O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/41
Sana20.11.2023
Hajmi3,23 Mb.
#101657
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
Avtotransport vositalarining tuzilishi

16 – LABORATORIYA ISHI 
 
AVTOMOBILNING RUL BOSHQARMASI TUZILISHINI 
O‘RGANISH 
 
16.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
Rul boshqarmasining tuzilishi, ishlash prinsipi bilan tanishtirish. 
Rul mexanizmi, yuritmasi va rul kuchaytirgichlarning vazifasi, 
tuzilishi, ishlashi va ularning konstruksiyalarini o‘rganishdan 
iboratdir. 
16.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

Avtomobil harakatlanganda uning yo‘nalishi oldingi g‘ildiraklarni 


burib o‘zgartiriladi. Bu vazifasini rul boshqarmasi bajaradi. 
Avtomobil burilayotganda uning barcha g‘ildiraklari yonga 
sirpanmasdan g‘ildirashi uchun bir nuqtada chizilgan aylanalar 
bo‘yicha harakatlanishi lozim. Bu nuqtani burilish markazi deb 
ataladi.
G‘ildiraklarning bitta burilish markazi atrofida harakatlanishi 
boshqariluvchi g‘ildiraklarni har xil burchakka burib ta’minlanadi. 
Bunda ichki boshqariluvchi g‘ildirakning burilish burchagi (

I
) tashqi 
g‘ildirakniki (

T
) dan katta bo‘ladi. 
Rul mexanizmi boshqariluvchi g‘ildiraklarning yengil burilishini 
ta’minlaydi. Boshqariluvchi g‘ildiraklarning yengil burilishi rul 
mexanizmining uzatish soniga bog‘lik, qancha katta bo‘lsa 
boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilishi ham shuncha yengil bo‘ladi. 
Lekin uzatish sonining kattaligi o‘z navbatida, boshqariluvchi 
g‘ildiraklarni burish uchun sarflanadigan vaqtni uzaytiradi.
Rul yuritmasi soshkadan berilgan kuchni boshqariluvchi 
g‘ildiraklarning sapfalariga uzatadi. Yuritma detallari shunday 
ulanishi kerakki, boshqariluvchi g‘ildiraklarni burganda richag va 
tortqilar bir-biriga nisbatan birikmalarda turli tomonga yengil og‘ishi, 
va shuningdek, ular o‘z birikmalaridan zarur miqdordagi kuchni uzata 
olishi lozim. Buning uchun rul yuritmasining detallari bir-biri bilan 
sharnirli ravishda, dumaloq kallakli barmoqlar vositasida biriktiriladi. 


74 
16.1 – rasm. Nomustaqil osmali avtomobil rul boshqarmasi sxemasi:
1 – rul chambaragi; 2 – rul kolonkasi; 3 – charvyak; 4 – sektor;
5 – soshka; 6 – bo‘ylama tortqi; 7, 9 va 12 – g‘ildiraklarni burish 
sapfalari richaglari; 8 – sapfaning burilish o‘qi – shkvoren;
10 – ko‘ndalang tortqi; 11 – o‘q; 13 – sapfa. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish