O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

Nazorat savollari 
1.
Oltinning fizik xossalariga nimalar kiradi? 
2.
Kumushning fizik xossalariga nimalar kiradi? 
3.
Oltin va kumushning kimyoviy xossalariga nimalar kiradi? 
 
3 - ma’ruza 
OLTIN VA KUMUSHNING RUDA VA MINERALLARI 
 
Reja:
1. Ruda konlarining turlari.
2. Oltin minerallari.
3. Kumush minerallari.
 
Kalit so’zlar: 
ruda, mineral, tomirsimon, sochma konlar, endogen, 
ekzogen, sulfidli rudalar, marg’umushli rudalar, uglerod tarkibli rudalar.
Oltin konlari tomirsimon va sochma konlarga bo’linadi. Tomirsimon 
konlar ham o’z navbatida endogen va ekzogen konlarga bo’linadi. Bu 
konlar rudalari tarkibi minerallari har xilligi bilan boshqalaridan ajralib 
turadi, kelib chiqishiga ko’ra ular gidrotermal sinfga mansubdir. Bu 
konlarning kelib chiqishi turli xil chuqurliklardan olinishiga asoslangan 
bo’lib ular 10 metrdan 4-5 kilometrgacha cho’ziladi. Tomirsimon endogen 


21 
konlar tomirlar(jila)i, sayoz tomirli rudalardan iborat bo’lib, ularning 
chuqurligi 10metrdan 1000metrgacha uzunlikda bo’lishi mumkin. Bunday 
mustahkam va yirik tomirlarni Kolar(Hindiston)da uchrab, uzunligi 20km, 
chuqurligi 3,2km va tomir qalinligi 1,2km, Mazer-Lod(AQSH)da uzunligi 
200km, shuningdek Enisey va O’rta Osiyo tog’larida.
Tomirsimon rudalarning mineralogik tarkibi juda murakkab. Bu 
rudaning asosiy tarkibini kvars egallb u rudada 10%dan 95-98%gacha 
yetadi. Shuning bilan birgalikda uning tarkibida kam miqdorda temir 
sul’fid(pirit), mis(xalkopirit), mishyak(arsenopirit), qo’rg’oshin, rux, 
vismut, kumush. Sulfid bo’lmagan minerallar oksid shaklida, karbonat 
shaklida, barit, turmalin, kaolin, gematit, magnetit, uglerod slanslari, grafit 
shaklida uchraydi.
Tomirsimon endogen konlar mahsulot tarkibi va hosil bo’lish 
sharoitiga ko’ra 2guruhga bo’linadi. Oltin-sulfidli-kvarsli ruda –kvarsruda 
va tomirlaridan iborat bo’lib 0,5-30% sulfide mineralidan iborat. Oltin bu 
rudalarda bir xil taxsimlanmagan. Oltin yirikligi mayindan to yirik bo’lak 
va balki erkin holda ham uchraydi. Ruda tarkibida oltin miqdori 10-
50uramdan 1000 g/t gacha yetadi. Bunday konlar Kanada, AQSH, 
Braziliya, Avstraliya, Gana, Zimbabveda keng tarqalgan.
Sulfidli rudalar qatlamlardan, mayda tomirlardan tashkil topadi. Oltin 
rudada mayin zarra shaklida uchrab miqdori 1-2g/t dan oshmaydi. Bu 
rudalardan oltin yo’ldosh usulda mili , ruxli rudalarni qayta ishalsh vaqtida 
ajratib olinadi. Sulfidli oltintarkibli rudalar quyidagi guruxlarga bo’linadi: 
oltin-piritli, oltin-mishyakli, oltin-misli, oltin-surmali, oltin-uranli va oltin 
yarimmetalli rudalar.
Ekzogen oltin konlari – bu mis kolchedan va yarimmetalli mineral 
konlaridan iborat. Bu zonalar oksidli temir birikmalari bilan qoplangan 
bo’lib «jelezniy shlyapki» deb ataladi va ular ildizsimon oltin rudalariga 
boy bo’ladi va sanoatda muhim ahamiyatga ega. Bunday rudalar Ural va 
Qozog’istonda qayta ishlanadi.
Sochma oltin konlari – bu yumshoq oltinga boy mahsulotlar bo’lib 
ular tomirsimon rudalarning parchalanishi hisobiga hosil bo’lgan.
Elyuvial sochma rudalar tomirsimon rudalarning yuzaga chiqishi yoki 
ulardan qutulish natijasida hosil bo’ladi.


22 
Delyuvialniy sochma konlari qiyaliklarning elyuvial harakatlanishidan 
hosil bo’ladi. 1-Rasm. Ular kambag’al rudalar sinfiga mansub bo’lib 
shuning uchun sanoat miqyosida qo’llanilmaydi.

Download 39,03 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish