1-bob. Innovatsion ta`lim texnologiyalari va innovatsion usullar
1.1. Innovatsion ta`lim texnologiyalari va unig dars jarayonidagi o`rni
Kuchli ta`sirchan va mustahkam o`qituvchilarni tayyorlash jarayonini faqatgina fan o`rnatgan ob`ektiv asoslar va amaliyotda tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin. Bu, albatta inovatsion ta’lim texnologiyalari (ITT) bilan bog`liqdir.
Innovatsiya pedagogik muammolar echimini izlash, ta`lim sohasida innovatsion jarayonlarning borishi, xususiyatlari, mazmuni tarkibi va klassifikatsiyasi, tekshirish natijalarini tahlil qilish bilan bog`liq.
«Innovatsiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. XX asr boshlarida biror bilim sohasiga yangi-liklarni kiritish va qo`llash fani yuzaga keldi. Olimlar yangiliklar kiritish va tekshirishni uch bosqichga ajratadilar: Birinchi bosqich - yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to`sqinlik qiluvchi omillarni o`rganish va turli xil yangiliklarning empirik ma`lumotlarini tahlil qilish. Ikkinchi bosqich - yangilik kiritish jarayonining o`zini bir soha muhitidan ikkinchi sohaga olib o`tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o`rganish. Uchinchi bosqichda - tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni tahlil qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar yuzaga keltirishlariga qaratish[10]
Hozirgi davrga kelib ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish tizimi mavjud: yangiliklarning yuzaga kelish bosqichi, uni shartli ravishda fundamental va amaliy-ilmiy tekshirishlar natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar; kashf etish bosqichi, ya`ni ob`ekt moddiy yoki ma`naviy mahsulot namuna ko`rinishidagi yangilik yaratishdir.
Innovatsioan jarayon tuzilishi yangilikni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o`tib borishi bilan o`zgarib boradi. Shu bilan birga, yangilikning dinamik xususiyatlari va uning natija yakuni hamda samarasiga bog`liq bo`ladi. Yangilikning yakunlanganligi yoki uning imkoniyatlari muayyan maqsadning amalga oshirganlik darajasi innovatsion jarayonning hamma bosqichlarida qanchalik muvaffaqiyatli bo`lishiga bog`liqdir. Yangilikning samaradorligini uning natijasidan belgilash kerak bo`ladi.
Innovatsion faoliyatning aniq shakl va uslublarini ishlab chiqilgan. Quyidagi ana shulardan ayrimlari namuna sifatida keltiriladi:
ta`lim-tarbiya faoliyatini differentsiallash;
ta`lim-tarbiya jarayonlarini har xil shaxs xislatiga qarab muvofiqlashtirish;
har bir tarbiyalanuvchi qobiliyati va qiziqishini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish;
gomogen sinflarni tashkil qilish;
ta`lim-tarbiya faoliyatining qulayligi;
psixologik himoya;
o`qituvchiga va uning kuchi hamda imkoniyatlariga ishonish;
o`qituvchini qanday bo`lsa, shunday qabul qilish, ta`lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatini ta`minlash;
ta’lim muassasasining maqsadli yo`nalishini o`zgartirish;
pedagogning shaxsiy ichki yo`l-yo`riqlari va ularni qayta yo`naltirish.
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullar orqali tushunchalarni rivojlantirish ko`p jihatdan ta`lim-tarbiya tizimini muntazam mukamallashtirishga bog`liq bo`ladi.
Dars jarayonida innovatsion usullardan kam foydalanish, dastur va darsliklarda muayyan topshiriqlar, maxsus metodikaning ishlab chiqilmaganligi natijasida masala echimi ijobiy hal qilinmayotganligi aniqlangan. Demak, bugungi kunda bilimli, mahoratli o`qituvchilarni tayyorlashga innovatsion ta`lim texnologiyalarning samarali yo`llarini topish, ularda bilish motivlarini rag`batlantirish hamda o`qitishning shakl va mazmunini boyitgan holda erishish mumkin.
Davrning o`ta dolzarb ushbu talabidan kelib chiqqan holda respublika miqyosida oliy ta`lim muassasalarining faoliyatiga innovatsion ta`lim texnologiyalarni tatbiq etish borasida bir qator quyidagi ijobiy ishlarni amalga oshirish lozim:
- o`qituvchilarni tayyorlashda innovatsion ta`lim texnologiyalarlar mohiyatidan xabardor etish imkonini yaratuvchi o`quv manbalari (darslik, o`quv qo`llanmasi, ma`lumotnoma, metodik tavsiyanoma hamda risolalar)ning yaratilishiga alohida e`tibor berish;
- ularni innovatsion ta`lim texnologiyalar asoslari xususidagi bilimlardan xabardor etish maqsadida ularning kasbiy malakalarini oshirishga yo`naltirilgan qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etish;
- o`qituvchilarni tayyorlashda tashabbuskor pedagoglarning innovatsion ta`lim texnologiyalarni qo`llash borasidagi ilg`or ish uslublarini keng ommalashtirish;
- o`qituvchilarni tayyorlashda innovatsion ta`lim texnologiyalardan unumli foydalanayotgan pedagoglarni rag`batlantirish maqsadida turli tanlovlar tashkil etish.
Mamlakatimiz ta`lim amaliyotiga hozirgi zamon innovatsion ta`lim texnologiyalar(ITT) ning kirib kelishini va ulardan keng foydalanish zaruratining paydo bo`lishini bir necha sabablar bilan izohlab berish mumkin. Birinchidan, mustaqillikka erishgach barcha sohalar singari ta`lim sohasida ham tub o`zgarishlarni amalga oshirilayotganligi, umumjahon ta`lim-axborot tizimi sari qadam qo`yishi, ta`lim sohasidagi xalqaro aloqalarning tobora kuchayishi. Ikkinchidan, ta`lim-tarbiyaning an`anaviy usullari hayot talablaridan orqada qolayotganligining, ta`limga yangicha, noan`anaviy yonda-shish kerakligining e`tirof qilinganligi va pedagog-novatorlikning vujudga kelishi. fan-texnika taraqqiyoti ta`sirida, o`qitishning texnikaviy vositalari keng quloch yoyishi oqibatida «texnologiya» tushunchasining ishlab chiqarishdan ta`lim-tarbiya sohasi tomon siljishi. innovatsion ta`lim texnologiyalar ta`lim-tarbiyaing shakllari, metodlari va vositalarning tizimidan iborat bo`lib, ularga to`la amal qilinganida bakalavr o`qituvchilarni tayyorlash, o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning berilgan aniq miqdor va sifatdagi natijalariga erishishni kafolatlaydi. Vaholangki, hech bir pedagogning metodikasi berilgan miqdordagi va sifatdagi ta`lim-tarbiya natijalariga erishishga kafolat berolmaydi.
Innovatsion ta`lim texnologiyalar an`anaviy o`qitish tizimiga xos bo`lgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. An`anaviy informatika dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o`qituvchisining xotirasiga, bilimlarni, ma`lumotni qanchalik esda saqlab kelishiga tayansa, innovatsion ta`lim texnologiyalar ularning mustaqilligiga, tafakkurining rivojlanishiga, o`z-o`zini rivojlanishiga tayanadi. pedagog va o`qituvchilar orasidagi munosabatning avtoritar uslubda yo`lga qo`yilganligi kabilar innovatsion ta`lim texnologiyalarda silliqlanadi. Innovatsion ta`lim texnologiyalar pedagogik amaliyotni ma`lum darajada yuksak rivojlangan ishlab chiqarishga, uning ish printsiplariga yaqinlashtiradi.
Pedagogning faoliyati aniq mazmun bag`ishlaydi, texnologik tafakkurini shakllantiradi, uni ijodga, izlanishga chorlaydi. Ta`lim-tarbiya jarayonining faol ishtirokchilariga aylanadilar, o`zlari mustaqil bilim oladilar, kollektiv ravishda ta`limiy vazifalarni hal etadilar, o`z-o`zini baholaydilar, ta`lim texnologiyalarini tuzishda ishtirok etadilar. Innovatsion ta`lim texnologiyalardan foydalanish ta`limda hozirda duch kelgan muammolarni to`la-to`kis hal etadi, deb hisoblash noto`g`ri sanaladi. Negaki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tinimsiz ilgarilab borar ekan, ta`lim-tarbiyada yangi muammolar paydo bo`lishi tabiiy. Innovatsion ta`lim texnologiyalardan foydalanish so`zsiz pedagoglar texnologik tafakkurini rivojlantirishni, uni ta`lim-tarbiyaga texnologik yondashuvni amalga oshirish, standartlashtirish, o`qituvchilarni innovatsion ta`lim texnologiyalardan foydalanish sharoitida o`qishga, o`rgatishga tayyorlashni talab qiladi. Pedagoglarning ko`pchiligi innovatsion ta`lim texnologiyalarni zo`r quvonch, yangi ijodiy kuch bilan kutib olayottanliklari bilan bir qatorda, aksariyatlari texnologik tayyorgarlikdan o`tmaganliklarini, bu muammoga jiddiy ahamiyat qaratishni ta`kidlash kerak. Mashg`ulotlarni tashkil etishda, bakalavr o`qituvchilar faollitini oshiruvchi, ijodiy muhitni shakllantiruvchi, mashg`ulot mazmunini ochib berishda ilmiylik tamoyiliga tayanuvchi, ularni fanga bo`lgan qiziqishini yuksaltiruvchi, Vatanga bo`lgan muhabbat tuyg`usi, o`zlikni anglashga bo`lgan intilishni kuchaytirishga qaratilgan barcha fanlarning qudratini o`zida mujassamlashtirgan innovatsion ta`lim texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish muhimdir.
