O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

5.3.
 
Oltinni konsentratsion stollarda boyitish.
Cho’ktirish mashinasidan olingan graviokonsentrat qo’shimcha 
boyitish uchun yuvish jarayoniga jonatiladi(перечистке). Bu vazifani 
bajarishda konsentratsion stollardan foydalaniladi.
Stollarda boyitish – mineral zarralarning suvli oqimda zichliklar farqi 
evaziga ajralishiga asoslangan. 
5.3-rasm.
Konsentratsion stol SKM-1. 1-tayanch plastinkasi; 2- rolikli 
tayanch; 3- maxovik qurulmasi; 4- vint; 5- rifli; 6- deka; 7- suv berilishini 
nazorat qiluvchi harakatlanuvchi plankasi; 8- yuvilgan suv hovuzchasi; 9- 
yuklash bo’lmasi. 
SKM-1A konsentratsion stoli sosna daraxtidan tayyorlangan doska va 
uning ustidan qoplangan rezinadan iborat tekislikdir. Qiya tekislik deka 
deyiladi. Stolning tebranish chastotasi 275-300 ayl/min, deka qadami 15-
20mm. Bo‘tana stolning yuklanish qismiga beriladi va dekaning qiyalik 
burchagiga bog‘liq tezlik bilan oqib tushadi. Suspenziya oqimining 
harakatlanishi natijasida og‘ir minerallar riflilar yordamida ushlab 
qolinadi, yengil zarrachalar esa o‘z harakatini davom etiradi. Boyitish 


42 
stollari gravitatsiya usulida boyitishning asosiy dastgohlarida biridir. 
Boyitish stoli qo‘yidagi qismlardan iborat. 
1. 
Forma yoki stanina - stolining tayanch tagligi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
2. 
Deka - boyitish stolining qiya tekisligi - ishchi organ. 
3. 
Yassi - qobirg‘alar ( narifleniya ). 
4. 
Harakatga keltiruvchi mexanizm. 
5. 
Xom ashyo bo‘tana qabul qilish qutisi eng tepada joylashadi. 
6. 
Romb shaklidagi suv taqsimlagich.
Stol dekasining ma'lum burchak ostida burila oladi. Uning usti taxta
rezina, linolium bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Qovurg‘alar tepadan 
pastga bir-biridan uzun ma'lum oraliqda joylashadi. Uning balandligi2mm 
bo‘ladi. 
Stol ilgarilama bo‘ylama harakat bilan tebranadi. Suv bilan bo‘tana 
yuvib turiladi. O‘lchami 0-2mm bo‘lgan ruda zarralari, bunday stollarda 
yaxshi sarflanadi. Zichligi katta bo‘lgan zarralari, qobirg‘alar orasidan, stol 
chetiga surilib pastga to‘kilib og‘ir material boyitmani tashkil etadi. Yengil 
qum zarralari suv bilan tez ko‘tarilib , yuvilib, stol boshi va o‘rta qismida 
pastga tushib to‘planib chiqit va oraliq mahsulot sifatida to‘planadi. Stol 
oxirida eng og‘ir, o‘rta og‘ir va og‘irroq zarralar ilonizsimon birin ketin 
oqim bilan ajratilib chiqish kuzatiladi. Stoldagi har bir zarracha bo‘ylama 
kuch, og‘irlik kuchi, enlama kuch, suv yuvish kuchi ta'sir etadi. Natijaviy 
kuch rombning diagonalini
Boyitish stollari GMZ-1, GMZ-2 kabi zavodlarda cho‘ktirish 
mashinasidan keyin qo‘yiladi. Boyitish stoli katta samara bilan ishlaydigan 
gravitatsiya usulida boyitish dastgohlaridan biri. Boyitmalar qayta-qayta 
o‘tkazilib talabga javob beradigan holga keltiriladi. Bundan chiqqan 
boyitmalar amalgamatsiya yoki affinaj sexiga jo‘natilib oltin eritib olinadi. 

Download 39,03 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish