Informatika darslarida innovatsion yondashuvlar




Download 113.16 Kb.
bet6/17
Sana12.07.2023
Hajmi113.16 Kb.
#76620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi G-www.hozir.org
Биотехнология 3 курс 2023 asosiy, O\'zbekistonong eng yangi tarixi majmua SSIRTQI, 1 - копия (11), 1 - копия (3), Sinxron raqamli iyerarxiyali (sdh) tolali optik aloqa tizimlari
1.2. Informatika darslarida innovatsion yondashuvlar
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o`qituvchilarni tayyorlashga innovatsion yondashuv, uning usullarini mukammal egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda fan mashg`ulotlarini bosqichma-bosqich tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi bosqichda u fan haqida asosiy ma`lumotlar keltiriladi. Ikkinchi bosqichda, odatda davr talablarining eng dolzarb, munozarali masalalari muhokama qilinadi. Izlang, fikrlang ijod qiling, tarzida ish ko`riladi. Uchinchi boschiqda nazariy qoidalar ilgari surilgan chuqurlashtirilgan darajada bayon qilinadi. Ma`lumki, mustaqil ijodiy fikrlash o`qish mabaynida paydo bo`ladigan qiyinchiliklarni engish jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. To`rtinchi bosqichda teskari aloqa, bog`lanish uchun material beriladi. Beshinchi bosqichda o`qituvchisi o`rgangan mavzularni to`g`ri tushunganligini nazorat qilinadi, ularda o`z-o`zini nazorat qilish uchun topshiriqlarning turli xil shakl (og`zaki savol-javob, yozma va test) lari qo`llaniladi va to`g`ri javoblar keltiriladi.
Topshiriqlar o`qituvchilar aniq hatti-harakatini anglatuvchi fe`llarda ifodalanishi darkor. Bunda o`zlashtirishning fikrlash darajalariga muvofiq bo`lgan fe`llardan ko`proq foydalanishga alohida e`tibor berish lozim. Chunki, ular materialni yuqori intellektuallik darajalarida o`zlashtirilishini ta`minlaydi. Har bir topshiriq faqat bir tushuncha yoki qonun-qoidani o`zlashtirilganligini tekshirishi hamda ixcham, tushunarli tarzda bayon qilinishi lozim.
Topshiriqlar og`zaki savol-javob, yozma va test shakllarida tuzilishi mumkin. Bir maqsadga turli shakllardagi topshiriqlar tuzish ham samarali bo`ladi. Chunki, bunda bakalavr o`qituvchilarning muayyan topshiriqni o`zlashtirganligiga oid bilimini xolisona baholash imkoniyati yaratiladi. Og`zaki savol-javob, pedagogning bakalavr o`qituvchilar bilan bevosita muloqati bo`lib, bunda savollarga berilgan javoblar baholanadi.
Yozma topshiriqlar tuzish, tayanch so`z va iboralar variantidan foyda-lanishni nazarda tutadi. Bu shakldagi topshiriqlarni tuzishda interfaol metodlarni qo`llab hal qilinadigan topshiriqlar miqdoriga ham e`tibor berish lozim. Chunki, klaster, sinkveyn, Venna diagrammasi, insert, kon-tseptual jadval, Keys-stadi, T-sxemasini tuzish, texnik diktant yozish kabi interfaol metodlarni qo`llash bakalavr o`qituvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, o`quv materialini yuqori intellektuallik darajalarida o`zlashtirilishini ta`minlaydi. Bu metodlarni ba`zilarini keyingi mavzularda ko`rib chiqamiz.
Yuqorida qayd qilingan va boshqa interfaol metodlardan o`quv jarayonidafoydalanish bakalavr o`qituvchilardan ijodkorlik faoliyatini, qolaversa, bu ishlarni Blum taksonomiyasi darajalarida o`zlashtirgan bo`lishini talab qiladi. Interfaol metodlarni noto`g`ri qo`llash bu metodlar samaradorligini pasaytirish yoki bu haqida noto`g`ri tushuncha paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.
O`ziga ishonchni shakllantirmasdan mustaqil fikrlashni vujudga keltirish mumkin emas. Shu bilan birga o`ziga ishonchni anglash mustaqil fikrlashni taqozo qiladi. Har bir bakalavr o`qituvchisi o`z fikrining ahamiyatligiga ishonch hosil qiluvchi axborot olish uchun harakat qilishi zarur. Aks holda, u mashg`ulotlarda o`zini sust tutadi va mustaqil fikrlay olmaydi.
Blum taksonomiyasi test topshiriqlari tuzuvchilar uchun mavzu materiallarini o`quv maqsadlarining qaysi toifasiga muvofiqligini aniqlashga ham qulaylik yaratadi. Uni qo`llash natijasida identifikatsiyalanuvchi o`quv maqsadlarini aniqlash mumkin bo`lmagan darajalarda, ularni nisbatan umumlashgan shaklda ifodalab, test topshiriqlari tuzish imkoniyati tug`iladi. Yoki, avval o`quv maqsadlari taksonomiya toifalari bo`yicha umumiyroq shaklda aniqlanib, so`ngra ularga mos keluvchi va yakuniy natijani yaqqolroq ifodalovchi fe`l tanlanib, so`ngra test topshiriqlari tuzish mumkin. Test topshiriqlari tuzishda ham o`zlashtirishning reproduktiv darajasidagi testlar miqdorini ortib ketmasligiga e`tibor berish zarur. Materialni ijodiy darajalarda o`zlashtirilganligini aniqlovchi –ochiq, bir necha to`g`ri javobli yopiq, muvofiqlikni aniqlovchi kabi test shakllaridan foydalanish muhimdir. Ularga to`xtalib o`tamiz.
Ochiq testlar. Agar test topshirig`i matnida uning tayanch so`zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo`lsa, bunday topshiriq ochiq (tugallanmagan) test deb ataladi. Bu shakldagi testlarda bakalavr o`qituvchilarning bitta, ikkita so`zdan iborat qisqa va aniq javob berishlari taxmin qilinadi. Bu haqda testga ilova qilingan yo`llanmada bayon etish kerak. Blankaning bo`sh joyida javob uchun zarur bo`lgan joy qoldiriladi.
Yopiq testlar. Bunday testlar savol va bir nechta javoblardan iborat bo`ladi, bu javoblardan biri to`g`ri, qolganlari to`g`riga o`xshash, biroq noto`g`ri bo`ladi. Taklif qilinadigan javoblar soni ikkitadan beshtagacha va undan ko`proq bo`lishi mumkin; masalan:
Faylga virus tushganini qanday bilamiz?
a) notanish belgilar paydo bo’ladi b) bilinmaydii
Muvofiqlikka oid testlar. Bu testlarning mohiyati bir ko`p sonli elementlarning boshqalariga muvofiqligini aniqlash zaruratiga asoslangan. Bu topshiriqlar “muvofiqlik aniqlansin” degan ikkita so`zdan iborat konstruktsiya asosida tuzilishi lozim, masalan:
«Kompyuterning» qurilmalarini quyidagilarga muvofiqligi aniqlansin
1. asosiy 2. qo’shimcha.
a) Tizimli plata, b) sichqoncha, c) kolonka, d) printer, e) skaner,
f) ) klaviatura, g) monitor, h) plotter
Pedagogik texnologiyaning bu tamoyilida o`qituvchilarga individual holda o`zlashtirishga imkon beriladi.
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish ma`qul: kuzatishdan so`ng o`z fikrini tezda bayon etish; o`z taassurotlarini qisqa, aniq va mavzudan chetga chiqmagan holda gapirish; eng keskin suhbatlarda o`zini yaxshi his etish; suhbatni ijobiy boshlash va yakunlash; suhbat chog`ida suhbatdoshini tushunishga harakat qilish; tanqidni eshitishga tayyor bo`lish kerak va h.k.
Shu bilan birga quyidagi natijalarga erishish ko`zda tutiladi: an`anaviy va noan`anaviy o`quv jarayonini bir-biridan farqlash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalash va ularning asosiy kamchiliklarini aytib berish; o`qitishga innovatsion ta`lim texnologiyalar asosida yondashuvni va usullarini asoslab borish; ta`lim jarayoniga yangiliklar kiritish, unda innovatsion ta`lim texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanish hamda dars mashg`ulotlariga joriy etish zaruratini tushunish; yangi, zamonaviy innovatsion metodlar hamda ilmiy asoslangan tamoyillar va qonuniyatlar asosida ta`lim jarayonini shakllantirish; ta`lim jarayonini loyihalashtirish, maqsad va vazifalarni aniqlashtirish, bunda Blum toifalaridan foydalanish, elektron, multimedia tizimlari asosida ta`lim berish; tezkor va noan`anaviy metodlar asosida bilimlarni xaqqoniy, aniq baholash; o`qitilayotgan fandan tanlagan mavzu bo`yicha tah-liliy yondashuv asosida referat yozish; o`zining o`qitadigan fani bo`yicha, o`qitishga innovatsion ta`lim texnologiyalar asosida yondashuvda mashg`ulot o`tkazishning uslubiy ishlanmasini loyihalash; ochiq dars o`tkazish hamda unda o`qitishga innovatsion ta`lim texnologiyalar asosida yondashish va metod, shakl, usullar qo`llashni ko`rsatish.
Ta`lim maqsadi mazmuni, shakllari, metod va vositalari pedagogikada ta`lim jarayonlarini tahlil qilish uchun qo`llaniladigan an`anaviy kategoriyalar hisoblanadi. Aynan o`sha kategoriyalar ma`lum bir predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo`yicha ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo`naltiruvchi pedagogik va o`quv faoliyatining qonuniyat va mezonlari tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Uzoq yillar mobaynida ko`rsatilgan pedagogik kategoriyalar hajmi jamiyat talabi darajasida maqsadlarini ro`yobga chiqarish uchun etarli bo`lib kelgan. Tan olish kerakki, pedagoglar ommasi o`z zamonasidagi pedagogik vaziyatni barcha davrlarda qoniqarsiz ahvolda deb baholab kelganlar. Bu o`rinda pedagogik tushunchalarning ta`rif va tavsiflarining noaniqligi ta`lim jarayonlarini tavsiflovchi ba`zi kategoriyalarning etishmasligi, ta`lim maqsadi, mazmun, shakl, uslub va o`qitish vositalari o`rtasidagi o`zaro uzviylikning mavjud emasligi hamma vaqt tanqid ostiga olib kelingan «metodika» tushunchasi yuqori darajadagi sub`ektivlikka ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Aytib o`tilgan fikrlar bizningcha, ikkita muammoni ochib beradi, birinchidan, kasbiy pedagogik ma`lumotga ega bakalavr o`qituvchilarning kasbiy layoqatlilik darajasi, ikkinchidan, maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo`lmaslik kasbiy mahorati, savodxonlik darajasining pastligi.
Innovatsion ta`lim texnologiyalari majmuaviy integrativ tizimlar bo`lib, ta`lim maqsadi bilan belgilangan kasbiy ko`nikma, malaka shaxs xislatlarini o`rganuvchilar tomonidan egallanishi, bilimlar o`zlashtirishga yo`naltirilgan operatsiya va harakatlarning tartiblashtirilgan to`plamini o`z ichiga qamrab oladi. Bu o`rinda ta`lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va ishlab chiqishga joriy etish (nima?), ta`lim jarayonlarini tashkil qilish (kanday?), ta`lim metod va vositalarini belgilash (nimalar yordamida?), shunindek, pedagoglar malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo`l bilan?) va boshqalarga asoslanish lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy qo`llanilishi o`quv jarayonining mohiyati va uning texnologiyasini belgilab beradi.
O`qitish texnologiyasini loyihalashni pedagogik vazifaning qo`yilishi va uni etilishi asosida ko`rib chiqamiz.
Pedagogik vazifaning belgilanishi quyidagilar bilan izohlanadi: ta`lim maqsadlarini tahlil qilish, shu asosida o`quv predmeti mazmunini aniqlash; o`quv predmeti mazmuni tuzilmasini ishlab chiqish va uni o`quv elementlari tizimi ko`rinishida ifodalash; o`quv elementlarini o`zlashtirilish darajalarini belgilash; bakalavr o`qituvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash, bu ko`rsatkich o`quv predmetining mazmuni asoslanadigan o`quv materialini o`zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi; o`quv-moddiy bazasi hamda ta`limning tashkiliy shakllariga qo`yiladigan chegaralarni belgilash.
Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta`minlovchi o`qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan pedagog faoliyati ta`limning metod, shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyati uchta asosiy tashkil etuvchi turlar bilan tav-siflanadi: boshqarish turi, axborot almashinuv jarayonining turi, axborotni uzatish vositalari tiplari va bilish faoliyatini boshqarish. O`qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish kontseptsiyasiga asoslanib, uni tashkillashtirishni quyidagi mantiqiy ketma-ketlik asosiga qurish mumkin. Dastlab o`quv materiali mazmunining tavsifi, uni o`rganishdan ko`zlangan maqsad (o`zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo`yilishi shartlari tahlil etiladi. So`ngra, o`qitishning mos ravishdagi metodlari hamda bo`lajak bakalavr o`qituvchilari bilish faoliyatini boshqarish sxemasi belgilab olinadi. Shu asosda o`qitish vositalarining ro`yxati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan ta`lim metodlari va vositalari tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg`unlashtiriladi, ya`ni texnologiya ishlab chiqiladi.
O`qitish texnologiyasi - bu tizimli kategoriya bo`lib, ilmiy ta`limotning didaktik qo`llanishiga, bakalavr o`qituvchilarning innovatsion emperik yondashuvlari asosida ta`lim tizimini tashkil etish va tahlil qilishni ilmiy asoslashga, ularni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishishga yo`naltirilgan jarayondir. Ta`limning bu ko`rinishi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: ta`limning maqsadi; ta`limning mazmuni; o`qitishning motivatsiyasi va vositalari; o`qitish jarayonini tashkil etish; bakalavr o`qituvchilari; pedagog; faoliyat natijasi.
Ta`lim texnologiyasi o`zaro uzviy bog`langan ikki jarayonni o`z ichiga oladi: o`qitiladigan shaxsning faoliyatini tashkil etish; faoliyat ustidan nazoratni tashkil etish. Ta`lim texnologiyasini o`rganishda zamonaviy elektron vositalarga to`xtalmay bo`lmaydi. Ularni ta`lim innovatsiyasining strategik elementlari deb atash mumkin. Odatiy ta`limda o`qitishning fanlararo modeli xos bo`lib unda fanlar keragidan ortiq ma`lumotlarga ega. Innovatsion o`qitish strategiyasi ta`lim-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishni ko`zda tutadiki unda avvalgiday pedagog etakchi element hisoblanadi, faqat uning bakalavr o`qituvchilarga va o`ziga bo`lgan munosabati o`zgaradi. Shu bilan bir qatorda ularning yondashuvi ham o`zgaradi.
Zamonaviy innavatsion texnologiyalarni o`quv jarayoniga tadbiq etishda ko`p faktorlar salbiy ta`sir etadi, ularga: ta`lim muassasalarining komp`yuterlar va elektron vositalar bilan ta`minlanganlik darajasining etarli emasligi; ular internet va boshqa axborot tarmoqlariga ulanmaganligi; ilmiy-uslubiy manbalarning yetarli emasligi (elektron qo`llanmalar, laboratoriya va ishlar, testlarning yetarli emasligi); pedagoglarning zamonaviy kompyuter texnikasi bo`yicha malakasining yetishmasligi; o`quvchilarning ham komp`yuterdan yetarli foydalana olmasliklari, elektron kitoblar bilan ishlashni bilmasliklari; ta`lim muassasalari rahbariyatining ta`limni bu sohasiga jiddiy e`tibor bermasliklari va h.k.



Download 113.16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 113.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika darslarida innovatsion yondashuvlar

Download 113.16 Kb.