Innovatsion ta`lim texnologiyalar muassasalarda ta`lim berishning zamonaviy ilg`or texnologiyasidir. Bu texnologiyaning maqsadi informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o`qituvchilarni o`z faniga bo`lgan qiziqishini kuchaytirishdan iborat bo`lib: ularning fanlarni o`rganishga ijodiy yondashuvini tarbiyalash; adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rgatish; fanlar o`rtasidagi bog`lanishdan foydalanishni ko`rsatish vazifalarini hal etish tarzida amalga oshiriladi. Innovatsion ta`lim texnologiyalar nomini olgan mazkur metod asosida bir qator muammolar o`z echimini topmoqda. Harakatli rasmlar, telekonferentsiya, transliteratsiya, elektron kitob kabi yangi kompyuter axborot texnologiyalari o`quv jarayonini faollashtirish uchun xizmat qilmoqda. Innovatsion ta`lim texnologiyalari nafaqat fan, balki texnikani o`rganishda ham ahamiyatlidir. Texnikani o`rganishda ushbu o`quv texnologiyasidan quyidagi tartibda foydalanishni tavsiya etiladi: mavzuga oid materialni bakalavr o`qituvchilar tomonidan o`zlashtirishi uchun pedagog tomonidan texnikaviy vazifaning qo`yilishi; texnikaviy vazifani hal qilish yo`llarini ular tomonidan amalga oshirilishi. Bunda o`qituvchilar muammoli savollar va o`zining ilmiy taxminlarini yozib boradi hamda interfaol muloqot rejasini tuzadi. Mazkur interfaol metod mashg`ulot qatnashchilarini o`zaro faolligi asosida darsni tashkil etish bo`lib, u 2000-yildan boshlab respublikamizda qo`llanila boshlandi. Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o`qituvchilarning kitobdan kerakli ma`lumotni o`qib o`rganishi mustaqil ta`lim shakllaridan biridir. Uning samarasi ko`p jihatdan pedagog va ular o`rtasidagi muloqotning natijasiga bog`liq. Demak, interfaol ma`ruzalar katta ahamiyatga ega.
Innovatsion ta`lim texnologiyalarga oid izlanishlarning natijalari haqidagi turli seminar va anjumanlarda aytilgan fikr-ma`lumotlar, olimlarning ibratli hayoti va faoliyati bilan bakalavr o`qituvchilarni tanishtirish, ularni bugungi kun-dagi dolzarb hayotiy masalalarni professional darajada echa olishga o`rgatish, ularda fanga bo`lgan qiziqishni shu tarzda kuchaytirish muhimdir.
Innovatsion ta`lim texnologiyalar o`qituvchilarni ilmiy-ijodiy faoliyat va mustaqil fikrlash sari undaydi. Ularda olingan bilimlarni amaliyot bilan bog`lay olish va yangi bilimlarni egallashda turli manbalardan foydalana olish ko`nikmalarini tarbiyalaydi. Bilimlar bazasini ixchamlashtirishga o`rga-tadi. Eng asosiysi ustoz-shogird o`rtasidagi ijodiy muloqotning shakllanishiga sabab bo`ladi.
Ta`lim tizimida innovatsion jarayonlar samaradorligi hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda iinformatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish shart-sharoitlariga, ta`limning an`anaviy usullari bilan maqsadga muvofiq ravishda uzviy qo`llashga bog`liq. Ayrim hollarda samarali bo`lgan an`anaviy usullardan voz kechish holatlari sodir bo`lmoqda. Bu innovatsiyalarni tajribada sinalgan va ijobiy natija berib kelayotgan o`qitishga qarshi qo`yishdek sezilmoqda. Shuning uchun ham an`anaviy ta`lim tizimidagi ijobiy tajribalar innovatsiyalarga uyg`unlashtirishi maqsadga muvofiq.
Hozirgi kunda ta`lim tizimida innovatsion ta`lim texnologiyalarni qo`llashga bo`lgan qiziqish, e`tabor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Innovatsion yondashuv ta`lim-tarbiya jarayonida mashg`ulotlarni qiziqarli va samarali bo`lishini ta`minlaydi. Innovatsiyalarning samaradorligini aniqlashda o`qituvchilarning fanlar jumladan, imformatika fani asoslarini o`zlashtirish natijalariga qarab fikr yuritish zarur. Hozirgi paytda ularning bilim egallashlarida axborot kommunikatsiya vositalaridan keng ko`lamda foydalanilmoqda. Ayniqsa, kompyuterda ishlash, turli tarmoqlardan kerakli ma`lumotlarni izlab topish va o`zlashtirib olish ularning qiziqarli mashg`ulotlariga aylanib bormoqda. Faqat bunda komp`yuter savodxonligi mukammal bo`lishi talab etiladi. Bu ham innovatsion yondashuv bo`lib, ularda maxsus bilim, ko`nikma va malakalarning tarkib topishini taqozo etadi.
Hozirgi kunda ta`lim-tarbiya jarayonidagi xilma-xillik, mustaqillik, onglilik, faollik, erkin va ijodiy fikrlash, o`zini namoyon etish, ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo`lish va yangilik yaratishga intilish bo`lajak bakalavr o`qituvchilarning turmush tarziga aylanib bormoqda. Bu muammolarni hal qilishni eng samarali usuli innovatsion ta`lim texnologiyalar ekanligi ma`lum bo`ldi.
|