hamda “Sog’lom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamg’armasining ta’sis etilishi. O’zbekistonda
vujudga kelgan demakratik jarayonlar va sog’lom turmush vaziyatning o’ziga xosligi bilan
tavsiflanadi. Maktabning tarixan rivojlanishi davrida ta’limning tashkil etish shakllari turlicha
bo’lgan.
Ta’limning tashkil etish shakllari ma’lim ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga
xos holda shakllangan.
XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Y.A.Komenskiy (1592-
1670) tarixida birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratadi. Uning ta’limni tashkil
qilish haqidagi qarashlari nir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb
mamlakatlariga juda tez tarqalgan va ta’limni tashkil qilishning birdan bir shakli deb e’tirof
etildi. O’zbek maktablari oktabr to’ntarilishidan keyin sinf dars tizimiga o’tdi. Davlat tomonidan
1932 yil 25 avgustda “Boshlang’ich va o’rta maktabning o’quv dasturlari va rejimi to’g’risida”
qaror qabul qilindi. Bu qarorda “Boshlang’ich va o’rta maktabda o’quv
ishini uyushtirishning
asosiy shakli ma’lum guruh o’quvchilari nilan qat’iy mashg’ulot jadvaliga muvofiq dars olib
borish lozim; bunda bir guruh o’quvchilar sostavi sira o’zgarmasligi kerak, o’quv ishining bu
shakli o’qituvchining rahbarligi ostida, butun guruhni birlashtirib ishlashi, brigadalarga bo’linib
ishlash va har bir o’quvchining individual ishlashni o’z ichiga olishi; o’qitishning
xilma-xil
usullarini qo’llanishi kerak deb ko’rsatib qo’yiladi.
Endilikda mustaqil jumhuruyatimiz xalq ta’limi oldiga qo’ygan talab va ehtiyojlardan
kelib chiqqan holda maktab ta’limini tashkil qilishning yangi shakllari yaratilmoqda.
Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda sinf yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo’lgan ma’lum
miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Pedagogik adabiyotlarda dars deb bevosita o’qtuvchining
rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi;deb
takidlaydi?
Dars-o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli, o’quv ishlarining markaziy qismidir.
Maktablarimiz bosib o’tgan tarixiy davr ichida ta’limni tashkil qilish shakllari o’zgaradi,
rivojanadi. Hozir maktablarimizda qo’llanayotgan sinf dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda
olib boriladi.