davriy ishlaydigan, yurish qismining 
    tuzilishi bo’yicha gusenitsali va g’ildirakli bo’ladi. Ular avtomobillar, 
    traktorlar va shataklovchilar bazasida ishlab chiqariladi.
    Yuklarni ortish–tushirish mashinalari bajaradigan vazifasiga ko’ra 
    ikki xil bo’ladi: donali yuklar uchun ortish-tashish avtomobillari
    sochiluvchan materiallar uchun bir yoki ko’p cho’michli yuklagichlar.
    3.2. Panshaxali avtoyuklagichlar 
    Avtomobil bazasida ishlab chiqariladigan avtoyuklagich yuk bilan 
    harakatlanish tezligi 1,5...2 km/soat, yuksiz esa 40 km/soat. 
    Avtoyuklagichlar 1,5...5 t yuk ko’tara oladi. Avtoyuklagichning ichki 
    yonuv dvigatelli, elektrodvigatelli va akkumulyatorli turlari mavjud.
    Avtoyuklagichda quyidagi almashtiriladigan ishchi qismlari bor: 
    panshaxa, qamragich, cho’mich, greyfer, kran strelasi va hokazo.
    Donali yuklarni ortish uchun ishlatiladigan yuklagichlarning ishchi 
    organi panshaxa ko’rinishida bo’ladi, u to’g’ri burchak hosil qilib 
    egilgan ikkita qalin metalldan tayyorlanadi. Bular ko’pincha yuk 
    avtomobillari 
    uzellari 
    asosida 
    tayyorlanadi 
    va 
    panshaxali 
    avtoyuklagichlar deyiladi. 
    Panshaxali avtoyuklagich (3.1-rasm, a) avtomobil yurish qismida 
    ramaning oldingi va orqa ko’priklariga o’rnatilgan bo’ladi.
    Panshaxali avtoyuklagichlarda yukni ko’tarish va tushirish 
    panshaxa bilan bajariladi. Panshaxa mashinaning oldi yoki yon 
    tomoniga o’rnatiladi. Avtoyuklagichlar idishli yuklarni ortish-tashishda 
    avtomobillar, samolyotlar, vagonlar, temir yo’l platformalariga yuk 
    ortish-tashishda ishlatiladi, shuningdek uyumdan xom ashyoni ko’tarib 


    26 
    agregatlarga, tsexlarga uzatish, tsexlar ichida va tsexlararo yuklarni 
    tashish, asbob-uskunalarni montaj qilish va qurilishda yordamchi 
    ishlarni, ya’ni sochiluvchan materiallarni kovsh yordamida yuklashda 
    qo’l keladi. Avtoyuklagichlar bilan yuklarni 500 m masofaga tashish 
    mumkin. Ular gorizontal tekislikda, ya’ni sement-beton, asfalt-beton
    toshli va tabiiy tekislangan yo’llarda ishlatiladi. Avtoyuklagichlarni 
    +40

    issiqlik sharoitida ham ishlatish mumkin. Ularning tezligi 10 
    km/soat, yuksiz esa 30-35 km/soat, ular qiyaligi 8

    , eni 40 m bo’lgan 
    joydan o’ta oladi. Yukni maksimal ko’tarish balandligi 2000, 2800, 
    3200, 4500 mm gacha bo’ladi. Ularni yuk ko’taruvchanligiga qarab 3 
    turga bo’lish mumkin: a) yengil 1...2 t gacha; b) o’rta 3,2...5,0 t gacha; 
    v) og’ir 10,0 t gacha. Yukni ko’tarish tezligi 10-30 m/min gacha bo’ladi. 

    Download 8.76 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




    Download 8.76 Mb.
    Pdf ko'rish