25
3.2.
Kumush minerallari
Oltin singari kumush ham tabiatda sof, ya'ni tug’ma kumush metall
holida uchraydi. Ammo oltindan farqli kumush kimyoviy birikmalar hosil
qilib, minerallar tashkil etadi. U oltingugrt birikmalari tashkil etib sulfidli
rudalar tarkibida qatnashadi yoki mayda-dispers zarrachalar sifatida tarkib
topadi. Kumushning sirti ma'lum darajada kislorodli parda va oksidli parda
bilan қoplanadi.
Kumushning minerallaridan quyidagi birikmalar mavjud:
1)
Kerargirit AgCl minerali oksidlangan rudalarda uchraydi.
2)
Argentit yoki kumush yaltirog’i-AgS culfidli rudalarda
uchraydi, ko’pincha tarkibida Cu
2
S bo’ladi.
3)
Getit Ag
2
Te minerali gidrotermal konlarida uchraydi.
4)
Surma-kumush, margumush-kumush sulfidli minerallari:
stefanit 5Ag
2
S, Sb
2
S, pirargerit 3Ag
2
S, As
2
S
3
, diskrazit As
3
Sb
2
polimetall rudalarda ko’p tarqalgan.
5)Polibazit 9(Ag,Cu)(Sb,As)
2
S va
kumush tarkibli tetraedrat
3(Cu,Ag)
2
S , Sb
2
S
3
.
6)Argentoyarizit AgFe
3
(OH)
6
(SO
4
)
2
- temir tug’ma ( jelezniye
shlyapka) toshida bo’ladi.
Ayrim qazilmalarga ko’ra oltin konlar hosil bo’lishining so’nggi
bosqichida gidrotermal eritmalardan ajralib, turli moddalar tarkibida,
oralig’ida turli zarralar holida qotgan. Masalan,
shu oltin, kvars, turli
sulfidlar, ko’pincha pirit va arsenopirit tarkibida jamlangan.
Ayrim qulay hollarda oltin zarralar birikib, yirik donador-tug’ma oltin,
sof oltin konlarini, minerallarini hosil qilgan. Ayrim sharoitlarga ko’ra
gidrotermal eritmalardan kvarsli oltin kon rudalari vujudga kelgan.
Bunday rudalarda kvars halaqit beruvchi jins shaklda ishtirok etadi. Ayrim
holda oltin sulfidlar bilan adashgan holda uchraydi.Odatda yaxlit sulfidli
oltin
rudalari ham uchraydi, o’z navbatida bunday rudalar rangli metall
rudalarini tashkil etadilar. Tug’ma oltin konlari shu tariqa vujudga
kelgach, tabiiy sharoitga ko’ra ular, eroziya, yemirilish,
hamda daryo
suvlari, shamol-tufonlar ta'sirida parchalanish, mayda zarra va qumlar
shaklida boshqa joyga « ko’chib » to’planadilar va sochma oltin konlarini
vujudga keltiradilar.
26
Tug’ma oltin konlari O’zbekistonning Zarafshon va Uchkuduqda -
Muruntov, Daugiz tog’, Amantay tog’,
Marjonbuloq, Toshkent
viloyatidagi Qovuldi, Qizil Olma, Namangan viloyatidagi Pirmirob,
Uzoqsoy kabi konlarda uchraydi.