|
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti
|
bet | 3/17 | Sana | 12.07.2023 | Hajmi | 113.16 Kb. | | #76620 |
Bog'liq O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi G-www.hozir.org Биотехнология 3 курс 2023 asosiy, O\'zbekistonong eng yangi tarixi majmua SSIRTQI, 1 - копия (11), 1 - копия (3), Sinxron raqamli iyerarxiyali (sdh) tolali optik aloqa tizimlariKirish
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz prezidenti I.Karimov “O`zbekiston o`qituvchi va murabiylariga” bag`ishlangan 2010 yil 30 sentyabrdagi ma`ruzasida shunday gaplarni aytgan edi: Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Muallim zoti ezgulik va ma`rifat yo`lining beminnat charog`bonidir” degan hikmatli so`zlar beixtiyor yodimizga tushadi. Bunday yuksak va haqqoniy baholar farzandlarimizni jismoniy va ma`naviy etuk, barkamol insonlar etib o`stirish, voyaga etkazishdek ezgu va mas`uliyatli ishni o`z zimmasiga olgan yurtimizdagi ming-minglab jonkuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz sha`niga munosib ekanini barchamiz bugun chuqur anglaymiz[1,2].
Haqiqatan ham, ko`z nuri va qalb qo`rini, butun ongli hayotini yosh avlodga va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag`ishlagan bir so`z bilan aytganda, Vatani-mizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan siz azizlarning kundalik olijanob mehnatingiz oldida ta`zim etsak arziydi albatta.
Biz mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta`lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an`analarimizga, ilg`or jahon tajribasiga asoslanib, hayoti-mizni tub yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta`lim-tarbiya sohasiga ustivor ahamiyat qaratib, bor kuch va imkoniyat-larimizni shu yo`lda safarbar etmoqdamiz.
Mohiyati va ahamiyatiga ko`ra chindan ham noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy davomi bo`lgan ta`limni rivojlantirish dasturi bugungi kunda hayot sinovidan o`tib, o`z hosilini berayotgani, xalqaro jamoatchilik tomonidan e`tirof etilayotgani barchamizga haqli ravishda g`urur iftixor bag`ishlaydi. Albatta, oldimizda turgan ezgu maqsadlarimizga erishish yo`lida yaratilgan barcha keng imkoniyatlar e`tirof etilyotgan bir paytda, biz, eng avvalo, bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan, ularni ishga solayotgan muallim va murabbiylarning og`ir va mas`uliyatli mehantining o`rni va ahamiyatini chuqur anglab, ularni munosib qadrlash va baholash barchamizning doimiy e`tiborimiz markazida turishini yaxshi tushunamiz. Biz mamlakatimizni modernizatsiya qilish, hayotimizni yanada erkinlashtirish hisobidan dunyodagi taraqqiy topgan dalvatlar qatoriga kirishni o`z oldimizga buyuk maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, ta`lim-tarbiya sohasidagi ishlarni aslo bo`shashtirmasdan, yangi va yuksak bosqichga ko`tarishni zamonning o`zi talab etmoqda. Uzluksiz ta`limning poydevori hisoblangan oliy ta`limni rivojlantirish, jamiyat va shaxs ehtiyojlarini to`laqonli qondirish hamda ta`lim jarayoni ishtirokchilariga zaruriy va etarli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan qator hukumat qarorlari oliy ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan rivojlanish va o`zgarishlarga asos bo`lish bilan birgalikda mazkur sohaning o`qituvchilariga o`ziga xos talablarni belgilab berdi.
Yurtimizda boshlangan islohotlar jarayonini izchillik bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga etkazish muammolarining asosiy echimlaridan biri malakali, fidoiy bakalavr o`qituvchilarni tayyorlashdir. Bunda ularga quyidagi asosiy talablar qo`yiladi: har bir bakalavr o`qituvchining o`z ishiga bo`lgan mas`uliyatini tubdan o`zgartirish, ularda tashabbuskorlik-pedagogik faoliyatga bo`lgan ijodiy munosabatni shakllantirish shaxsiy javobgarligini oshirish; ularning o`z sohasida kompetentli, ya`ni o`z ishining ustasi bo`lishi, o`z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilishi zarurligi.
Pedagogik kadrlarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning metodik tayyorgarligini shakllantirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish mazkur jarayonning samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi.
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish ta`lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo`llash quyidagi didaktik maqsadlarni ko`zda tutadi:
- ta`lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo`naltirish, uning Davlat ta`lim standarti bilan belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarni egallash samaradorligini oshirish;
- pedagogik kadrlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini, metodik tayyorgarligini oshirish, ularni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash; - Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish innovatsion texnologiyalarga asoslangan mashg`ulotlarda faol ishtirok etishini ta`minlash va innovatsion texnologiyalardan foydalanish uchun zarur metodik bilim, ko`nikma va malakalarni egallashiga zamin yaratish.
Yuqorida qayd etilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish bo`lg`usi informatika o`qituvchilarini kasbiy tayyorlash, ularning metodik tayyorgarligini oshirish,
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish innovatsion texnologiyalardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
Bu esa bo`lg`usi informatika o`qituvchilarining metodik tayyorgarligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanishni, ta`lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, ularni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashni ustuvor maqsad qilib belgilashni talab etadi.
Shu sababli innovatsion texnologiyalar sharoitida informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish informatika o`qituvchisining metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlariga muayyan o`zgartirishlar kiritish, uning mazmunini yangilash Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish yo`llarini ishlab chiqish lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti
|