32
Quruq muhitda yanchish uchun Aerofol tegirmonlar qo’llaniladi.
Unda poydevorga o’rnatilgan qisqa baraban -1 mavjud. Baraban ichida bir
biridan ma’lum masofada joylashgan to’sin balkalar bo’lib
ular baraban
aylanish vaqtida rudalarni ko’tarishga ixtisoslashgan. Ruda yuqoridan
to’kilishi bilan astdagi rudani ezadi shuningdek
tushish vaqtida polkaga
urilib eziladi va yirik rudalar chayqalib urilib eziladi. Yon tomonda
qopqoqlar 3 mavjud, ular uchburchak aylanalarga – 4
mustahkamlangan
bo’lib rudalarni markazga yo’naltirishga mo’ljallangan. Tegirmonning
aylanish tezligining eng yuqori ko’rsatgichi 80-85% ni tashkil qiladi.
Aerofol tegirmonlarda rudani yanchish
sharli tegirmonga qaragan
olingan mahsulotning bir xil bo’lishida ko’proq afzallikka ega. Aerofol
tegirmonda yanchilgan ruda oson filtirlanadi va oson cho’kadi. Bu
tegirmonlarda yanchilgan rudaning gidrometallurgik
uslubda qayta
ishalnishi natijasida sian reagenlar sarfi 35%ga qisqaradi,
oltinni ajratib
olish esa 4% ga o’sadi. Ammo bu uchun ruda juda quruq bo’lmag’I agar
namlik 1,5-2%dan oshsa jarayonning samaradorligi pasayadi. Shuningdek
bu jarayonda kata miqdorda chang chiqishi ishni murakkablashtiradi, shu
sababli yanchishning suvli muhitda olib borilishi kengroq tarqalgan.
4.1. Suvli muhitda o’zi yanchar tegirmonlar.
Bu
tegirmonlar qisqa
barabanli, konussimon qopqoqqa ega, Barabanlari
sapfa qurilmasi orqali
podshipniklar asosida aylanadi. Yanchilgan ruda tegirmondan setkalar
yordamida bo’shatiladi. Tegirmon «Kaskad»
mexanizmi- yopiq siklda
ishlab klassifikator yoki gidrosiklon bilan birga o’rnatilgan.
Ruda shag’alli o’ziyanchar jarayon suvli muhitda amalga oshiriladi.
Bunda ruda setkadan beriladi. Yirik tosh,ruda bo’laklari
yanchuvchi vsita
bo’lib xizmat qiladi va shu orqali yanchish bosqichi aniqlanadi.