4.1-jadval.
Maydalashning umumiy xarakteristikasi.
Bosqichi
Rudaning o‘lchami,
mm
K
Asosiy agregatlarning
ishlatilishi
D max
dmax
Yirik
300-1500 100-300 3-6
Jag‘li, konusli,bolg‘ali
maydalagich
O‘rta
100-300
10-50
3-8
Jag‘li, konusli maydalagich
Kichik
10-50
3-10
3-8
Qisqa konusli, valli
maydalagich
Maydalashning turlari:
A) bolg‘ali maydalash.
B) ezg‘alab maydalash.
V) zarba ta'sirida maydalash.
G) ishqalanish ta'sirida maydalash.
29
Jag‘li maydalagich - parchalanish jarayonlari qo‘zg‘almas va
qo‘zg‘aluvchan jag‘lar orasida rudaning maydalanish hisobiga oladi.
Maydalagichlarning tishlari silliq va mayda tishli bo‘lishi mumkin.
Konusli maydalagich - ikki konus o‘rtasida ruda to‘xtovsiz
maydalanadi. Ichki konus maydalagichning tuzilishiga bog‘liq bo‘lmagan
holda 2-40 burchak ostida o‘rnatilgan o‘zining vali atrofida aylanadi.
Valli maydalagich - o‘rta va mayda maydalash uchun ishlatiladi.
Yuklanayotgan material aylanayotgan vallar yordamida qabul qilinib
maydalaniladi va maydalagich ostida bo‘shatiladi.
Bolg‘ali maydalagich - ruda bo‘laklarini aylanayotgan bolg‘alar
yordamida maydalashga asoslangan.
Jag‘li maydalagich 4 xil bo‘ladi:
1. Vertikal shaklli osma jag‘li maydalagich.
2. Gorizontal shaklli osma jag‘li maydalagich.
3. Murakkab harakatiga ega bo‘lgan osma jag‘li, ya'ni ekssentrik valli
maydalagich. 4. Konussimon maydalagich .
Konusli maydalagichlar boyitish fabrikalarida va metallurgiyada eng
keng ishlatiladigan maydalagich turi hisoblanadi. Bu maydalagich yirik (
KKD ), o‘rta(KSD ) mayda(KMD) maydalagich turlariga bo‘linadi. Bu
maydalagich jag‘li maydalagichlariga nisbatan qo‘yidagi afzalliklarga ega:
Tegirmonni tanlash dastlabki mahsulotni yirikligi va fizik xossalari
(qattiqligi, qovushqoqligi, zichligi ). Kerakli yanchish darajasi va yuzasini
ochish, yanchilgan mahsulotning granulometrik tarkibi kerakli ishlab
chiqarish unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yanchish darajasi quyidagi asosiy faktorlarga bog‘liq:yanchish uchun
sarflangan qo‘shimcha xarajat, asosiy metallni ajratib olish darajasi,
reagent sarfining oshib borishi.
Xom ashyoni yanchish ko‘pgina sanoat tarmoqlarida keng tarqatilgan
texnologik jarayon hisoblanadi. Rangli metallurgiyada flotatsiya va
gravitatsiya usullarida boyitish uchun rudani tayyorlash bosqichi sifatida
ishlatiladi. Yanchish jarayonlari mahsulotning xossasi va yanchish
darajasiga bog’liq holda u yoki bu konstruksiyali tegirmon tanlanadi.
Tegirmonning asosiy turlari: barabanli, titrama, halqasimon. Barabanli
ko‘rinishdagi tegirmon keng qo‘llaniladi.
30
Foydali qazilmalarni yanchish jarayonlarini boyitish fabrikalarida bir
yoki bir nechta bosqichda bo‘ladi. Yanchish jarayoni ochiq va yopiq
shaklda borishi mumkin. Bu jarayon tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Yanchish jarayoni qattiq materiallarga fizikaviy ta'sir ettirib uni ezish
yanchishdan iboratdir. Yanchish jarayonlarining maydalash jarayonlaridan
farqi shundaki bunda material 5mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamda
chiqadi. Yopiq shaklda ishlagan tegirmonning samaradorligi yuqori
bo‘ladi va yanchilgan mahsulotning bir xil o‘lchamga chiqishiga yordam
beradi. Tegirmonlarning samaradorligi aylanma yuklamaga bog‘liq.
Aylanma yuklama yopiq shaklli jarayon bu tegirmonlarning unumdorligini
oshiradi. Tegirmonlar ikki xil bo‘ladi.
1. Mexanik tegirmonlar .
2. Aerodinamik tegirmonlar.
Tegirmon ichida materialni ezadigan jismlar bo‘lsa, buni mexanik
tegirmon deyiladi va aksincha tegirmon ichida materialni ezadigan jism
bo‘lmasa, buni aerodinamik tegirmon deyiladi.Materialni ezadigan
jismlarga metall sterjenlar, sharlar, toshlar va boshqalar kiradi.Tegirmon -
har xil xom ashyolarning kattaligini 5mm gacha kichik o‘lchamga
maydalovchi mashina-mexanizimlardir.
Tegirmonlarning shakli va yanchish usullariga karab shartli ravishda 5
turga bo‘lish mumkin.
1.
Baraban ( soqqali, sterjenli, toshli, o‘ziyanchar ).
2.
G‘altak, juvali,halkasimon, fraksion soqqali.
3.
Bolg‘ali.
4.
Korpusi qo’zg‘almas titrama.
5.
Aerodinamik tizilama.
Barabanli tegirmonlarning texnik va iqtisodiy samarali ishlashi
yanchish rejimiga bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda butana zichligi va
tegirmonning to‘ldirilishi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tegirmonni
ishlashiga yanchayotgan materialning xususiyati tegirmonning himoya
qatlamini dastlabki va oxirgi yanchilayotgan mahsulotning o‘lchami uning
yanchilishi, tegirmonning konstruktiv xususiyatlari ham jiddiy ta'sir etadi.
Yanchayotgan material sifatida po‘lat sharlar, sterjen va ruda bo‘laklari
ishlatiladi. Tegirmonni ichki katlamini yemirilishdan saqlash uchun
31
himoya qatlami olinadi. Yanchayotgan materialning turiga qarab soqqali,
sterjenli, o‘zi yanchar va yarim o‘zi yanchar tegirmonlari ishlatiladi.
Yanchish ko‘p hollarda ikki bosqichda olib boriladi.
1-bosqich. O‘zi yanchar tegirmonlar.
2-bosqich. Soqqali yoki sterjenli tegirmonlar ishlatiladi.
Yanchish rejimi 3 xil bo‘ladi:
Kaskadli, sharsharasimon, aralash.
Tegirmonlarning ishlash unumdorligi qo‘yidagi omillarga bog‘liq:
1.
Dastlabki rudaning qattikligi va yirikligiga.
2.
Butananing zichligi.
3.
Tegirmonning to‘ldirilish darajasi.
4.
Soqqalarning o‘lchami va ularning sifati, miqdori.
5.
Barabanning ichki hajmi va chiqarish tuynuklari o‘lchami.
Rudaning yirikligi va qattiqligi oshgan sari tegirmonning zo‘riqishiga
va ishlab chiqarish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Shuning
uchun tegirmonni ruda va yanchish materiallari bilan to‘ldirilish darajasi
35-40% dan oshmasligi kerak.
Maydalangan ruda suvli muhitda ishlovchi sharli va sterjinli
tegirmonlarga tushadi. Rudalar asosan ikki bosqichda yanchiladi. Hozirgi
vaqtda MDH va chet el oltin ishlab chiqaruvchi zavodlari ham rudalarni
tayyorlashda o’zi yanchar tegirmonlardan keng foydalanilmoqda.
Rudalarni yanchish havoda va suvli muhitda maxsus tegirmonlarda amalga
oshiriladi. Bo’laklarning yanchilish darajasi sharli tegirmonlarga
qaraganda pastroq, tegirmonning o’zi yanchilish diametri 5,5-10m.
|