144
3.5. DREAMWEAVER DASTURIDA ELEKTRON QOʻLLANMA
YARATISH
Web-dasturlash sohasi bo‘yicha Adobe Dreamweaver CS4 dasturini
o‘rgatuvchi multimediyali o‘qitish tizimi yaratilgan. Mazkur multimеdiyali
qo‘llanma Adobe Dreamweaver CS4 dasturini vidеodarslar orqali o‘rgatishga
mo‘ljallangan bo‘lib, bu qo‘llanmadan vеb-dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan
foydalanuvchilar hamda zamonaviy vеb-tеxnologiyalarni o‘rganmoqchi bo‘lganlar
foydalanishlari mumkin. Ularning mavjud analoglaridan farqi shundaki,
vidеodarslar to‘liq o‘zbеk tilida yaratilgan. Foydalanuvchi mеnyusi imkon
darajasida soddalashtirilgan.
Multimediyali ta’lim tizimini yaratishda bir qator jarayonlarni bajarish kerak,
jumladan, ta’lim sohasini tanlash va
zarur fanlarni tahlil qilish, videodarslar
yozishga mo‘ljallangan dasturlar orasidan eng yaxshisini tanlash, videodarslarni
yozish hamda montaj qilish va boshqalardan iborat. Videodarslar yozadigan
dasturlar bir nechtadir. Ulardan Webineria, UltraVNC Screen Recorder, Captivate,
BB
FlashBack Express, Camtasia Studio, Jing kabilarni alohida ajratib ko‘rsatish
mumkin. Ular kompyuter ekranidagi harakatlar, mikrofondan ovozlarni yozadi
hamda kompyuterlar tushunadigan video fayllar formatiga o‘girib beradi. Bu
vositalardan Camtasia Studio dasturi o‘zining interfeysi, juda ko‘plab
formatlari,
video fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo‘yilishi, darslarga menyular hosil
qilinishi bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayllarni ham
yaratish mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib
ko‘rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi
dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi.
Camtasia Studio dasturi to‘rtta yordamchi qismlardan iborat: Camtasia
MenuMaker, Camtasia Player, Camtasia Theater va Camtasia Recorder. Dasturning
asosiy qismi, shubhasiz, Camtasia Recorder hisoblanadi. Barcha darslar aynan shu
dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio dasturi
oynasining pastki qismida
timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud bo‘lib, u orqali audio va video fayllar
146
Ta’lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin. Buning uchun foydalanuvchi uchun navigatsiya menyusini yaratish kerak
bo‘ladi. Bunday navigatsiya interfeysini AutoPlay Media Studio dasturi yordamida
hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida vizual obyektlarni qo‘llagan holda
mukammal navigatsiyani yaratish mumkin. Interfeysda hosil bo‘ladigan har bir
sahifa xuddi web-sahifalar kabi ko‘rinishga ega bo‘lib, sahifalardagi obyektlarda
turli xil amallarni belgilash mumkin. Yaratilgan multimediyali o‘qitish
tizimi
foydalanuvchilarga diskda keladi. Bu diskni kompyuter diskovodiga qo‘yganda
diskdagi autorun.exe fayli ishga tushadi. Natijada foydalanuvchi uchun qulay
bo‘lgan navigatsiya menyusi ekranda hosil bo‘ladi. 2-rasmda videokursning barcha
sakkizta bo‘limi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, asosiy oynada kirish darsini ishga
tushiruvchi tugma bo‘lib, bu darsda kursning maqsadi, o‘rgatadigan sohaning
qisqacha tahlili hamda videokursdan foydalanish ko‘nikmalari yoritib berilgan.
Ekrandagi mos tugmaga bosilganda kerakli bo‘limning ichki sahifasiga o‘tiladi. Bu
sahifada shu bo‘limning darslari joylashgan bo‘ladi. Misol uchun, 1-bo‘limga
kirilganda 3rasmdagi oyna ochiladi:
57-rasm. Video kursning asosiy oynasi
147
58-rasm. Video kursning 1-bo‘lim oynasi
Videokursdagi biror-bir bo‘limga kirilgandan so‘ng
asosiy oynaga qaytish
uchun navigatsiya tugmalari mavjud. Ularni qo‘llab asosiy oynaga qaytish,
navigatsiya menyusini pastga tushirish va navigatsiya menyusini yopish mumkin.
Multimеdiyali qo‘llanmaning dasturiy va tеxnik talablari: OT: Windows /7/8/10/11;
Qattiq disk hajmi: ixtiyoriy; Opеrativ xotira: kamida 128 MB; Framework: ixtiyoriy;
Flash Player: ixtiyoriy; Videokodek: TechSmith Screen Capture Codec;
Audiokodek: Lame mp3.
Hozirda deyarli barcha sohaning elektron qo‘llanmalari mavjud. Biroq
axborotning insonlarga nafi teksagina foydali bo‘ladi. Shunday ekan, multimediyali
o‘qitish tizimlari tayyorlashda ham ana shu jihatga e’tibor qaratish zarur. Zero
bugungi kunda biror-bir mavzu yoki texnologiyani o‘rganishning bundan osonroq
usuli mavjud emas.