O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov




Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/124
Sana13.05.2023
Hajmi8.76 Mb.
#59367
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124
Bog'liq
MATERIALLARNI TEXNOLOGIK
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
4.3-rasm. Elektrovoz YeL-1. 
Motor-dumpkaralar 
elektr 
tortish 
kuchiga 
ega 
bo’lgan 
harakatlanuvchi tarkibning bir turi bo’lib hisoblanadi. Bunday hollarda 


44 
bitta yoki ikkita dumpkaralar tortish dvigateli va qisman apparatura 
bilan jihozlanadi. SHunday qilib, poezd tortish agregati (boshqarish 
elektrovozi va motor-dumpkara) va shataklanuvchi dumpkaralardan 
iborat bo’ladi. Bunday poezdlarni qo’llashdan maqsad poezdlarni 
og’irlik normasi yoki yo’lning qiyalik normasi ortganda ana shu motor-
dumpkaralar ishga tushib poezd harakatiga yordam beradi. 
 
 


45 
5-BOB. YUK AVTOMOBILLARI 
5.1. Avtomobil rivojlanish bosqichlari 
Hozirgi kunda xom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq 
usulda ko’mir va ruda qazib chiqarish, sanoat usulida uy-joy binolari va 
sanoat korxonalari qurish, qishloq xo’jaligiga zarur yuklar, o’g’it va turli 
mahsulotlarni tashish, keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga 
yetkazib berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi.
«Avtomobil» so’zi (avto-grek tilida – o’zi, mobil-lotincha 
harakatlanuvchi) o’zi harakatlanuvchi degan ma’noni bildiradi. 
Avtomobil quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi sifatida 
mustaqil energiya manbaiga ega bo’lgan dvigatel bilan jihozlangan 
hamda katta komfortabel va xavfsizlikka ega bo’lgan holda relssiz 
yo’lda yuk tashish uchun mo’ljallangan mashinadir.
Hozirgi avtomobillarning asosiy baza modellari quyidagilardir: 
KAMAZ, ZIL; GAZ; KraZ; MAZ; BelAZ; URAL; KAZ, MAN, 
HOVA, FOTON, ISUZU va hokazo. 
Keyingi yillarda dizellar ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan 
ko’paytirilib, GAZ, ZIL, URAL, KAZ avtomobillariga dizel dvigatellari 
o’rnatish yo’lga qo’yilgan. 1990 yilga kelib dizel o’rnatilgan 
avtomobillar 1985 yilga nisbatan 2 marta, tirkama (pritsep) va yarim 
tirkamalar esa 1,4 marta ortdi. 1990 yilga kelib ko’p yuk ortadigan 
avtomobillar va ularning asosida ko’p yuk tortadigan avtopoezdlar, 
ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari va avtomobil tirkamalari 1985 yilga 
nisbatan 48,1 foizga ko’paytirildi. Ana shu davrda Moskvadagi 
Lixachev nomli avtomobil zavodida 12 tonna yuk ko’tara oladigan dizel 
dvigateli o’rnatilgan ikkita yetakchi ko’prikli, ZIL-169 markali 
avtomobil va uning o’zgartirilgan nusxalari ishlab chiqarila boshlandi. 
Gorkiy avtomobil zavodi 7 tonnagacha yuk ko’tara oladigan qiyin 
yo’llarda yurishga moslashtirilgan ikkita yetakchi ko’prikli GAZ-33 
(6x4) markali avtomobil va uning negizida xalq xo’jalik mahsulotlarini 
tashishga mo’ljallangan 6 tonnagacha yuk ko’tara oladigan GAZ-33B 
markali avtomobil samosvallarini, Ural avtomobil zavodi 7,5 
tonnagacha yuk ko’tara oladigan URAL-377 avtomobillarining ikki xil 
o’zgartirilgan nusxasini, ya’ni o’tag’on va qiyin yo’llarda yurishga 
mo’ljallangan avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishdi. Kutaisi 
avtomobil 
zavodi 
sement 
va 
beton 
tashishga 
ixtisoslashgan 
avtomobillardan tashqari, paxtani qop-qanorsiz tashishga mo’ljallangan
11,5 tonnagacha yuk ko’tara oladigan KAZ-717 markali samosval 


46 
avtomobillarini, Keremchuk avtomobil zavodi 11 tonnagacha yuk 
ko’tara oladigan KrAZ-256 B avtomobillarini ishlab chiqara boshladi. 
Bu avtomobilga Yaroslavl motor zavodida ishlab chiqarilayotgan sifati 
yaxshilangan zamonaviy YaMZ-238A dizel dvigateli o’rnatildi. Minsk 
avtomobil zavodi 95 tonnagacha yuk ko’tara oladigan MAZ-6422 
markali avtomobillarni va shimol, janub sharoitida qiyin yo’llarda 
yurishga mo’ljallangan har xil o’zgartirilgan nusxalarini, Belarussiya 
avtomobil zavodi 110 tgacha yuk ko’tara oladigan BelAZ-522 
avtopoezdini ishlab chiqarmoqda. 
Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab: yengil vazn 0,3…1,0 t, 
kichik vazn- 1,0…3,0 t, o’rtacha vazn 3,0…5,0 t, katta vazn 5,0…8,0 t 
va juda katta vazn 8,0 t dan ortiq yuk ko’taradigan avtomobillarga 
bo’linadi. 
Tashlama devorlari (bortlari) ochiladigan har xil ishbop kuzovli 
transport avtomobillarida xilma-xil yuklar tashiladi va bunday 
avtomobillar umumiy ishlarni bajaruvchi oddiy avtomobillar deb ataladi. 
Sochiluvchan yuklar, yukni o’zi ag’daradigan (samosval) transport 
avtomobillarida, suyuqliklar tsisternali avtomobilda, ko’pchilik oziq-
ovqatlar esa refrijirator-furgonlarda tashiladi, bunday avtomobillar 
ixtisoslashtirilgan avtomobillar deyiladi. Transport avtomobillarining
kuzovlarida bir vaqtning o’zida yo’lovchi va yuk tashilsa yuk-passajir 
avtomobillari deb yuritiladi. Bunday avtomobillar asosan yengil 
avtomobillar turkumiga kirib, ular universal kuzovga ega. 

Download 8.76 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124




Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov

Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish