201
Pulsatsiya – tepkili oqim – pulsation –
hodisaning
tez-tez uzluksiz
qaytarilib turishi. Gidromexanikada suyuqlik oqimining ilgarilanma
qaytma harakati.
Ruda – ore –
tarkibida metall yoki metall birikmalari bo'lgan tog’
jinsi.
Saralagich – separator
– zarrachalarni saralash vazifasini bajaruvchi
dastgoh.
Segregatsiya – segregation –
qotishma kimyoviy tarkibining hamma
yerda bir xil bo'lmasligi. Boyitishda qaltirama
harakat qilayotgan
dastgohda zarrachalarning o'lchamiga va solishtirma og’irligiga qarab
qatlamlanishi, saralanishi.
Sedimentatsiya – cho'kish – sedimentation –
gravitatsion
maydon
va markazdan qochma kuch yordamida eritmadan qattiq modda
zarralarining o'lchamiga qarab qatlam-qatlam bo'lib cho'kishi.
Sizib o'tish – filtration –
suzgichdan o'tish.
Sifon – siphon –
naychasining
uchi tubigacha yetadigan, jumragi
yuqorida bo'lgan idish: bosim farqi
yordamida idishdan suyuq
mahsulotlarni so'rib olish uchun ishlatiladi.
Skrubber – scrubber –
namlash usuli bilan gazsimon aralashma
tarkibidagi qattiq moddalarni ushlab qolishda qo'llaniladigan dastgoh.
Sochma – placer –
tug’ma konni nurashdan va suv oqimi yordamida
o'z o'rnini o'zgartirishi.
Suvni tozalash – water treatment –
ichishga va sanoatda ishlatishga
xalaqit beradigan moddalarni suvdan chiqarib tashlash jarayoni.
Suvsizlantirish – dehydration –
moddadagi erkin bog’lanmagan
suvni ajratib chiqarish jarayoni. Bu tindirish,
suzish yoki moddani
qizdirish yo'li bilan amalga oshiriladi.